Meva – sabzavot maxsulotlarni saqlash texnologiyasi


Mevalarni va sabzavotlarni tashish



Download 0,57 Mb.
bet24/87
Sana04.09.2021
Hajmi0,57 Mb.
#164362
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87
Bog'liq
Oygulga ma'ruza

Mevalarni va sabzavotlarni tashish

Tashishga tayyorlangan ho'l meva, sabzavot va kartoshkalarni meva–sabzavot bazalariga, magazinlarga va qayta ishlash korxonalariga sifatini pasaytirmasdan etkazib berish talab etiladi.

Tashish jarayonida meva va sabzavotlarning sifatiga va saqlanuvchanligiga tashish sharoitlari katta ta'sir ko'rsatadi. Bularga tashish uslublari (idishda, to'kilgan holda, konteynerlarda, tara-jihozlarida), transport vositasining turi (temiryo'l, suv, havo, avtomobil), havoning nisbiy namligi va harorati, shamolatish va sovutish uslubi, tashish muddati kiradi.

Temiryo'l ustaviga binoan tashish muddati meva va sabzavotning turiga, vagonlarning turi va yil fasliga qarab differensiasiyalanadi. Temiryo'l bilan tashishda yopiq oddiy vagonlardan foydalaniladi. Vagonlar isitilishi yoki isitilmasligi mumkin. Ko'pchilik hollarda izotermik vagon – seksiyalardan ham foydalaniladi. Isitilmaydigan yopiq vagonlar asosan yozda meva va sabzavotlarni yaqin masofalarga tashish uchun qo'llaniladi. Masalan, ko'k pomidorlar yo'lda pishib, etilib boradi. Kuzda esa kechki meva, sabzavotlarni tashish uchun foydalaniladi. Harorat -20C dan past bo'lmasligi kerak.

Yangi va muzlatilgan mevalarni tashish uchun markazlashgan sovutish sistemasiga ega bo'lgan butun izotermik poyezdlardan ham foydalaniladi.

Meva va sabzavotlarni vagonlarga joylashdan oldin dastlabki sovutish o'tkazilishi kerak. Bunda meva va sabzavotlar harorati 200C dan 2-30C ga tushiriladi.

Vagonlarga mevalar va sabzavotlar shunday joylanishi kerakki, yashiklar orasida erkin havo sirkulyasiyasi bo'lishi kerak. Vagonning yuk ko'tarish sig'imidan esa rasional foydalanish talab etiladi.

Meva – sabzavotlarni tashish uchun ko'pchilik hollarda suv transportidan ham foydalaniladi, ular eng arzon transort vositasidir. Bunda barjalar, paroxodlar, motorli lodkalar, sud-refrijeratorlarda tashishni kiritish mumkin. Bularga asosan sitrus mevalarni, banan,

rezavor mevalar, danakli mevalar, ertangi olma, noklar, sitrus mevalari uzoq

masofalarga zamonaviy transport samolyotlari yordamida ham tashiladi.

Respublikamiz Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 2014 yil 5-6 iyun kunlari “ananaslarni subtropik va tropik mamlakatlardan tashiladi.

Meva, sabzavot va kartoshkalarni uzoq bo'lmagan masofalar, bir mamlakat hududida hamda mamlakatning janubidan shimoliga avtomobil transporti yordamida tashiladi. Avtomobil transporti bilan uzoq masofalarga tashishda maxsus avtorefrijeratorlardan foydalaniladi. Ular sovutish jihozlari bilan jihozlangan bo'ladi. Meva va sabzavotlarni omborlardan magazinlarga tashishda esa maxsus kolesali konteynerlardan foydalaniladi. Bu konteynerlar qadoqlangan mahsulotlar bilan savdo zallariga qo'yiladi. Bunday konteynerlar mehnat unumdorligini oshiradi, iste'molchilarga madaniy savdo xizmati ko'rsatiladi, mahsulotni joylash va jo'natishga ketgan xarajatlarni kamaytiradi.

Erta pishar sabzavotlar,O'zbekistonda oziq–ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zahiralari” mavzusida bo'lib o'tgan xalqaro konferensiyada ham meva – sabzavot mahsulotlarini saqlash va tashish masalalariga e'tibor qaratildi.

Prezidentimiz bu xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida qilgan ma'ruzasida shunday degan edilar: “Shuni afsus bilan aytish kerakki, yurtimizda etishtirilayotgan meva – sabzavot mahsulotlarining aksariyat qismi yangi uzilgan holda emas, balki konservasiya qilingan, qayta ishlangan yoki quritilgan holda iste'mol qilinmoqda. Bunday holatda mahsulotlar o'zining sifati, ta'mi va tibbiyot nuqtai nazaridan iste'mol xususiyatlarini ma'lum darajada yo'qotadi.

Mazkur sohada sezilarli o'zgarishlar bo'layotganiga qaramasdan, mahsulotni asl holida saqlash, narx – navo barqarorligini ta'minlash, uning keskin oshib ketishining oldini olish, narx – navoga mavsumiy omillarning ta'sirini kamaytirish va boshqa masalalarni hal etish uchun zarur bo'lgan barcha infratuzilma, resurs va imkoniyatlarga ega emasmiz, bu borada muzlatish, neytral gazli muhitda saqlash kabi zamonaviy texnologiyalarni yanada ko'paytirish tlab qilinadi. Ayni paytda O'zbekistonda bu yo'nalishda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda jami 190 ming tonnadan ziyod meva va sabzavotlar saqlanayotgan 274 ta zamonaviy sovutgichli kamera va omborlarni qurish va to'liq rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga etkazildi”(A3, X1, I-s).




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish