Mehnatning namoyon bo‘lish shakllariva funksiyalari
Namoyon bo‘lish shakllari jihatidan mehnat jarayoni, ta’kidlab o‘tilganidek, quyidagi tomonlari bilan tavsiflanadigan hodisa sifatida ta’riflanishi mumkin:
birinchidan, inson quvvati sarflanadi: bu mehnatning biologik jihati;
ikkinchidan, xodim ishlab chiqarish vositalari bilan bog‘langan holda harakat qiladi: bu mehnatning tashkiliy-texnologik jihati;
uchinchidan, xodimlar ishlab chiqarishda o‘zaro bog‘langan holda harakat qiladilar, bu mehnatning tashkiliy-ijtimoiy (jamoaviy) jihati.
Ko‘rsatib o‘tilgan tomonlar har birining iqtisodiy jihati bor. CHunki mehnat jarayonining, shuningdek, xodimlarning ishlab chiqarish vositalariga hamda bir- birlariga o‘zaro ta’sir etishlari jarayonlarining biologik mazmunini o‘zgartirishga oid har qanday qarorlar mehnat sarflari o‘lchamida, faoliyatning umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarida (mehnat unumdorligi, foyda va hokazolarda) aks etadi. SHu sababli mehnat iqtisodiyoti mehnat namoyon bo‘lishlarining barchasini va ularning iqtisodiy natijasini ko‘rib chiqadi.
Mehnat faoliyatining biologik (fiziologik, ruhiy va ruhiy-fiziologik) jihati mehnat jarayonida mushaklar, miya, asablar, his-tuyg‘u organlarining quvvati sarflanishidan iborat bo‘ladi. Inson quvvatining sarflari inson organizmiga tushadigan jismoniy (dinamik va statik) hamda asabiy-ruhiy ish yukining o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi.
Dinamik jismoniy ish yuki jismoniy ish hajmi bilan (kilogrammometrlarda), quvvat sarflari o‘lchami bilan (kaloriyalarda), kuch-harakatning quvvati bilan (vattlarda) belgilanadi. Statik jismoniy ish yuki o‘z tanasi yoki tananing ayrim qismlarini joydan-joyga o‘tkazmagan holda kishi amalga oshiradigan harakat o‘lchamining ushbu harakatni amalga oshirib turish vaqti (kilogramm-soniya)ga ko‘paytirmasi bilan tavsiflanadi.
Asabiy-ruhiy ish yuki quyidagilar bilan belgilanadi:
xodim ish smenasi davomida muayyan qarorlar qabul qilish uchun idrok etadigan va qayta ishlaydigan axborot hajmi va xususiyati;
bir vaqtning o‘zida kuzatiladigan ob’ektlar soniga, zo‘r berib kuzatish uzoq davom etishi va faol harakatlarning davomliligiga bog‘liq bo‘lgan diqqat- e’tiborning kuchliligi;
signallarning ko‘pligi – bir soat ichidagi xabarlar miqdoriga, tezkor xotira hajmi - muayyan vaqt davomida xotirada saqlanib turadigan elementlar soniga, emotsional va intellektual zo‘riqish o‘lchamiga bog‘liq bo‘lgan analizator-fikr- mulohaza faoliyatining tig‘izligi;
ishlab chiqarish operatsiyalari elementlarining miqdori, davomiyligi va takroriyligi, texnologik jarayonning borishini passiv kuzatish vaqti va smena davomida bir qolipdagi mehnat vaqti davomiyligiga bog‘liq bo‘lgan mehnatning bir xilligi darajasi;
ish sur’ati, ya’ni qo‘l, oyoq, bosh, gavdaning vaqt birligidagi harakatlari
miqdori.
Mehnat faoliyatining tashkiliy-texnologik jihati xodimning ishlab chiqarish vositalari – mehnat predmetlari va vositalari bilan o‘zaro ta’sirining muayyan tizimidan iborat.
Bunday o‘zaro ta’sir quyidagilarga bog‘liq:
Xodimlar o‘rtasida o‘zaro harakatlar quyidagilarga bog‘liq:
birinchidan, mehnatni tashkil etishning yakka tartib va jamoa tarzidagi shakllari, korxonada qabul qilingan mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi;
ikkinchidan, xodimlar tarkibi va soni;
uchinchidan, korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli.
Mehnat taqsimoti shakllari (funksional, texnologik, kasbiy va malakaviy) va ularga mos mehnat kooperatsiyasi shakllari ham xodimlarning ishlab chiqarishdagi o‘zaro harakati xususiyatlarini tavsiflaydi hamda korxonada qanday shakllar qabul qilinganligiga ko‘ra, mehnatdan foydalanishning turli imkoniyatlarini yaratadi.
Funksional mehnat taqsimotida, ya’ni mehnat faoliyati turlari, korxonada xodimlar qanday funksiyalarni bajarishlariga ko‘ra, o‘zaro harakat, ya’ni mehnat kooperatsiyasi xodimlarning turli guruhlari, masalan, asosiy va yordamchi ishchilar, ishchi va xizmatchilar, rahbar va mutaxassislar o‘rtasida amalga oshiriladi.
Korxonadagi ijtimoiy guruh qaysidir umumiy belgilariga, xossalari va xususiyatlariga ega bo‘lgan xodimlar birligidir.
Xodimlarning ijtimoiy tuzilmasi turli ijtimoiy guruhlarning tarkibi va birgaligi bilan belgilanuvchi tuzilishidir.
Xodimlar ijtimoiy tuzilmasi korxona faoliyatining samaradorligiga ta’sir etadigan muhim ko‘rsatkichdir. Qulay ijtimoiy tuzilma mehnat faolligi va ijodiy tashabbusni rivojlantirish, mehnat intizomi va mehnat samaradorligini yuksaltirishga ko‘maklashadi.
Ba’zi ijtimoiy guruhlar mavjudligiga ko‘ra, korxona xodimlarining turli ijtimoiy qatlamlari tashkil topadi. SHu munosabat bilan esa ijtimoiy tuzilmaning quyidagi turlari ajratiladi: vazifaviy ishlab chiqarish, kasbiy-malakaviy, demografik, milliy, ijtimoiy-ruhiy va hokazo.
Vazifaviy ishlab chiqarish tuzilmasi xodimlarning vazifaviy guruhlari: xizmatchilar (rahbarlar, mutaxassislar, texnik ijrochilar), ishchilar (asosiy va yordamchi ishchilar), xizmat ko‘rsatuvchi kichik xodimlar, shogirdlar, harbiylash- tirilgan va yong‘inga qarshi qo‘riqchilik xizmatchilari kabilardan tarkib topadi.
Kasbiy-malakaviy tuzilma malaka darajasi, ma’lumoti, ish staji bo‘yicha ajratiladigan turli kasbiy guruhlardan tashkil topadi.
Xodimlarning demografik tuzilmasi ularning jins va yosh tarkibi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-ruhiy tuzilma xodimlar turli guruhlarining ehtiyojlari, manfaatlari, qadriyat yo‘nalishlari, qiziqish va talab-istaklari mushtarakligi asosida shakllanadi. Bunday guruhlarning tarkibiga xodimlar boshqa belgilar bo‘yicha shakllangan guruhlarga mansubliklaridan qat’i nazar kirishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |