Podzol tuproqlar, ularning paydo bo’lishi, tuzilishi, klassifkasiyasi, tarkibi va xossalari.
Podzol tuproqlar asosan tayga yoki igna bargli o’rmonlar ostida shakllangan. Bu tuproqlar profilining kelib chiqishi podzollanish va elyuvial jarayonlari bilan bog’liq. Maydoni 132 mln. gektarni tashkil etadi.
Podzol tuproqlarning gleyli podzol, podzol va chimli podzol kabi uchta tipchaga ajratiladi.
Gleyli podzol va podzol tuproqlarning aksariyat maydoni tayga – o’rmon zonasining shimoliy va o’rta qismlarida joylashgan. Bu tuproqlar podzol tuproqlar hosil bo’lish jarayonlari natijasida yuzaga keladi.
Podzol tuproq atamasi ruscha «Podzol» («kulrang») so’zidan olingan va bu nomni dastlab 1873 yilda V.V.Dokuchayev ilmiy adabiyotlarga kiritgan.