Nazorat uchun savollar
1. Mehnatga haq to‘lash tizimlari tushunchasi nimadan iborat?
2 Ish haqining ishbay hamda vaqtbay tizimlarini qo‘llash qanday qo‘llaniladi?
Rag‘batlantirish tizimlarini nimalardan iborat?
Korxonalarda ish haqiga qo‘shimchalar va ustamalarni tasniflab bering?
roli
15– mavzu. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish muammolari
Reja:
Ijtimoiy muhofaza bo‘yicha asosiy tushunchalar
Ijtimoiy muhofazaning samarali tizimi
Ijtimoiy muhofaza shakllari va mexanizmlarini amalga oshirishda davlatning
O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining
o‘ziga xos xususiyatlari
Mamlakat aholisini ijtimoiy muhofaza qilishda maqsadli davlat dasturlarining amalga oshirilishi
Ijtimoiy muhofaza bo‘yicha asosiy tushunchalar
Ijtimoiy muhofaza tizimi – aholining muhim hayotiy manfaatlari sohasi bo‘lib, uning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari davlat va jamiyatning iqtisodiy, huquqiy va madaniy rivojlanish darajasidan darak beradi. Ijtimoiy muhofazalanish huquqi – insonning munosib turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan hajmdagi fiziologik, ijtimoiy, moddiy, iqtisodiy, maishiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyati hisoblanadi. Ijtimoiy muhofaza tizimini tashkil etish masalasi ko‘p jihatdan mamlakatdagi milliy tartib, jamiyatdagi totuvlik darajasi, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning barqarorligi va dinamikasini belgilab beradi.
«Ijtimoiy muhofaza» kategoriyasi – bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar ilmiy apparatining atributi bo‘lib, mehnat iqtisodiyotida xodim va uning oila a’zolarini ijtimoiy muhofazalash va ularning turmushini moddiy vositalar bilan ta’minlash, hamda ishchi kuchining qattiq emirilishini oldini olish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi.
Nazariy-amaliy nuqtai nazardan qaraganda, ijtimoiy muhofaza sohasi davlat yuritadigan ijtimoiy siyosat va mehnat munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. «Ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadlari va normalari to‘g‘risida»gi XMT 117-Konvensiyasining 25-moddasiga muvofiq, kishi o‘z va oilasining sihat-salomatligi va farovon hayot kechirishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasi, shu jumladan, oziq-ovqat, kiyim, uy-joy, tibbiy yordam va ijtimoiy xizmatga ega bo‘lish huquqi, shuningdek ishsizlik, nogironlik yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra tirikchilik vositalarini yo‘qotgan boshqa hollarda ta’minot olish huquqiga ega.
Agar yollanma ishchi kasallik, baxtsiz hodisa, keksalik yoki mehnatga talab yo‘qolishi oqibatida mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotsa, uning uchun moddiy
ta’minlanmaslik muammolari tug‘iladi. SHu sababli bozor iqtisodiyotida ijtimoiy muhofaza jamiyatning xo‘jalik va ijtimoiy hayotini tashkil etishning uzviy qismi bo‘ladi, uning tashkiliy-huquqiy shakllari esa mehnat jarayoni va ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etishini ta’minlashi kerak.
SHunday qilib, ijtimoiy muhofaza kishilarning turmush darajasi bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, u BMT tavsiyasiga muvofiq bir necha unsurni: salomatlik, demografiya sharoitlari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, iste’mol va jamg‘arish fondlarini; mehnat qilish sharoitlari, ish bilan bandlik, mehnatni tashkil etish; ta’lim olish, savodxonlik, uy-joy, shu jumladan obodonlashtirish; ijtimoiy ta’minot, inson erkinliklarini o‘z ichiga oladi.
SHu bilan birga, korxonalar va tashkilotlar personalini texnogen va tabiiy, iqtisodiy va biologik omillarning murakkab kompleksi ta’siridan muhofazalash bilan bog‘liq ijtimoiy mehnat munosabatlari xodim bilan ish beruvchi, xodim bilan davlat, ish beruvchi bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqa tarzida namoyon bo‘ladi.
Xodimlarni ijtimoiy muhofazalash masalalari bo‘yicha ijtimoiy-mehnat munosabatlari, korxona va tashkilot, tarmog‘ va mintaqa darajasida amalga oshiriladi. Ularning har biri uchun o‘z munosabatlar va o‘zaro aloqalar predmeti xos bo‘lib, bu predmetlar xodimning ijtimoiy ahvoli hamda mehnat bilan o‘tadigan hayotining darajasi va sifatini bildiruvchi ko‘rsatkichlarni belgilab beradi.
Xodimning ijtimoiy ahvoli va mehnat faoliyatining sifati o‘z navbatida kishilar, jamoalar hamda ijtimoiy guruhlar hayoti va faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘ladi hamda ikkita yashash shakliga ega bo‘ladi.
Birinchisi – muayyan kishilar, oilalar, ijtimoiy guruhlar ijtimoiy ahvolining amaldagi holati.
Ikkinchisi – ijtimoiy kafolatlar tarzidagi ijtimoiy ahvol; bu shakl amaldagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarining normativ-qonunchilik va institutsional darajadagi proeksiyasini (refleksiyasini) aks ettiradi.
Bunda «ijtimoiy xatar» kategoriyasi bog‘lovchi unsur bo‘lib xizmat qiladi. Bu unsur ob’ektiv, ijtimoiy ahamiyatli sabablarga ko‘ra ish haqidan yoki boshqa mehnat daromadidan mahrum bo‘lish natijasida, shuningdek bolalar va tibbiy yordamga hamda ijtimoiy (qayta tiklash va rekreatsiya) xizmatlarga muhtoj boshqa oila a’zolarini boqish uchun qo‘shimcha xarajat qilish munosabati bilan moddiy ta’minlanmaganlik holati vujudga kelish ehtimoli sifatida ta’riflanadi.
Ijtimoiy muhofaza tizimi quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi:
ijtimoiy muhofaza sub’ektlari– yollanma xodim va uning oila a’zolari, ish beruvchi, davlat, ommaviy-huquqiy maqomga ega sug‘urta tashkilotlari;
ijtimoiy muhofaza darajalari – individual daraja (xodim - ish beruvchi) va guruh darajasi (yollanma xodimlarning kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning
birlashmalari);
ijtimoiy muhofaza predmetlari va ularning tarkibi – personalni ishga yollash va ishdan bo‘shatish, professional tayyorlash, mehnat sharoitlari, uni tashkil etish va normalash, mehnat qobiliyatini yo‘qotishni kompensatsiyalash, tibbiy va ijtimoiy- maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish mexanizmlari;
ijtimoiy muhofazaning ijtimoiy adolat va o‘zaro yordamni amalga oshirish prinsiplari va turlari – ijtimoiy sherikchilik (yollanma xodimlar bilan ish beruvchilar o‘zaro hamkorlik qilishining xilma-xil usullari bilan birga) yoki mehnat munosabatlarini qat’iy reglamentlab, ijtimoiy muhofazada paternalistik munosabatlar bilan bog‘lash, shuningdek ijtimoiy muhofazaning ushbu prinsip va turlarini aralash hamda bog‘lab olib borish;
ijtimoiy muhofazani baholash mezonlari – ijtimoiy kafolatlar hamda hayot sifatining tan olingan milliy ko‘rsatkichlari: ishlab chiqarish sohasining ahvoli, mehnat muhofazasi va uning xavfsizligi; mehnatning psixofiziologik normativlari; mehnat sharoitlari (mehnat qilish va dam olish, moddiy haq to‘lash tartiblari); xodimlarning salomatligi va mehnatga layoqatliligi; professional tayyorgarlikning malaka ko‘rsatkichlari; oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish normalari; uy-joy bilan ta’minlanganlik.
«Ijtimoiy muhofaza» atamasi birinchi marta 1935 yilda AQSHning ijtimoiy muhofaza to‘g‘risidagi qonunida ishlatilgan edi. Bu qonun keksalik, o‘lim, nogironlik va ishsizlikdan majburiy sug‘urtalash institutini qonunan belgilab berdi. U mazkur mamlakat uchun yangilik bo‘lgan edi.
Aholini ijtimoiy muhofazalash ijtimoiy yordamning quyidagi turlari bilan ta’minlanadi:
pensiyalar;
nafaqalar;
imtiyozlar, afzalliklar va xizmatlar;
bir yo‘la (nomuntazam)beriladigan moddiy yordam. Quyidagilar ijtimoiy muhofaza ob’ektlari hisoblanadi:
pensiya yoshiga etganlar;
nogironlar;
boquvchisini yo‘qotgan bolalar;
kam ta’minlangan oilalar farzandlari;
ishsizlar;
homilador ayollar va yosh bolalarga qarash bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar;
kasallik tufayli vaqtincha ishlamayotganlar;
voyaga etmaganlar va o‘quvchi yoshlar;
mehnatga layoqatsizlarga qarash bilan band bo‘lgan ishlamayotgan mehnatga layoqatli fuqarolar.
Pensionerlar pensiya yoshiga etganligi yoki nogironlik natijada mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxslar, shuningdek boquvchisini yo‘qotgan bolalar (etimlar)dir. SHaxslarning bu doirasini ijtimoiy muhofazalash pensiya ta’minoti tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ishsizlar turli sabablar tufayli ishini yo‘qotgan va ishga joylashish ishtiyoqi bo‘lgan 16 yoshdan boshlab to pensiya yoshigacha mehnatga yaroqli shaxslardir. Bunday shaxslarni ijtimoiy muhofazalash ishsizlik bo‘yicha nafaqalar tizimi orqali amalga oshiriladi.
Kam ta’minlangan oilalar farzandlari oilaning har bir a’zosining o‘rtacha daromadi rasmiy belgilangan tirikchilik minimumidan kam bo‘lgan oilalardagi voyaga etmagan bolalardir. Ularni ijtimoiy muhofazalash nafaqa tizimi orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |