7. Ish haqini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari
Iqtisodiyotni isloh qilishning boshlang‘ich sharoitida ish haqi, pensiya va nafaqalarning, ya’ni iste’molchilar asosiy ommasi oladigan daromadlarning doimiy ravishda pasayib borishi shunday bir holatga olib keldiki, natijada ular o‘zlarining iqtisodiy funksiyalarini bajarmay qo‘ydilar. SHuningdek ish haqi xodimni va uning oila a’zolarini normal takror ishlab chiqarishni ta’minlamaslik va xodimni yuqori unum bilan mehnat qilishga rag‘batlantirmaslik holatlari yuzaga kelgan.
Islohotlarni izchil davom ettirish va uning samaradorligini oshirish uchun mehnatga haq to‘lash siyosati va aholi pul daromadlarining o‘sishi bilan bog‘lanmog‘i kerak. Buning uchun esa quyidagilarni amalga oshirish zarur:
daromadlar va eng avvalo, ish haqining iste’mol imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholining (birinchi navbatda yollanma mehnat xodimlarining) talabi oshishi asosida ishlab chiqarishni tarkiban qayta qurishga faol ta’sir ko‘rsatishini ta’minlash;
mehnat faoliyatidan keladigan aholi daromadlarida ish haqining ulushi tushib ketishini real ish haqi darajasi va o‘sish cyp’atlapini oshirish asosida to‘xtatish;
daromadlar sohasidagi eng kam sotsial kafolatlarni iste’molning asoslangan sotsial normativlarini belgilash va iqtisodiyotning boshqaruvchanligini oshirish asosida tegishli aholi guruhlari (yollanib ishlaydiganlar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar va hokazo) normal (fiziologik darajada takror ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan darajaga asta-sekin yaqinlashtirib borishga kirishish;
o‘z tajribamizni va xorij mamlakatlar tajribasini o‘rganish hamda ulardan O‘zbekiston iqtisodiyoti xususiyatlarini va milliy an’analarini hisobga olgan holda foydalanish asosida aholi daromadlarining hamma turlarini (ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va boshqalarni) boshqarishning bozor mexanizmlari shakllanishiga faol yordam berish.
Sanab o‘tilgan vazifalarning hammasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning har birini hal qilish boshqalarini hal qilishga yordam beradi. Buning uchun muddatlari jihatidan ham, iqtisodiy mazmuni jihatidan ham bir-biri bilan uzviy bog‘langan bir qator tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash zarur.
Bozor iqtisodiyoti hukm surayotgan ko‘pgina mamlakatlarda ish haqining narxlar o‘sishiga qaraganda ildam o‘sishi yoki ularning o‘sishsur’atlari bir-biriga mos kelishi kuzatiladi. Daromadlarning ildam sur’atlar bilan o‘sishi bozorning bo‘shab qolishiga va tovar taqchilligi vujudga kelishiga olib boradi, degan xavotirlanish bor. Agar daromadlarni ildam sur’atlar bilan o‘stirish siyosatiga qattiq boshqariladigan, asta-sekin amalga oshiriladigan, ichki bozorni rivojlantirish borasidagi boshqa tadbirlar bilan bog‘langan siyosat deb qaraladigan bo‘lsa, taqchillikning paydo bo‘lishiga va narxlarning inflyasion o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin. Buni isbotlash uchun shuni dalil qilib keltirish mumkinki, tadbirkorlik sur’atlari narxlar o‘sishidan o‘zib ketadigan darajada yuqori bo‘lmay, shuning uchun uning o‘sishi ushbu aholi qatlamlari iste’mol qiladigan tovarlarning taqchilligi o‘sishiga olib kelmadi. Aksincha, mavjud barqaror talab bunday tovarlar (qimmatbaho avtomobillar, dam olish zonalaridagi kottejlar, qimmatbaho tele va radioapparaturalar va shu kabilar) bozorini doimo kengaytiradi.
Bozop iqtisodiyoti sharoitidagi ko‘pgina mamlakatlar uchun so‘nggi yillarda real ish haqi va real daromadlarning o‘sishiga faqat pul bilan to‘lanadigan ish haqini narx-navoga qaraganda ildamroq o‘stirish asosida erishildi. Buning ustiga, masalan, Fransiyada o‘rtacha soatbay ish haqini narxlarga qaraganda ildam o‘stirish eng kam ish haqini o‘zgartirish mexanizmiga tarkibiy qism bo‘lib qo‘shiladi. Bu ish haqi eng kam ish haqining o‘sish sur’atlari, narxlarning o‘sish sur’atlaridan ildamroq borishining yarmi miqdorida oshiriladi. Bozoriqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda ishlab chiqarishda erishiladigan samaraning xodimlar bilan ishlab chiqarish vositalari mulkdorlari o‘rtasida taqsimlanishi pul bilan to‘lanadigan ish haqining o‘sishi bilan iste’mol tovarlari narxining o‘sishi o‘rtasidagi nisbat orqali tartibga solinadi. Narxlar bilan ish haqi baravar o‘sganida samaraning hammasi tadbirkorlarga o‘tib ketadi, ish haqi ildam sur’atlar bilan o‘sganida samaraning bir qismi xodimlarga tegadi, qolgan qismi esa tadbirkorlarda qoladi.
Ish haqi va zarur mahsulotning boshqa shakllarini isloh qilish soliqqa tortish va sotsial sug‘urtalash tizimlarida amalga oshiriladigan o‘zgarishlar bilan bog‘lanishi kerak. SHy bilan birga, ravshanki, korxonalar daromadlaridan soliq to‘lovlarining undiriladigan ish haqiga va daromadlarining boshqa turlariga bunday qayta taqsimlanishiga davlat tomonidan qat’iy boshqariladigan va yaxshi hisoblab chiqilgan ish haqini bosqichma-bosqich majburiy ko‘paytirib borishni amalga oshirgan taqdirdagina erishish mumkin. Bizning fikrimizcha, kelajakda soliq yukini qayta taqsimlash oqilona bo‘lmasligi va o‘zini oqlamasligi mumkin. Bordi-yu, ish beruvchi zimmasidagi amaldagi soliq yukini kamaytirish ish haqini tegishli sur’atda ko‘paytirmasdan amalga oshirilsa, bu hol aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Basharti, ish haqi va boshqa daromadlar tegishlicha ko‘paytirilsa, u holda bu ish beruvchi uchun chiqimlarning kamayishini emas, balki ularning soliqdan ish haqiga qayta taqsimlanishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |