Shuning uchun yordamchi maktab o‘quvchilarining bilimlarini mustahkam
o‘zlashtirishga erishishning muhim sharti o‘quv
materialini ular tomonidan
tushunilishini ta’minlash hisoblanadi.
Bu tamoyil o ‘quvchilar bilimlarni ongli, tushungan holda, bilim,
malaka, ko‘nikmalarni uzoq muddat esda saqlashlarini talab qiladi.
0 ‘quvchilar materialni tugatilgan, m a’noli bolaklarga bolib, muhimini
ajratib, to‘g‘ri yodlashga ham o ‘rgatilishi kerak. Bunda yordamchi maktab
0
‘quvchilariningbir xususiyatini hisobga olish lozim. Ular muhimini ajratolmay,
odatda butun o‘quv materialini so‘zma-so‘z yodlab oladilar. So‘zm a-so‘z
yodlash ayrim hollarda, masalan, ta’riflar,
ifodalar, she’r va shunga o ‘xshash
materiallami yodlashda zarur. Biroq o‘quv matcrialining katta qismi so‘zma-
so‘z yodlab olishni emas, balki uning m a’nosini o‘z so‘zlari bilan to‘g‘ri aytib
berishni talab qiladi. Bu jihatdan yordamchi maktab o ‘quvchilari doimiy
yordamga muhtojdirlar.
Yordamchi maktab o ‘qituvchisining ishida bilimlaming mustahkam
o‘zlashtirilishini ta’minlashda o‘quv materialini mustahkamlashga katta o ‘rin
ajratilishi kerak.
K.D.Ushinskiy bu borada shunday degan: «Materialni o ‘z vaqtida
m ustahkam lam agan o ‘qituvchi yukni yomon b o g lab , aravani quvgan
aravakashga o‘xshaydi. Orqasiga qaramay, aravani quvib manzilga yetib kelgach,
aravada hech narsa qolmagan boladi. U esa uzoq masofani bosib o‘tganligidan
xursand boladi. 0 ‘qituvchi ham o‘z vaqtida materialni mustahkamlab bormasa,
fan o ‘qib tugatilgach, bolaning ongida hech narsa qolmasligi mumkin».
Yangi material o ‘tilganda o ‘quvchilarga
mashqlar beiib, ularning yangi
materialni qanday tushunganliklarini aniqlash mumkin.
Mustahkamlashning zarur sharti mashq qilish bolib, u quyidagi shartlami
bajarishi lozim:
1) mashqning maqsadini, qanday natijalaiga erishish kerakligini aniq
bilish zarur;
2) bajarishning aniqligini maxsus kuzatish, agar xatolar paydo bo‘lsa,
ular mustahkamlanib qolmasligi uchun mashqlaming natijalarini kuzatish,
o‘z harakatlarini
namuna bilan taqqoslash, qanday muvaffaqiyatlaiga erishib
bolinganini anglash va kamchiliklarga barham berish uchun ulardan qaysilariga
diqqatni qaratish kerakligini bilib olish zamr;
3) o ‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlariga bogliq boigan
mashqlar soni malaka hosil qilish uchun yetarli bolishi lozim. Agar mashqlar
yetarli bolmasa, malaka mustahkamlanmaydi, balki tezroq barbod boladi.
Mashqlar haddan tashqari ko‘p bolsa, odatda o ‘quvchilar bu mashqlaiga
salbiy munosabatda b o la boshlaydilar va bu hoi e’tibomi pasaytiradi,
natijada
malakaning hosil bolishiga xalaqit beradi;
4) mashqlar bir xildagi harakatlarning tasodifiy yiglndisidan iborat
bolmasligi lozim. Bu mashqlaiga muayyan tizim, ularning aniq rejalashtirilgan
62
to‘g‘ri izchilligi, xususan, ularning sekin-asta murakkablashib borishi asos
qilib olinishi kerak;
5) mashqlar bir qadar uzoq muddatga uzilib qolmasligi lozim,
aks holda
malaka sekin hosil boladi yoki agar u mustahkamlanmagan bo‘lsa, tezda
susayib qoladi, tormozlanadi, hatto umuman yo‘qolib ketadi.
0 ‘tilganlarni takrorlashni to ‘gkri tashkil qilish bilim va malakalarni
mustahkamlab o'zlashtirishga erishishning juda muhim sharti hisoblanadi. Esdan
chiqarishning oldini olish maqsadida albatta sistemali ravishda o‘tilganlami
takrorlab turish kerak.
Shuning uchun yordamchi maktabda har bir darsda dasturning mavzu
bo‘limi tugatilgandan so‘ng, yilning oxirida takrorlash olib boriladi. Kelgusi
sinfda ham o‘quv yili boshidan oldingi sinfda o ‘tilganlar takrorlanadi.
Biroq aqli zaif bolalarni o‘qitishda muhimi faqat o ‘tilganlami qayta-qayta
takrorlash emas, balki o ‘tilgan material bilan yangi material orasidagi
boglanishni o ‘quvchilaming tushunishlariga harakat qilmoq kerak.
Shu sababli
o‘qituvchi yangi materialni o‘iganishga oid dars rejasini tuzar ekan, u albatta
boglanishni aniqlash zarur bo'lgan o ‘tilgan materialni takrorlashni ham
nazarda tutishi, ularning o ‘xshashlik tomoni va farqini ko‘rsatishi zamr.
Takrorlashga quyidagi talablar qo'yiladi:
1) takrorlash maqsadga muvofiq bolishi kerak;
2) takrorlashda shunday obyekt, tajribalami ko‘rsatish kerakki, unda
takrorlanayotgan bilimlar, xususiyatlar, ma’lumotlar yangidan namoyon bolsin;
3) takrorlanayotgan materialga shunday savollar kiritish lozimki, bu
savollar amaliy masalalarni yechishni talab
qilsin va takrorlanayotgan
materialning yangi tomonlarini ochib bersin.
Nihoyat, o'rganilayotgan materialga nisbatan o ‘quvchilarda qiziqish
uyg'otish, bilim, ko‘nikma va malakalami mustahkam o‘zlashtirishga erishishning
zaruriy sharti hisoblanadi.
Shunday qilib, o'qitishda mustahkamlilik tamoyili didaktikaning butun
tamoyillar tizimi bilan o ‘zaro bogliq boladi va yordamchi maktabning zaruriy
qismini tashkil qiladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: