103
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta‘minlashga
doir talablar quyidagilar
bo‗yicha belgilanishi mumkin:
(16-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
apreldagi O‗RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
biologik xavfsizlik;
mexanik xavfsizlik;
kimyoviy xavfsizlik;
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik;
yong‗in
xavfsizligi;
elektr xavfsizligi;
mashina va uskunalarni ishlatish (ulardan foydalanish) hamda utilizatsiya qilish xavfsizligi;
elektromagnit mosligi;
qurilish ishlari xavfsizligi;
binolar, inshootlardan va ularga tutash hududdan foydalanish xavfsizligi;
ekologik xavfsizlik;
veterinariya xavfsizligi;
sanoat va ishlab
chiqarish xavfsizligi;
portlash xavfsizligi;
axborot xavfsizligi;
o‗lchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini ta‘minlash.
Oldingi
tahrirga qarang.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta‘minlashga doir boshqa talablar ham
belgilab qo‗yilishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‗RQ-405-
sonli
Qonuni
tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
17-modda. Texnik reglamentlarning mazmuni
Texnik reglamentlar quyidagilarni o‗z ichiga olishi kerak:
Oldingi
tahrirga qarang.
mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligi tavsiflari;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
apreldagi O‗RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
xavfsizlik talablari belgilanayotgan mahsulotlar va xizmatlarning to‗liq ro‗yxati;
(17-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
apreldagi O‗RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
atamalarga, o‗rov-idishga, tamg‗alarga yoki yorliqlarga hamda ularni
aks ettirish qoidalariga va
mahsulotni identifikatsiya qilishga doir
talablar;
Oldingi
tahrirga qarang.
(17-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
apreldagi O‗RQ-405-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-
modda)
davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
Oldingi
tahrirga qarang.
mahsulotlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‗lgan qoidalar.
104
(17-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
apreldagi O‗RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Zararli mikroorganizmlar va qo‗shimchalar, kasalliklar, kasallik tarqatuvchilar,
ifloslantiruvchi
moddalar, toksinlar, zararkunandalar va begona o‗simliklar kirib kelishi yoki tarqalishi munosabati
bilan yuzaga keladigan insonning hayoti va sog‗lig‗iga, atrof muhitga zarar yetkazilishi xavfi
darajasi hamda zararni bartaraf etish hisobga olingan holda texnik reglamentlarda sanitariya,
veterinariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari ham ko‗rsatilishi kerak.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‗RQ-416-
sonli
Qonuni
tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Sanitariya,
veterinariya,
veterinariya-sanitariya
va
fitosanitariya
qoidalari
va
normalarida
quyidagilar belgilanadi:
(17-moddaning uchinchi qismi birinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-
dekabrdagi O‗RQ-416-sonli
Qonuni
tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
mahsulotga, uni sinash,
tekshirish tartib-taomiliga, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va
fitosanitariya xulosasini berish tartibiga doir majburiy talablar;
karantin va veterinariya-sanitariya qoidalari, shu jumladan hayvonlar va o‗simliklarni tashish bilan
bog‗liq talablar;
namunalar olish usullari va tartib-taomili, insonning hayoti va sog‗lig‗iga, atrof muhitga zarar
yetkazilishi xavfini tadqiq etish hamda baholash usullari, shuningdek texnik reglamentlarda
ko‗rsatilgan boshqa talablar.
Texnik reglamentlarda mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar bo‗lmasligi
lozim, insonning hayoti va sog‗lig‗iga zarar yetkazilishi xavfi darajasi hisobga olingan holda
mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar yo‗qligi sababli
mahsulot xavfsizligi
ta‘minlanmasligi hollari bundan mustasno.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahsulotlar va xizmatlardan uzoq muddat foydalanilishi oqibatida va (yoki) yo‗l qo‗yiladigan xavf
darajasini aniqlash imkoniyatini bermaydigan boshqa omillar ta‘siri sababli insonning hayoti va
sog‗lig‗iga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazadigan
mahsulotlar va xizmatlarga doir talablar texnik reglamentlarda bo‗lmasligi kerak. Bunda texnik
reglamentlarda ehtimol tutilgan zarar to‗g‗risida hamda insonning hayoti va sog‗lig‗iga, atrof
muhitga zarar yetkazilishi xavfi qaysi omillarga bog‗liq bo‗lsa, shu omillar haqida iste‘molchilarni
xabardor qilishga doir talablar bo‗lishi mumkin.
(17-moddaning beshinchi qismi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‗RQ-405-
sonli
Qonuni
tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir quyidagi maxsus talablar bo‗lishi
mumkin:
(17-modda oltinchi qismining birinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
apreldagi O‗RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‗R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
qonun hujjatlarida belgilangan ayrim toifadagi fuqarolarning hayoti va sog‗lig‗i muhofaza
qilinishini ta‘minlaydigan
maxsus talablar;
105
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda insonning hayoti va sog‗lig‗iga,
atrof
muhitga,
yuridik,
jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga tahdid soluvchi
transchegaraviy xavfli ishlab chiqarish obyektlariga oid maxsus talablar.
Davlat sirlaridan va qonun bilan qo‗riqlanadigan boshqa sirdan iborat bo‗lgan ma‘lumotlarni o‗z
ichiga olgan texnik reglamentlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va qabul
qilinadi.
Texnik reglamentlar tugal bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasining butun hududida to‗g‗ridan to‗g‗ri
amal qiladi hamda ularga faqat belgilangan tartibda o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish yo‗li bilan
o‗zgartirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: