1-jadval
Aholi soniga qarab darajalangan eng yirik 30 davlat
1950 y.
|
1996 y.
|
2050 y.
|
daraja
|
mamlakatlar
|
aholi soni (mln. kishi)
|
daraja
|
mamlakatlar
|
aholi soni (mln. kishi)
|
daraja
|
mamlakatlar
|
aholi soni (mln.
kishi)
|
1.
|
Xitoy
|
555
|
1
|
Xitoy
|
1232
|
1
|
Hindiston
|
1533
|
2.
|
Hindiston
|
358
|
2
|
Hindiston
|
945
|
2
|
Xitoy
|
1517
|
3.
|
AQSH
|
158
|
3
|
AQSH
|
269
|
3
|
Pokiston
|
357
|
4.
|
Rossiya
|
102
|
4
|
Indoneziya
|
200
|
4
|
AQSH
|
348
|
5.
|
YAponiya
|
84
|
5
|
Braziliya
|
161
|
5
|
Nigeriya
|
339
|
6.
|
Indoneziya
|
80
|
6
|
Rossiya
|
148
|
6
|
Indoneziya
|
318
|
7.
|
Germaniya
|
68
|
7
|
Pokiston
|
140
|
7
|
Braziliya
|
243
|
8.
|
Braziliya
|
54
|
8
|
YAponiya
|
125
|
8
|
Bangladesh
|
218
|
9.
|
Buyuk Britaniya
|
51
|
9
|
Bangladesh
|
120
|
9
|
Efiopiya
|
213
|
10.
|
Italiya
|
47
|
10
|
Nigeriya
|
115
|
10
|
Eron
|
170
|
11.
|
Fransiya
|
42
|
11
|
Meksika
|
93
|
11
|
Zoir
|
165
|
12.
|
Bangladesh
|
42
|
12
|
Germaniya
|
82
|
12
|
Meksika
|
154
|
13.
|
Pokiston
|
40
|
13
|
Vetnam
|
75
|
13
|
Filippin
|
131
|
14.
|
Ukraina
|
37
|
14
|
Eron
|
70
|
14
|
Vetnam
|
130
|
15.
|
Nigeriya
|
33
|
15
|
Filippin
|
69
|
15
|
Misr
|
115
|
16.
|
Vetnam
|
30
|
16
|
Misr
|
63
|
16
|
Rossiya
|
114
|
17.
|
Ispaniya
|
28
|
17
|
Turkiya
|
62
|
17
|
YAponiya
|
110
|
18.
|
Meksika
|
28
|
18
|
Tailand
|
59
|
18
|
Turkiya
|
98
|
19.
|
Polsha
|
25
|
19
|
Fransiya
|
58
|
19
|
Janubiy Afrika
|
91
|
20.
|
Misr
|
22
|
20
|
Efiopiya
|
58
|
20
|
Tanzaniya
|
89
|
21.
|
Filippin
|
21
|
21
|
Buyuk
Britaniya
|
58
|
21
|
Myanma
|
81
|
22.
|
Turkiya
|
21
|
22
|
Italiya
|
57
|
22
|
Tailand
|
73
|
23.
|
Koreya
Respublikasi
|
20
|
23
|
Ukraina
|
52
|
23
|
Germaniya
|
70
|
24.
|
Tailand
|
20
|
24
|
Zoir
|
47
|
24
|
Uganda
|
70
|
25.
|
Efiopiya
|
18
|
25
|
Myanma
|
46
|
25
|
Keniya
|
66
|
26.
|
Myanma
|
18
|
26
|
Koreya Respublikasi
|
45
|
26
|
Kolumbiya
|
62
|
27.
|
Argentina
|
17
|
27
|
Janubiy Afrika
|
42
|
27
|
Afg‘onist
|
61
|
28.
|
Eron
|
17
|
28
|
Ispaniya
|
40
|
28
|
Oman
|
61
|
29.
|
Ruminiya
|
16
|
29
|
Polsha
|
39
|
29
|
Sudan
|
|
30.
|
Kanada
|
14
|
30
|
Kolumbiya
|
36
|
30
|
Saudiya
Arabistoni
|
60
|
Manba: BMT Kotibiyati ijtimoiy-iqtisodiy va axborot hamda siyosatni tahlil qilish Boshqarmasining Nufuz bo‘limi.
2050 yilga borib, Italiya, YAponiya va Rossiya kabi mamlakatlar aholisi qisqaradi, Buyuk Britaniyaning aholisi esa hozirgi darajada qoladi. Mali, Saudiya Arabistoni va Nigeriyada shu davr ichida aholi soni 3 baravar, Misr va Keniyada esa
2 baravar oshadi. BMT mutaxassislari, rivojlangan mamlakatlarning aholisi umuman 2050 yilga borib qisqaradi (1,8 mlrd. kishidan 1,16 mlrd. kishigacha), rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi esa ko‘payadi (4,57 mlrd. kishidan 8,2 mlrd. kishigacha) deb hisoblamoqdalar. Har soniyada dunyoda 21 kishi tug‘ilib, 18 kishi nobud bo‘lmoqda. Har kuni Er aholisi 250 ming kishiga ko‘paymoqda.
Aholining to‘xtovsiz ko‘payib borishi munosabati bilan istiqbolni o‘ylab ko‘rilganda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida g‘oyat tashvishli taxminlar va hatto qiyomat qoyimga o‘xshash voqea bashoratlari yuzaga kela boshladi. Ingliz olimi Tomas Robert Maltusning (1766-1834) «Ortiqcha aholi qonuniyati xususidagi tajriba» kitobida (1798) bayon qilingan nazariyasi ayniqsa mashhur bo‘ldi.
Aholining keksayishi muammosi. Barcha zamonaviy demografik jarayonlar orasida aholi keksayishi jarayoni jo‘nroq o‘lchanadigan, taxminlar qilinishi qulayroq va aslida, o‘z oqibatlariga ko‘ra xavfliroq bo‘lgan jarayondir. SHunday bo‘lsa-da, u eng kam tadqiq qilingan jarayonlardan biri ekanligicha qolmoqda. Demograflarning fikricha, mamlakat aholisi undagi yoshi o‘tgan shaxslar ulushi 7-8 % dan oshgan taqdirda keksaygan hisoblanadi. G‘arbdagi iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ko‘pchiligida 65 yoshli va undan kattaroq yoshdagilar, ba’zi mamlakatlarda esa 60 yoshdan oshganlarni yoshi o‘tganlar toifasiga kiritish qabul qilingan.
Aholining keksayishi Fransiyada XVIII asrning oxirlarida boshlanib, keyinchalik asta-sekin barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqalgan. Lekin avvallari hech qachon yoshi o‘tgan kishilarning ulushi hozirgidek tez va ko‘lamdor oshmagan. 2000 yilda yoshi o‘tgan kishilar ulushi Germaniyada 15,0 %, Angliyada 16,0 %, Fransiyada 15,0 %, AQSHda 13,0 %, YAponiyada 13,0 %ni tashkil etdi.
Aholi keksayishining sababi ikki xildir. Bir tomondan, bu tug‘ilish kamayishi bo‘lib, buning oqibatida bolalar va yoshlar ulushi qisqaradi. Ikkinchi tomondan, bu umr uzunligining oshishidir.
Dunyoda aholining keksayishi bir qator ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
O‘zbekistonda bir onadan farzandlar tug‘ilishidagi vaqt oralig‘ini uzaytirish, oilada farzandlarning sonini emas, balki mamlakatning kelajagini ta’minlay oladigan sog‘lom, ilmli insonlarni tarbiyalash maqsadida, sog‘lom millat genofondini shakllantirish borasida olib borilayotgan oqilona siyosatni yanada rivojlantirish lozim. SHu munosabat bilan mamlakatda olib borilayotgan Sog‘lom avlod dasturini, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amaliyligini ta’minlash, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va madaniy hayotidagi xotin-qizlar roli va maqomini, ommaviy jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, jamiyat va oilaning umumiy madaniyatini yuksaltirish kabi bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Mehnat bozorining tartibga solinishi
Mehnat bozorini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosiga qurilgan ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimi sifatida qarar ekanmiz, mehnat bozori ikki asosiy ijtimoiy-iqtisodiy vazifani bajara olishini kuzatishimiz mumkin. Bunda inson resurslarining ish bilan bandlik darajasi bo‘yicha muqobil turlari (kasblar, tarmoqlar, korxonalar, hududlar) taqsimlanishi hamda aholi daromadlarining maoshlar asosida rag‘batlantirilishi va mehnat uchun mukofotlash shaklida taqsimlanishi muhim rol o‘ynaydi. Mehnat bozori vazifalarining bunday usullarda amalga oshirilishi mehnat unumdorligining samaradorligini oshirish, uni eng yuqori darajaga etkazish, inson resurslaridan olinadigan foydani va daromadlarni ko‘paytirish, davlatning iqtisodiy yuksalishi, ijtimoiy adolat va nihoyat, barcha uchun baravar bo‘lgan ish o‘rinlariga joylashish imkoniyatlari va kasb tayyorgarligiga yordam bermog‘i lozim.
Mehnat bozorini tartibga solish strategiyasi quyidagi savolga javob berishi lozim: jamiyatning barcha a’zolari hayotiy manfaatlarini xisobga olishda, ancha kam ta’minlangan fuqarolarning turmushiga e’tiborni kuchaytirish, ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini taqsimlashda adolat talabiga amal qilishlari kerak. Bu ustuvor yo‘nalishlardan eng muhimlarini tanlab olish mehnat bozorini tartibga solish jarayonining ijtimoiy yo‘nalishlari hamda mehnat bozorini tartibga solish
tamoyillari va ularni amalga oshirish usullarini belgilab beradi.
Mehnat bozorini tartibga solish strategiyasini ishlab chiqish vaqtida, birinchidan, barcha jarayonlarning jamiyat va iqtisodiyotning olg‘a tomon rivojlanish talablari, ijobiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishga bo‘ysunishi, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlarning ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilishi zarur.
Ikkinchidan, «faol jamiyat»ni shakllantirishga e’tibor berish kerak, unda iqtisodiy imkoniyatlar yaratiladi va har bir fuqaroning qonuniy-demokratik jamiyat barpo etishdagi faolligi rag‘batlantiriladi. Bunday siyosat jamiyatdagi har bir sog‘lom a’zoning o‘z mehnati bilan erishiladigan farovonlik uchun javobgarligini e’tirof qilishga asoslangan.
Uchinchidan, «faol jamiyat» va unga mos keladigan mehnat bozoridagi faol siyosat teng imkoniyatlar prinsipi bilan birga qo‘shib olib borilishi kerak. Uning asosiy mohiyati – ishga ega bo‘lish va uni saqlab qolishdagi tengsizlikni barham toptirish yoki eng kam holatga keltirishga imkon beradi. Bunday tengsizlik nogironlik, oilaviy sharoitlar, malakaning etishmasligi va hokazo sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin.
Mehnat bozorini tartibga solishning aniq maqsadli vazifasi – ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni kengaytirish va ish kuchini samarali taklif etishni qo‘llab- quvvatlashga ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, bundan ko‘zda tutilgan maqsad:
-iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini yaxshilash uchun mehnat resurslarini rivojlantirish va ularni tarkibiy o‘zgarishlarga muvofiqlashtirish;
-noqulay sharoitlarda yashayotgan aholi guruhlarini ish bilan ta’minlash uchun imkoniyatlarni yaxshilash, ish bilan bandlikka bo‘lgan qobiliyatni oshirish yo‘li bilan ijtimoiy tenglikka ko‘maklashish va boshqalar.
Iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan, bu institutlarning asosiy vazifasi (agar gap mehnat bozorini tartibga solish to‘g‘risida boradigan bo‘lsa) xodimning o‘ziga mos ish o‘rni qidirish uchun, ish beruvchining esa mos keladigan xodim qidirish uchun vaqt sarflashi, moddiy moliyaviy resurslar sarflashini qisqartirishdir. SHu boisdan mehnat bozori institutining asosiy vazifasi «bozorning noaniqligi»ga barham berish, ish beruvchilar va xodimlar ega bo‘lgan axborotning mukammal bo‘lishini ta’minlashdir, chunki aynan axborotning yo‘qligi chiqimlarning ko‘payib ketishiga olib keladi.
Bu vazifani makro, mikro va mezo darajalarida amalga oshirishning eng ko‘p tarqalgan shakllari: xodimlarning kasb-malaka darajasiga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini yaratish va mehnat bozorining joriy ahvolini ilmiy asosda tahlil etish, uning rivojlanish istiqbollarini bashorat qilish, reklama-noshirlik, kasbga yo‘naltirish faoliyati,
potensial xodimlar va kasb-hunar litseylari abiturientlarining kasbiy yaroqliligini aniqlash uchun saralash testlarini takomillashtirish, psixologiya, fiziologiya, ergonomika fanlarining eng yangi yutuqlari asosida ishga yollash vaqtida chiqimlarni qisqartirish imkonini beradigan namunaviy «signallar»ni va shu kabilarni aniqlashdan iborat.
SHuni ham aytish kerakki, iqtisodiy fikrning hozirgi zamon yo‘nalishi bo‘lgan institutsional iqtisodiyot deganda faqat shaxslarning faoliyati shartlari va cheklashlarni shakllantirish bilan bevosita va uzviy ravishda shug‘ullanadigan tashkilotlarni emas, balki kishilarning iqtisodiy xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadigan va qonun yo‘li bilan rasmiylashtirilgan yoki tarixan qaror topgan axloqiy normalar, odatlar, an’analar, negizlarni tushunadi.
Xodimlarning mehnat faolligi, mehnat qilish sabablari, ularning biror faoliyat turi va tartibini tanlashlari kabi omillarni anglab etish davlatning mehnat bozorini tartibga solish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi O‘zbekiston uchun nihoyatda muhimdir. Aholining ish bilan bandligiga ko‘maklashishning u yoki bu iqtisodiy choralari ish bilan bandlikning tashkiliy omillari bilan muvofiqlashtirilish darajasiga bog‘liq.
modelni tanlashidan qat’i nazar zarur hisoblanadi.
Davlatning mehnat bozorini tartibga solishi sohasidagi choralarini quyidagi tarzda tabaqalashtirish maqsadga muvofiq:
ta’sir ko‘rsatish ob’ektlari bo‘yicha. Tartibga solish ob’ektining xususiyatlariga qarab, umumiy ta’sir ko‘rsatish choralari yoki maxsus choralarga ajratish mumkin. Ayni vaqtda mehnat bozorini tartibga solish ob’ektlari sifatida mehnatni tashkil etish elementlari, xususan, mehnatga haq to‘lash, mehnatning davomiyligi, mehnat sharoitlari va hokazolar namoyon bo‘ladi;
ta’sir ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha. Bu choralarga quyidagilar kiradi: mehnat bozorida mehnat taklifini ko‘paytiruvchi (kamaytiruvchi) choralar; mehnat bozorida talabni oshiruvchi (kamaytiruvchi) choralar; mehnatni taklif qilish tuzilishi va mehnatga bo‘lgan ehtiyoj tuzilishiga ta’sir qiluvchi choralar; ehtiyoj va taklifning mos kelishi darajasini ko‘paytirishga qaratilgan mehnat bozorini tartibga solish choralari;
ta’sir ko‘rsatish shakli bo‘yicha bevosita va bavosita choralarga bo‘lish mumkin, bunda mehnat bozoriga bevosita ta’sir ko‘rsatish ham, bavosita ta’sir ko‘rsatish ham mehnat bozori barcha sub’ektlarining manfaatlari balansini albatta hisobga olish eng samaralidir;
ta’sir ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra, ta’sir ko‘rsatish choralarini rag‘batlantiruvchi, cheklovchi, ta’qiqlovchi, himoya qiluvchi choralarga tabaqalash mumkin;
mehnat bozorini tartibga solishda choralar mazmuni bo‘yicha iqtisodiy yoki ma’muriy xarakterdagi choralarni afzal deb bilish, yoxud ularni muayyan tarzda birga qo‘shib olib borishni ma’qul ko‘rish mumkin. Masalan, mehnat bozorini tartibga solishning iqtisodiy choralariga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ish o‘rinlarini qo‘llab-quvvatlash, jamoat ishlarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish uchun ixtisoslashgan investitsiyalash, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va hokazo. Mehnat bozorini tartibga solish ma’muriy choralari orasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: pensiya yoshini pasaytirish, ish kunining davom etishini kamaytirish, bir kishiga mo‘ljallangan ish o‘rnining o‘rindoshlik bilan ishlash imkoniyatlarini cheklash va hokazo;
ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha mehnat bozorini davlat yo‘li bilan tartibga solish choralarini umumdavlat, mintaqaviy, tarmoq, firma ichidagi choralarga bo‘lish mumkin;
mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bo‘yicha – davlat byudjeti, nobyudjet mablag‘lar, ish bilan bandlik jamg‘armasi mablag‘lari, tijorat tashkilotlari mablag‘lari va hokazo.
Mehnat bozorini tartibga solish usullaridan foydalanish tajribasi mehnat bozoridagi siyosatning ikki turi – faol va passivsiyosat to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirdi.
Passiv siyosat mehnat bozorida xodimlar va ish beruvchilarning ahvoli uchun davlatning mas’uliyatini nazarda tutadi. Bunday holda davlatning bozorga o‘ziga xos g‘amho‘rligi namoyon bo‘ladi. Bu ijtimoiy-iqtisodiy mehnat munosabatlarida paternalizm (g‘amxo‘rlik) ko‘rinishining shaklidir.
Davlat mehnat bozorining barcha qatnashchilari, xususan, xodimlarga ish o‘rni saqlanishi, ish haqi va nafaqalar berilishi, ijtimoiy sug‘urta, pensiya berilishi kafolatini beradi, ish beruvchilarga – ishlab chiqarilgan mahsulotning rejalashtirilgan hajmi uchun talabni, xomashyo va materiallar berish, barqaror narxlar va maqsadli mablag‘ ajratishni kafolatlaydi. Bu kafolatlar mehnat bozorida ishtirok etayotgan xodimlar uchun har qanday o‘zgarishlarda ham ijtimoiy himoyalanish imkonini beradi. Lekin davlat tomonidan o‘rnatiladigan moliyaviy chegaralarning qat’iyligi xodim bilan ish beruvchining shaxsiy tashabbuskorlikka bo‘lgan rag‘bati, mehnatni tatbiq etishning eng samarali sohalarini qidirish, unumdorlikni oshirish, o‘z-o‘zini ta’minlashning ichki zaxiralarini aniqlashga intilishini cheklab qo‘yadi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy mehnat munosabatlarida passivlikni shakllantiradi.
Mehnat bozorini tartibga solishning passiv siyosatiga ish qidiruvchilarni ro‘yxatga olish, ishsizlik bo‘yicha beriladigan nafaqa miqdorini aniqlash, ishsizlik bo‘yicha nafaqa berish tizimini tashkil etish, ishsizlar va ularning oila a’zolarini
ko‘llab-quvvatlashning turli shakllarini amalga oshirish choralarini qo‘llash qabul qilingan.
Ish bilan bandlikning passiv siyosatini amalga oshirishning eng ko‘p tarqalgan shakllaridan biri aholini ishsizlikdan sug‘urta qilish dasturlari bo‘lib, ular bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda keng tatbiq etiladi. Ishsizlikdan sug‘urta qilish, ikki xil darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydi. Mikrodarajada, ya’ni ayrim oila, personal darajasida ish bilan bandlikka ko‘maklashishni barqarorlashtirishdir. Iste’mol barqarorlashtirilsa, ishsiz xodimlar nafaqa olmasa ham o‘z oilasi va turmush darajasini vaqtinchalik qo‘llab turish uchun imkoniga ega bo‘ladi.Ish bilan banddikni barqaror qilish esa ishsizlik bo‘yicha nafaqalarning doimiyligini, yangi ish qidiruvchilar uchun ish topishni osonlashtiradi.
Ishsizlikdan sug‘urta qilish dasturlari ko‘pincha nafaqa olish huquqi berilishini tartibga solishni nazarda tutadi. Sug‘urta dasturlaridan ko‘pincha ayrim tarmoqlar (masalan, AQSHda qishloq xo‘jaligi, SHveysariyada mehmonxona va restoranlar sohasi, Fransiya va Gollandiyada uy-ro‘zg‘or xizmati va shu kabilar) hajmiga qarab ayrim korxonalar, kasblar, aholining ayrim demografik guruhlari chiqarib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |