Меҳнат иқтисодиёти


Minimal ish haqi nazariyasi va uni qo‘llashning xorijiy amaliyoti



Download 0,55 Mb.
bet66/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Minimal ish haqi nazariyasi va uni qo‘llashning xorijiy amaliyoti


Dunyodagi ko‘pgina davlatlarda mehnat bozorining davlat tomonidan tartibga
solinishi minimal ish haqini (MIH) joriy qilish qonuniyatlari orqali amal qilishni o‘z ichiga oladi. Xorijlik mutaxassislarning fikricha, minimal ish haqi ijtimoiy ta’minotning turli shakllari bo‘lgan ovqatlanish va tibbiy xizmatlardan foydalanishga bepul talonlar berilishi, kambag‘allar uchun munitsipal uy-joylar qurilishi kabilarga nisbatan olib qaraganda eng kam ta’minlanganlik yoki kambag‘alikka qarshi kurashning samarali yo‘lidir.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda mehnat munosabatlarini tartibga solishda ushbu usulidan keng foydalanadilar va ish borasida kattagina tajriba ham to‘plaganlar. Mazkur usul turlicha nazariya va modellarda o‘z aksini topgan.
Amerikalik iqtisodchi olim J.Stiglerning fikricha raqobatli mehnat bozorida minimal ish haqining amal qilishi noiloj ishsizlikka olib kelishini taxmin qildi25.
Fransiyada minimal ish haqi uch tomonlama muzokaralar orqali, YAponiyada esa ikki tomonlama muzokaralar orqali belgilanadi va jamoaviy shartnomalar tuzish yo‘li bilan mustahkamlanadi. Bu davlatlarda minimal ish haqi xizmatchilarning ish haqlari va oylik maoshlarini hisoblab chiqarish uchun "baza" bo‘lib xizmat qiladi. Fransiya hukumati minimal ish haqiga kiritiladigan tuzatishlarni o‘zi mustaqil ravishda qabul qilish huquqiga ega. Lekin bu hukumat bunday tuzatishlarni mehnat shartnomalari qo‘mitasining xulosasi asosidagina qabul qila oladi. Mazkur qo‘mita doimiy ishlaydigan maslahat organi bo‘lib, u mehnatkashlar vakillari (16 kishi), ish beruvchilarning vakillari (16 kishi), oilaviy uyushmalarning namoyandalari (3 kishi) va hukumat vakillarini (3 kishi) o‘z ichiga oladi. Nihoyatda xilma-xil manfaatlarni hisobga oladigan shu qadar demokratik tusdagi taomil minimal ish haqini oshirish borasida samarali echimlarni topish imkonini beradi26.
Uzoq vaqt mobaynida o‘zining umummilliy minimal ish haqi bo‘lmagan Buyuk Britaniyada 1959 yildan 1993 yilgacha "Ish haqi bo‘yicha kengashlar to‘g‘risida"gi qonun amal qilib kelgan. Grafliklar va munitsipalitetlarda tashkil etilgan kengashlarga kasaba uyushmalari, ish beruvchilarning vakillari hamda Mehnat va ish bilan bandlik vazirligi tomonidan tayinlanadigan mustaqil ekspertlar kirar edilar. Ular kam haq to‘lanadigan muayyan toifalardagi xodimlar uchun minimal ish haqi darajasini belgilar va tayinlar edi. Lekin qonun orqali kiritilgan ushbu yangi soat minimumi 1999 yilning aprelidan e’tiboran ish beruvchilar uchun majburiydir. Kanadada minimal ish haqi miqdorini belgilash bilan Vazirlar Mahkamasi shug‘ullanadi. Buning uchun u oldindan uch tomonlama kengashuv organi bilan maslahatlashib oladi. Mazkur kengashuv organining vakolatlari doirasiga mehnat munosabatlariga oid xilma-xil muammolar kiradi.





25 Stigler G. The Economics of Minimum woge legislation // American Economic Review 36. 1946
26Шелленбарджер С. Любовь любовью, а денежки врозь. // Ведомости, 2005 й. 25 март.
Erkin iqtisodiy islohotlar sharoitida ish haqining to‘rt asosiy vazifasini farqlash mumkin:

  • qayta tiklash, ishchi kuchini qayta tiklash imkoniyatini ta’minlaydi;

  • rag‘batlantirish (asoslash), ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi manfaatdorlikni oshirishni nazarda tutadi;

  • ijtimoiy, ijtimoiy adolat prinsipini amalga oshirishda yordam beradi;

  • hisob – ishlab chiqarish, mahsulot bahosini hosil qilishda jonli mehnatning qanchalik hissasi borligi va uning ishlab chiqarishni jami harajatlardagi ulushini ifodalaydi.

SHunday qilib, ish haqining vazifalari xilma-xildir. U bajaradigan vazifalar dialektik birlikni tashkil qilib, ular bir jam bo‘lgandagina ish haqining mohiyati, undagi ziddiyat va muammolarni to‘g‘ri anglash mumkin bo‘ladi. Ish haqi vazifalarini ilmiy tasniflash zarur, bu hozircha iqtisodiy adabiyotda to‘la amalga oshirilgan deya olmaymiz. Bu munosabatda ham bir vazifa to‘g‘risida yagona bir butunning – faqat boshqa qismlarning mavjudligini nazarda tutibgina qolmay, balki ular elementlarini o‘z ichiga olgan ish haqining qismi to‘g‘risidagi xulosaga kelish muhimdir. Masalan, hisob – ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va rag‘batlantirish kabi vazifalar ayni bir vaqtda ijtimoiy rolni ham bajaradi. O‘z navbatida, takror ishlab chiqarish vazifasida ish haqining rag‘batlantirish va hisob – ishlab chiqarish vazifalari ro‘yobga chiqariladi. SHu bilan birga umumiy birlikdagina vazifalardan biri boshqasiga qarshi chiqishi, ba’zida istisno qilishi va ta’siri natijasini pasaytirishi mumkin.



    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish