Меҳнат иқтисодиёти


O‘zbekistonda mehnat potensialining shakllanishi va unga demografik



Download 0,55 Mb.
bet31/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

O‘zbekistonda mehnat potensialining shakllanishi va unga demografik


omillarning ta’siri
O‘zbekistonning mustaqil davlatga aylanishi iqtisodiy va siyosiy jihatdan tub o‘zgarishlarga olib kelib, o‘z navbatida bular mehnat potensialining shakllanishi va takror yaratilishi haqidagi ilmiy-iqtisodiy tasavvurlarni qayta o‘rganish, uning strukturasiga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish, bu sohadagi ijtimoiy munosabatlar tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zaruratini vujudga qeltirdi.
«Mehnat resurslarining shakllanishi» tushunchasi ancha vaqtlardan buyon ilmiy, iqtisodiy adabiyotlar va statistik amaliyotda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi. Bunda mehnat resurslarini shakllantirish deganda, ularning doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi.
Mamlakat mehnat potensiali miqdoriy jihatdan shakllanishining asosi aholi harakatlari hisoblanadi. SHu sababli uning shakllanish omillari va sharoitlarini
o‘rganishda, avvalambor, aholining takror ishlab chiqaruvchi jarayon bo‘lgan mavjud demografik vaziyat tahlil qilinadi. CHunki aynan demografik holatlar mehnat potensialining miqdoran shakllanib borishini ta’minlaydi.
Demografik jarayonlar mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma va shart- sharoitlar ta’sirida amalga oshadi. YA’ni, bunda aholi iste’molchi va foydalanuvchi hisoblanib, uning harakatlariga mavjud sharoitlar hamda iste’mol sifati kabi ko‘rsatkichlar katta ta’sirga ega. Demografik holatlar natijasida shakllangan mehnat potensiali ishlab chiqarishning bosh omili bo‘lib, uning asosida YAMM hamda daromadlar yaratiladi, bu esa iqtisodiy ravnaq demakdir. Iqtisodiy taraqqiyot ishlab chiqarish, infratuzilma va shart-sharoitlarning rivojlanishi hamda takomillashuviga olib kelsa, daromadlar esa aholi farovonligining asosi hisoblanadi.
Demografik jarayonlar, ya’ni aholi sonining qo‘payishi, o‘sish xususiyatlari va sur’ati, tug‘ilish darajasining o‘zgarishi, o‘lim darajasi, kishilarning yosh-jins tarkibi, nikohda bo‘lish, avlodlar almashinuvi; uzoq yoqi qisqa umr ko‘rish, jismoniy balog‘at va oila tarkibi kabilar butun jamiyat rivojlanishi bilan o‘zaro uzviy aloqadadir. Ular jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib, bevosita ta’sir o‘tkazadi. U yoki bu davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar kechishini osonlashtiradi yoki qiyinlashtiradi. SHuning uchun ham aholi sonining o‘zgarishiga aloqador muammolar, uning hududiy joylashuvi va iqtisodiyotga tatsiri turli fan vakillari – iqtisodchilar, demograflar, sotsiologlar, geograflar, huquqshunoslar, tibbiyotchilar diqqatini doimo jalb etib keladi.
Demografik vaziyat har doim o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, aholining tabiiy va mexanik (migratsion) harakatlarida namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizda bu jarayonlar murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, tug‘ilishning nisbatan yuqoriligi va unga mos ravishda aholi tabiiy o‘sishining tezkor sur’ati bilan izohlanadi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining umumiy soniga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi, MDH tarkibiga kiruvchi mamlakatlar o‘rtasida esa uchinchi (Rossiya va Ukrainadan so‘ng) o‘rinni egallaydi. SHu jihatdan olganda, O‘zbekiston yaqin xorijiy mamlakatlar o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. YUrtimizda aholi sonining ko‘payishi bir qancha sabablar – tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ayniqsa, respublika uchun xos bo‘lgan demografik omillar ta’sirida yuz bermokda. O‘z navbatida: bular ham bir-biri bilan bevosita bog‘langan.
Vaziyatni tahlil qilish, odatda, asosiy demografik darajalarni o‘rganishdan boshlanib, ular ichida aholi soni ko‘rsatkichi ko‘proq ahamiyatga ega.
XX asr boshida O‘zbekiston hududida atigi 3,9 mln. kishi yashagan bo‘lsa, butungi kunga kelib, ya’ni o‘tgan 100 yildan sal ko‘proq vaqt mobaynida aholi 6,8 baravar ko‘paydi va ushbu ko‘rsatkich hozirda 26,5 mln. kishini tashkil etmokda
Mamlakatimizda demografik jarayonlarning murakkab ko‘rinishiga sabab
bo‘lgan omillardan biri sifatida aholining respublika hududlari bo‘ylab notekis taqsimotini ko‘rsatish mumkin. Kishilarning turli mintaqalarda turlicha miqdor va zichlikda joylashuvi o‘ziga xos muammo hisoblanib, bu holat mamlakatning tarixiy, jug‘rofiy va tabiiy-iqlimiy xususiyatlari hisobiga yuzaga kelgan.
Respublikada keyingi yillardagi aholining migratsiya harakatlari ularning nisbatan sanoatlashgan shaharlar va yaqin xorijiy mamlakatlarga ish izlab borishlari bilan asoslanadi. CHunki bu vaqtga kelib ortiqcha ishchi kuchi mavjud va ishsizlik yuqori bo‘lgan hududlardagi kishilar o‘zlariga munosib ish topish va yuqori mehnat daromadini qo‘lga kiritish maqsadida o‘z yashash joylarini tark eta boshladilar. Mazkur ko‘rsatkich 2001 yildan boshlab ko‘tarilib borib, 2005 yilda 107,0 ming kishini tashkil etdi.
Mamlakatning jami migratsiya qoldig‘i miqdorida Qoraqalpog‘istonning ulushi yuqori bo‘lib, mazkur vaziyatni noqulay ekologik muhit natijasida aholi sog‘lig‘ining yomonlashuvi, o‘lim sonining oshishi, turmush darajasining pasayishi va ishsizlikning yuqori ko‘rsatkichi kabi holatlar keltirib chiqargan.
Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham aholining migratsion harakatlanish sur’ati yuqori bo‘lib, ushbu hududlardagi demografik jarayonlarning murakkab ko‘rinishga egaligi va unga bog‘liq ravishda mehnat bozorining yuqori bosimli holati, ya’ni ishchi kuchi taklifining unga bo‘lgan talab mikdoridan oshib ketishi va ish o‘rinlarining etishmasligi natijasida yuz bermoqda.
Demografiya va migratsiya harakatlari bevosita aholining soniga ta’sir qilibgina qolmay, uning yosh va jins tuzilmasidagi o‘zgarishlariga ham sabab bo‘ladi. Kishilar yosh va jins tarkibi mehnat potensialining ham mikdor, ham sifat jihatdan shakllanishining bosh omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘zgarishdagi eng muhim natijalardan biri – uning mehnatga yaroqli qismidagi o‘zgarishlar hisoblanadi. Ishga layoqatli yoshdagi aholi nisbiy va mutlaq ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi mehnat resurslari shakllanishi va u orqali mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti sur’atlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. CHunki aholi tarkibida yoshlar salmog‘ining yuqori ulushi jamiyatning salohiyati demakdir.



    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish