Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

Byudjetnoma – erishilgan  natijalar  hisobga  olingan  holda  mamlakatni 

kelgusi  davr  uchun  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  asosiy  yo’nalishlarini 

nazarda  tutadigan  hujjat  bo’lib,  ushbu  yo’nalishlar  asosida  O’zbekiston 

Respublikasi  Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari 

byudjetlarining loyihalari shakllantiriladi. 

Byudjetnoma:  

- mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  o’tgan  yilgi  asosiy 

yakunlari  va  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  joriy  yilgi 

yakunlarining prognoz bahosini; 

- Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining 

loyihasini  ishlab  chiqishda  foydalanilgan  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar 

prognozini;  

- Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari joriy yildagi 

ijrosining prognoz bahosini;  

- soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihasini; 



 

51

- Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining 



loyihasini;  

- davlat qarzining holati to’g’risidagi ma’lumotlar; 

- soliq  va  byudjet  siyosatining  asosiy  yo’nalishlari  hamda  O’zbekiston 

Respublikasi  Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari 

byudjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xatini o’z ichiga oladi.  

Byudjetnoma    O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

O’zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasiga  xulosa  taqdim  etishi  uchun  –  joriy 

yilning 20 sentyabriga qadar kiritiladi. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  soliq  va  byudjet  siyosatining 

asosiy  yo’nalishlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetining  va  davlat 

maqcadli  jamg’armalari  byudjetlarining  loyihasi  bo’yicha  ikki  haftalik 

muddatda xulosa taqdim etadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga  –O’zbekiston 

Respublikasi  Hisob  palatasining  xulosasi  bilan  joriy  yilning  15 oktyabridan 

kechiktirmay kiritiladi. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  taqdim  etilgan 



Byudjetnoma  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  palatalari  tomonidan 

ko’rib chiqiladi.  

Mamlakatning  oliy  ijroiya  organi  -  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  tomonidan  ma’qullanganidan  so’ng  Davlat  byudjetining  loyihasi 

muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) uchun qonunchilik 

organi bo’lgan Oliy Majlisga taqdim etiladi. Odatda, byudjetning loyihasi Oliy 

Majlisning har bir palatasida (oldin quyi palata bo’lgan Qonunchilik palatasida 

va yuqori palata sanalgan Senatda) alohida-alohida muhokama qilinadi. 

Mamlakat  parlamentining  har  bir  palatasida  aniq  byudjet  masalalari 

bilan  shug’ullanuvchi  maxsus  qo’mitalar  va  komissiyalar  faoliyat  ko’rsatadi. 

Ular byudjet loyihasining tegishli moddalarini atroflicha taxdil qiladilar, zaruriy 



 

52

hollarda  o’zgartirishlarni  taklif  qiladilar  va  tushuntiruv  xati  bilan  birgalikda 



byudjetning loyihasiga xulosa beradilar. 

Oliy Majlisning har bir palatalarida byudjet loyihasi qabul qilinganidan 

so’nts  har  ikki  palata  o’rtasida  byudjet  loyihasi  bo’yicha  kelishmovchiliklar 

mavjud  bo’lmasa,  mamlakat  parlamentining  byudjet  to’g’risidagi  umumiy 

qarori  qabul  qilinadi.  Agar  palatalar  o’rtasida  byudjet  loyihasi  bo’yicha 

kelishmovchiliklar  vujudga  kelsa,  har  ikki  palataning  vakillaridan  iborat 

bo’lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak. 

Parlamentda  byudjet  loyihasini  muhokama  etish  (ko’rib  chiqish)da 

byudjet  tashabbuskorligining  mavjudligi  muhim  ahamiyatga  egadir.  Byudjet 

tashabbuskorligi  deyilganda  parlament  a’zolarining  xukumat  tomonidan 

taqdim  etilgan  byudjet  loyihasiga  nisbatan  o’zgartirishlar  kiritish  xuquqi 

nazarda tutiladi

1

 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  palatalari  Davlat  byudjetini, 



davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarini  hamda  navbatdagi  yil  uchun  soliq 

va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi. 

O’zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisi  palatalarining navbatdagi  yil  uchun 

Davlat  byudjeti  to’g’risidagi  qarorlarini  ijro  etish  uchun  O’zbekiston 

Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi, unda: 

- asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi; 

- Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy parametrlari; 

- Davlat  byudjeti  taqchilligining  cheklangan  miqdori  va  uni  qoplash 

manbalari; 

- davlat maqsadli jamg’armalarining asosiy parametrlari; 

- soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari miqdorlari; 

- Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjetining,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlari, O’zbekiston 

                               

1

 

Public budgeting systems / Robert Lee, Ronald Johnson, and Philip Joyce.-9th ed. 2013.- 656 pages



 

 

 




 

53

Respublikasining  respublika  byudjetidan  subventsiyalar,  o’tkazib  beriladigan 



daromadlar va dotatsiyalarning cheklangan miqdorlari; 

- umumdavlat  soliqlari  tushumlaridan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratmalarning 

normativlari;  

- O’zbekiston  Respublikasining  respublika  byudjeti,  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  byudjetlari 

aylanma kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlari; 

- O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  zaxira  jamg’armasining, 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika  byudjetining,  viloyatlar  viloyat 

byudjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  byudjetining  zaxira  jamg’armalari 

miqdorlari tasdiqlanadi. 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

asosiy 

makroiqtisodiy 

ko’rsatkichlar  prognozi  va  Davlat  byudjetining  asosiy  parametrlarini 

tasdiqlashga  doir  qaroriga  muvofiq,  qaror  qabul  qilingandan  so’ng  bir  haftalik 

muddatda  tegishincha  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  xalq 

deputatlari  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlari  tomonidan 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy 

byudjetlari daromadlari hamda xarajatlarining hajmlari qabul qilinadi.  

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  xalq  deputatlari 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlari  qabul  qilgan  qarorlarga  muvofiq 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 

hokimlari o’n ish kuni ichida: 

-  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjetining,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar  mahalliy  byudjetlarining,  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlarining 

daromadlari  va  xarajatlari  hajmlarini,  Qoraqalpog’iston  Respublikasining 

respublika  byudjetidan,  viloyatlarning  viloyat  byudjetlaridan  va  Toshkent 

shahrining  shahar  byudjetidan  o’tkazib  beriladigan  daromadlar,  subventsiyalar 

va dotatsiyalarning cheklangan miqdorlarini; 




 

54

-  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 



mahalliy  byudjetlari  tarkibiga  kiradigan  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlariga 

soliq  tushumlaridan  ajratmalarning  normativlarini.  Umumdavlat  soliqlaridan 

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tarkibiga kiruvchi 

tumanlar  va  shaharlar  byudjetlariga  ajratmalarning  normativlari  ayni  shu 

soliqlardan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjetiga,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar  mahalliy  byudjetlariga  ajratmalarning  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti qarori bilan belgilangan normativlaridan ortiq bo’lmagan miqdorlarda 

belgilanadi; 

- Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat 

byudjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  byudjetining  zaxira  jamg’armalari 

miqdorlarini; 

-  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  byudjetlari  tarkibiga  kiradigan  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlari 

aylanma  kassa  mablag’larining  yo’l  qo’yiladigan  eng  kam  miqdorlarini 

tasdiqlash bo’yicha qarorlar qabul qiladi. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasining  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahrining  mahalliy byudjetlari qabul qilinganidan  keyin bir  haftalik muddatda 

tuman  va  shahar  hokimlarining  qarorlari  bilan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarkibiga kiradigan 

tumanlar va shaharlarning byudjetlari qabul qilinadi. 

Davlat byudjetining,  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining  asosiy 

parametrlari tasdiqlanganidan keyin O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

1



-  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 



mahalliy  byudjetlari  daromadlari  va  xarajatlari  hajmlarini,  shuningdek  ularga 

O’zbekiston  Respublikasi  respublika  byudjetidan  beriladigan  subventsiyalar, 

o’tkazib  beriladigan  daromadlar  va  dotatsiyalar  hajmlarini  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari 

e’tiboriga – uch ish kuni ichida; 

                               

1

 O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 100-moddasiga ko’ra 




 

55

byudjet  mablag’larini  taqsimlovchilar  va  davlat  maqsadli  jamg’armalarini 



taqsimlovchi  organlar  uchun  belgilangan  daromadlar  va  xarajatlarning 

hajmlarini ularning e’tiboriga – o’n ish kuni ichida etkazadi.  

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  byudjetlari  qabul  qilinganidan  keyin  tegishli  moliya  organlari  bir 

haftalik muddatda Qoraqalpog’iston Respublikasi  byudjetidan hamda viloyatlar 

va  Toshkent  shahar  mahalliy  byudjetlaridan  moliyalashtiriladigan  byudjet 

tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilar  e’tiboriga  ular  uchun  nazarda 

tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini etkazadi. 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish