Ijtimoiy holat – inson yoki ijtimoiy guruhning jamiyatdagi o‘zaro barqaror ijtimoiy munosabatlari majmui bo‘lib, uning natijasi va ifodasi yashash hamda rivojlanish shart-sharoitlari va vositalarini qayta shakllantirish hisoblanadi.
Bunday yondashuv va tasavvurlar ijtimoiy uyushgan mehnatga tegishli va ular quyidagilardan iborat:
Ijtimoiy uyushgan mehnat sohasi insonning o‘z jamiyatidagi ijtimoiy holati uchun qanchalik zarur va asosiy ekanligini aniqlash.
Inson mehnat qilishiga to‘g‘ri keladigan asosiy ijtimoiy shakllarni aniqlash lozim bo‘ladi. Bunda aynan ijtimoiy uyushgan mehnatning asosiy tarkibi ta’riflarini anglab olish yordam beradi.
Mehnat faoliyati qanday qadriyatlarga yo‘llanganligi va qaysi sabablar ishchi uchun hal qiluvchi ekanligini aniqlash kerak. Jamiyatda bu qadriyatlarga izchil amal qilish va bu sabablarga asoslanish uchun zarur va etarli shart-sharoitlar bor-
yo‘qligini baholash muhimdir.
Kishining mehnat faoliyati sohasida uning normal ish holatini buzadigan xavflar bo‘lsa, bu xavflar kishining o‘z xatti-harakatlari va yaratadigan vaziyatlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ular kishiga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy shart-sharoitlar, jarayon va holatlarga bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Ularni kishining ijtimoiy ishlab chiqarish va mehnat faoliyati sohasidagi holati tavsifiga taqsimlash kerak.
Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida inson holatining o‘zgarib borishiga ta’sir etuvchi omillar, biror jarayon ta’sirida ba’zi ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ta’sirida yangilanadigan yoki o‘zgaradigan sabab va holatlarga omillar deyiladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishi holatini o‘zgartiruvchi omillar kishilar taqdirlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi masaladir. CHunki tegishli sabab va vaziyatlar ta’sirining aniq natijalari aynan inson taqdiri, ya’ni uning hayot yo‘li bo‘ladi.
Kishining hayotiy vaziyati uni ijtimoiy ishlab chiqarishdagi holatini o‘zgartiruvchi jiddiy omildir.
Ishlab chiqarishning ilmiy-texnik va texnologik taraqqiyot omili. Bu ishlab chiqarishda kishi holatini o‘zgartirishning doimiy ta’sir qiluvchi sababidir. Texnika
– texnologiyaga bog‘liq tarzda mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni ham uzluksiz o‘zgarib boradi.
Ijtimoiy faollikning ijtimoiy-guruhiy va sinfiy uyushganlik omili. Ijtimoiy guruhlar xatti-harakatidagi sub’ektiv omillar bilan o‘z huquq, erkinliklari, manfaatlarini anglash, ijtimoiy-guruhiy manfaatlarini shakllantirish, ularning qoniqtirilishini talab qilish bilan bog‘liqdir.
Ijtimoiy-guruhiy uyushganlikning eng keng tarqalgan shakli – mehnat jamoalari va kasaba uyushmalaridir. Qonunchilik mehnatkashlarning uyushganlik va o‘z manfaatlarini himoya qilishning bu shakllaridan foydalanish huquqlarini mustahkamlaydi. Bu munosabatda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, ushbu yo‘nalishdagi qonun, farmon va qarorlar asosiy me’yoriy-huquqiy asos hisoblanadi. Konstitutsiyaga ko‘ra, xalqaro xuquqning umuman olingan tamoyil va me’yorlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari mazkur huquqiy tizimning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu ijtimoiy-mehnat sohasida BMTning inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948), Sotsial rivojlantirish to‘g‘risida Kopengagen deklaratsiyasi (1995) va O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyalaridir.