Меҳнат иқтисодиёти


Mehnat resurslari va ulardan foydalanish yo‘llari



Download 0,55 Mb.
bet32/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Mehnat resurslari va ulardan foydalanish yo‘llari


«Mehnat resurslarining shakllanishi» tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlar va statistika amaliyotida qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos tor kasbiy atama sifatida qo‘llanib kelinadi. Bu tushunchaning nimadan iborat ekanligi haqida umumiy tarzda qabul qilingan, munozara talab qilmaydigan tasavvur yo‘q. Biz esa «mehnat resurslarini shakllantirish» deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi, deb hisoblaymiz.
Aftidan, «takror ishlab chiqarish» «shakllanish» so‘ziga qaraganda to‘g‘riroq bo‘lardi. Lekin, odatiy bo‘lib qolgan hamda barqaror bo‘lib borayotgan atamalardan voz kechish ham to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Buning ustiga «shakllanish» atamasi aholining takror ishlab chiqarilishi bilan mehnat resurslarining takror ishlab chiqarilishi o‘rtasida, muhim farqlar mavjudligi haqida ilmiy fikrlar borligini ham e’tirof etishimiz zarur.
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo‘yicha – mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilar, ikkinchidan, har bir guruh aholi soni va uning o‘zgarishi ta’sir qiluvchi omillar, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining o‘zgarishdagi tabiiy va mexanik o‘zgarishdagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarni ko‘rib chiqishimiz lozim.
Mehnat resurslarining aksariyat ko‘pchilik qismini mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Mehnat qilishga layoqatli yoshdan katta kishilar, ishlovsi pensionerlar va amalda «nol» vazifasini bajaruvchi shaxslar, mehnatga layoqatli yoshdan kichik kishilar, ishlovchi o‘smirlar mehnat resurslarining salmog‘ida u darajada sezilarli rol o‘ynamaydi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi. Mehnat resurslari tarkibiga I va II guruhdagi ishlamaydigan nogironlar kirmasligini esda tutgan holda dastlab biz mehnat qilishga layoqatli yoshdagi aholini, so‘ngra uning mehnat kilishga qobiliyatli qismini ko‘rib chiqamiz.
Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma’lum qismini sira ishlamagan yoki sog‘ligi yomon bo‘lganligi uchun ishlashdan to‘xtagan kishilar tashkil etadi. Bu o‘rinda gap I va II guruh nogironlari haqida bormoqda, davlat ularni pensiya bilan ta’minlab turadi. Bu kishilar mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq I va II guruh nogironlarining ayrimlari (agar ishlab chiqarishda qulay sharoitlar yaratilsa) ishlashlari mumkin. SHuning uchun ham mehnatga layoqatli yoshdagi ishlashi mumkin bo‘lgan davlat tomonidan pensiya yoshi belgilangan yoshgacha fuqarolar mehnat resurslariga kiradi (I va II guruh nogironlaridan ishlamaydiganlari bundan mustasnodir). Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida ishlamaydigan nogironlarning soni nisbatan kamroq va nisbatan barqarordir.
Mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar butun aholining bir qismi bo‘lib, ularning soni demografik omil ta’sirida o‘zgarib turadi. Ularning qancha bo‘lishi tegishli yoshlardagi o‘lim darajasiga bog‘liq. Bu, jumladan, mehnat qilish yoshiga etgan yoshlar bilan pensiya yoshiga etgan fuqarolar soni o‘rtasidagi nisbatga ham bog‘liq. O‘lim qanchalik kam bo‘lsa va mehnat qilish yoshiga etgan fuqarolar bu yoshdan chiqqan kishilarning o‘rtasidagi farq qanchalik yuqori bo‘lsa, mehnat qilish
qobiliyatiga etgan kishilar soni shunchalik ko‘p bo‘ladi yoki aksincha.
Respublikamiz tarixining o‘ziga xos xususiyatlari mehnat qilishga layoqatli yoshdagi kishilar soni dinamikasiga kuchli ta’sir qildi. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholidan mehnat qilish yoshidagi mehnatga layoqatli aholiga o‘tish uchun, biz bu yoshdagi I va II guruh nogironlaridan ishlamaydigan kishilarning toifasini ko‘rib chiqishimiz kerak.
Boshqa teng sharoitlarda I va II guruh nogironlari qancha ko‘p bo‘lsa, ular orasida ishlamaydiganlari ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. I va II guruh barcha nogironlarning soni kishilarning sog‘ligi bilan bog‘liq shart-sharoitlar majmui ta’sirida qaror topadi. Bu majmuaning odamlar qanday ovqatlanishi, qanday suv ichishi, qanday havodan nafas olishi, qanday dam olishi, tibbiyot ularni qanday davolashi, mehnat sharoiti qanchalik shinam va havosiz ekanligi kabi omillar bilan bog‘liqligini hisobga olish zarur. Har qanday davlat nogironlarning iloji boricha kamroq bo‘lishi, nogironlar orasida esa ishlovchilar ko‘proq bo‘lishini istaydi. Mamlakatimizda boshqa mamlakatlardagi kabi ish beruvchilar, nogironlarga ish o‘rinlari ajratuvchilar rag‘batlantirilgandi. Davlatning nogironlar mehnatidan manfaatdorligi iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. Iqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, byudjet mablag‘lari hisobidan kun ko‘ruvchi qaramoqdagilar kamroq bo‘lishi kerak. Ijtimoiy ahamiyati shundan iboratki, inson uchun (jismoniy yoki ruhiy buzilishlar bilan bo‘lsa ham) o‘zining jamiyatga foydali ekanligini his qilishi ham muhimdir. SHu bilan birga, muayyan miqdorda mablag‘ topib turishga intilish o‘zining hayot bilan baravar odim tashlash istagini ham nazardan qochirmaslik kerak.
Ishlamaydigan nogironlar sonining bo‘lajak dinamikasi kishilar turmush darajasining yaxshilanib borishi va ishlab chiqarish texnologiyasining xodimga, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasida moslashib borishga hal qiluvchi darajada bog‘liqdir. Mehnatga qobiliyatli aholi orasida ishlamayditan nogironlar miqdorining kamayib borishi mehnat sohasini rivojlantirishning barqaror tamoyilini tashkil etadi, deb hisoblash ancha to‘g‘riroq bo‘ladi.
Ishlaydigan o‘smirlar. Ishlaydigan o‘smirlar sonini belgilab beradigan barcha omillar orasida, avvalo, demografik omilni qayd qilib o‘tamiz. Bunda o‘smirlarning hammasi nazarda tutiladi. SHu bilan birga, 14-15 yoshli o‘smirlarga e’tibor qaratiladi, chunki ular kichik yoshdagi xodimlarning anchagina qismini tashkil etadi. Mamlakatda bunday o‘smirlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, mehnat resursla-rining shu qismi boshqa sharoitlarda ham ko‘proq bo‘ladi. Ishlaydigan o‘smirlar soniga ijtimoiy-iqtisodiy omillar ko‘proq ta’sir qiladi, ular orasida oilalarning farovonligi va iqtisodiyotning ehtiyoji muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatimiz va boshqa mamlakatlarning tarixiy tajribasi shundan dalolat
beradiki, farovonlik darajasi va ishlovchi o‘smirlar soni bir-biriga teskari bog‘liklikda bo‘ladi: farovonlik qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘smirlar shunchalik kamroq ishlaydilar va aksincha bo‘ladi. SHu bilan birga, bu bog‘liqlik vaqt o‘tishi bilan yuksalib boradi.
Iqtisodiyotning o‘smirlar mehnatiga bo‘lgan ehtiyoji ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining murakkablashib borishi bilan qonuniy ravishda pasayib boradi – mehnat faoliyati sohasida kengayadi. Bunda yaxshi ma’lumot darajasi, kasb tayyorgarligi zarur bo‘ladi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlari asosida islohiy o‘zgarishlar boshlanishi bilanoq vaziyat keskin o‘zgardi, bu hol kishilarning erkinligi ortishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularga tobora ko‘proq imkoniyatlar berila boshladi, ular o‘z taqdirlari bilan o‘zlari xohlaganlaricha shug‘ullana boshladilar. Ko‘plab oilalarning moddiy ahvoli og‘ir ekanligi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Qo‘shimcha daromad ishlash uchun yoshlar ham, kattalar ham harakatga tushib qoldilar, bunga iqtisodiyotdagi vaziyat majbur qilgan edi. Har xil mayda-chuyda xizmatlarni bajarib, xususan, mayda chakana savdo bilan shug‘ullanib pul ishlashning ko‘p imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu erda shiddat bilan vujudga kelgan ish o‘rinlari asosan o‘smirlar bilan to‘ldi.
Kelgusida o‘smirlarning mehnat resurslaridagi ulushi o‘smir fuqarolarning aqliy va jismoniy rivojlanishiga zarar etkazmagan holda ular mehnatidan ehtiyotkorona foydalanish imkonini beradi.
Ishlaydigan pensionerlar. Ishlovchi pensionerlar soni ham demografik omil ta’siri ostida qaror topadi – bu erda shunday bog‘liqlik bo‘ladi: pensiya yoshidagi kishilar qancha ko‘p bo‘lsa, shu yoshdagi ishlovchilar ham ko‘p bo‘ladi.
Xilma-xil ijtimoiy omillar orasida pensionerlarning mehnat faolligiga ancha ko‘proq ta’sir qiluvchi asosiy omillarni qayd qilib o‘tamiz. Pensiyaning miqdori jiddiy ravishda ta’sir qiladi. Ayni bir xil miqdordagi pensiya birovlarga etadi, boshqalarga esa etmaydi, shu sababdan inson mehnat qilishga intiladi. YAna shunday mehnatga rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha omil ham borki, bunday katta yoshdagi kishi ish haqi bilan bir qatorda pensiya olish huquqiga ham ega.
Pensionerlar mehnatining zarur shartlaridan biri korxona, muassasa va tashkilotdagi o‘zgarishlarga moslashuvchanlik, yangi ishni o‘zlashtirishga tayyorlik, ba’zan yashash joyini o‘zgartirish va shu kabilardir. Bozor iqtisodiyoti katta yoshdagi kishilarning harakatchanligiga ancha yuqori talablar qo‘yadi. Bozor munosabatlarining ruhidan shu narsa kelib chiqadiki, har bir kishining farovonligi, avvalo, uning o‘zi, tashabbuskorligi, har qanday yangilikka «javob berish» va samarali mehnat qilishidan iboratdir.
Ijtimoiy omillar orasida katta yoshdagi kishilarning ma’lumot darajasi va
sog‘lig‘i ham muhim o‘rin tutadi. Bu omillarning qanday ta’sir qilishi yaqqol ko‘rinib turadi va tushuntirishlarni talab qilmaydi.
Nihoyat, pensionerlarning bir qismi o‘zini ishda namoyon qilishni ma’qul ko‘radi va ishdagina o‘zining jamiyatga kerakli ekanligini his kiladi, ko‘p yillar birga ishlagan o‘rtoqlari bilan jamoada qolishni istaydi.
Ijtimoiy omillar kishilarning ehtiyojlari bilan bog‘langan bo‘ladi yoki ularning qandaydir xislatlarini aks ettiradi. Iqtisodiy omillar ishlab chiqarish ehtiyojlari va xodimlar xizmat ko‘rsatish sohalarini ifodalaydi. Ulardan ikkitasini ko‘rib chiqamiz.
«Mehnat resurslarini taqsimlash» deganda resurslarning xalq xo‘jaligida ishlaydigan qismlari va ishlamaydigan qismlari tushuniladi. O‘z navbatida, ishlamaydigan qism mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshdagi o‘quvchilar va shaxsiy yordamchi xo‘jalik ishlarini bajarish bilan shug‘ullanuvchilar, harbiy kuchlar safida xizmat qilayotganlar, ishsizlar, shuningdek hech bir erda ishlamaydiganlar, o‘qimaydiganlar va ish qidirmaydiganlarga bo‘linadi.



    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish