Mavzu: O‘quv jarayonini tashkil qilish va bu



Download 80,57 Kb.
bet1/16
Sana06.01.2022
Hajmi80,57 Kb.
#323228
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-ma’ruza Mavzu O‘quv jarayonini tashkil qilish va bu jarayonda

4-ma’ruza


Mavzu: O‘quv jarayonini tashkil qilish va bu jarayonda talabalarning faoliyati

Reja:


  1. O‘quv jarayonini tashkil etish

  2. Universitetning ichki tartib qoidalari

  3. Oliy o‘quv yurtlarida talabalarning jamoat ishlaridagi, ilmiy tadqiqot ishlaridagi foaliyati.


O‘quv jarayonini tashkil qilish. O‘quv jarayonlarini tashktl qilishda o‘quv rejasiga muvofiq dekanat tomonidan har bir o‘quv semestrida bakalavriat va magistratura uchun dars jadvallari tuziladi. SHu jadvallarga asosan auditoriya darslari o‘tiladi, joriya, oraliq, yakuniy nazoratlari o‘tkazilazi. O‘quv jarayonlari “Talim to‘g‘risidgi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi hayotga tadbiq etila boshlaganidan buyun o‘tgan davr ichida talim tizimi tubdan islox qilindi. Talim va tarbiyaning mazmuni o‘zgarib, uning sifati va samaradorligi yuqori darajaga ko‘tarildi. Bugungi kunda respublikamiz oliy talim muassasalarida o‘qitishning modul tizimiga o‘tilmoqda, yangi pedagogik texnologiyalar usullari qo‘llanilmoqda.

Bugungi kunda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning modul tizimiga

o‘tilmoqda

O‘qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YUNESKOning Tokiodagi butun jaxon konsepsiyasida so‘z yuritilgan edi. Modulli o‘qitishning mohiyati – talaba modullar bilan ishlash jarayoni orqali o‘quv maqsadiga mustaqil holda (yoki ma’lum darajadagi yordam orqali) erishadi. Modulli o‘qitish texnologiyasi majmuali yondoshuvni ifodalaydi.

Modul – bu o‘kuv materialining mantiqan tugallangan birligi bo‘lib, o‘kuv fanining bir yoki bir necha fundamental tushunchalarini o‘rganishga qaratilgandir.

Fanning dolzarbligi – modulli o‘kitishda o‘kuv dasturlarini to‘la, kiskartirilgan va chukurlashtirilgan tabakalash orkali, o‘kitishni tabakalash imkoniyati yaratiladi, ya’ni o‘qitishni individualashtirish, yangi yondashuvlar va o‘qitish usullarini namoyish etish, talabalarning fikrlashlarini kuchaytirish, talabalarni muloqotda faol va o‘z fikrlarini ifoda qilishga o‘rgatish mumkin bo‘ladi.



O‘kitishning modul tizimiga o‘tish samaradorligi kuyidagi omillarga bog‘lik bo‘ladi:

  • o‘kuv muassasasining moddiy-texnikaviy bazsi darajasi;

  • professor-o‘kituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;

  • ko‘zlangan natijalarni baxolash;

  • didaktik materiallar ishlab chikish;

  • natijalarning taxlili va modullarni optimallashtirish.

SHunday kilib, modulli o‘kitishdan foydalanib oliy malakali mutaxassisni tayyorlash kuyidagilar asosida ta’minlanadi:

  • o‘kitishning o‘zluksizligi (bunda fanlarni o‘zlashtirish samaradorligi oshadi);

  • o‘kitishni jadallashtirish (buning natijasida informatsiyaning ko‘p kismi, individual va mustakil ishlash paytida, kompyuter tarmoklari orkali o‘zlashtiriladi);

  • o‘kishni individuallashtirish (talaba o‘z kobiliyatiga ko‘ra bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi).

Har kaysi o‘quv modulining o‘rganilish maksadlari to‘plami, davlat ta’lim standartlarida aks ettirilgan, mutaxassis kadr tayyorlashning bosh maksadini tashkil etadi.






interfaol pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali erishiladi. Iqtisodiyotning boshqa sohalaridan farqli ravishda, bugun ta’lim jarayonlarini muntazam yangilash talab etilmoqda.
Ayni vaqtda, Respublika ijtimoiy hayotiga shiddat bilan keng ko‘lamli axborot oqimlari kirib kelmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni taxlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga etkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy, oliy ta’lim dasturlari asosida yuqori, samarali o‘qitishni tashkil kilish davr talabidir. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.

Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quv fanlari, bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarida «ta’lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilganligini ta’minlashi lozim»ligiga alohida ahamiyat berilgan. Albatta, ushbu qo‘yilgan talablar oliy o‘quv yurtlarida ta’lim- tarbiya jarayonini yuqori darajaga ko‘tarish, o‘qitishni yangi metodlar asosida amalga oshirish, talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularda mexnat ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbga bo‘lgan qiziqishini takomil-lashtirish, talabalarning kasbiy madaniyatini shakllantirish va bilim darajasini oshirish kabi vazifalarning sifatli darajada bajarishini taqozo etadi.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni bugungi kunda ta’lim jarayonini loyihalashga yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan asosiy vazifalardan biri fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu masala echimida axborot, pedagogik va ishlab chiqarish texnologiyalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik, muvofiqlik, bir-birini to‘ldiruvchanlik bo‘lishi talab etiladi. Hozirgi kunda har bir pedagog yoki ishlab chiqarish xodimi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va texnik tizimlari majmuini puxta bilishi taqoza etilmoqda. SHu bilan bir qatorda pedagog ishlab chiqarishning faol ishtirokchisi, ishlab chiqarish mutaxassisi ham o‘z navbatida pedagog vazifasini bajarishi lozim.

Ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning zamonaviy texnik vositalarini qo‘llanilishi kadrlar sifatiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni rivojlanishi esa bevosita axborot texnologiyalari rivojiga, ulardan ta’lim beruvchilar va oluvchilarning foydalana bilish darajasiga bog‘liqdir. Demak, pedagogik texnologiyalarni rivoji kadrlar tayyorlash sifatiga, kadrlar sifati esa ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashuviga ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli, pedagogik va ishlab chiqarish texnologiyalari bir-biri bilan o‘zviy bog‘liq holda, axborot texnologiyalari rivoji asosida takomillashib borishi, shuningdek axborotlar makoni ta’lim va ishlab chiqarish ma’lumotlari bilan boyitilib borilishi zarurdir.

Interaktiv o‘qitish - talaba o‘zida oldin mujassamlashgan tajribadan foydalangan holda, o‘quv jarayonida faol ishtirok etadi, mashg‘ulot davomida shaxsiy rol o‘ynab, yangi tajribalar orttiradi, olgan tajribalari asosida darsni tahlil qilib, o‘ziga kerakli muhim materiallarni oladi hamda o‘zining kundalik faoliyati bilan bog‘laydi.

Interaktiv so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “inter” – o‘zaro, “act”faoliyat qilmoq ma’nosini bildiradi. Interaktivlik, bu o‘zaro munosabatda bo‘lmoq, dialog rejimida o‘qimoq ma’nosini bildiradi. SHu sababli interaktiv o‘qitish-dialogli o‘qitish demakdir. Dialog an’anaviy o‘qitish uslublarida ham mavjud, jumladan “o‘qituvchi-o‘quvchi”, “o‘qituvchi-o‘quvchilar guruhi” ko‘rinishida. Interaktiv o‘qitishda esa dialog “o‘quvchi-o‘quvchi”, o‘quvchi-o‘quvchilar guruhi”, “o‘quvchi-auditoriya”, “o‘quvchilar guruhi-auditoriya” (guruhlar prezentatsiyasi), “o‘quvchi-kompyuter” kabi ko‘rinishlarda ham bo‘ladi. O‘quvchi ma’ro‘zada faqat “passiv” tinglovchi sifatida emas, balki “aktiv” ishtirokchi

sifatida qatnashadi. Interaktiv o‘qitish texnologiyasi an’anaviy ma’ro‘za o‘qish uslubini ko‘zda tutmaydi va shu bilan bir qatorda ma’ro‘za darslarini amaliy darslarga qarama-qarshi qo‘ymaydi. Interaktiv o‘qitishda ma’ro‘za va amaliyot bir butun mashg‘ulotning qismlari deb qaraladi va bu o‘qituvchi hamda talabaning o‘zaro ta’siri hamda talabalarning mashg‘ulot davomida faol ishtirok etish darajasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, an’anaviy ma’ro‘za darslarida o‘qituvchi faolligi ta’minlansa, amaliy mashg‘ulotlarda talaba faolligi talab etiladi. Interaktiv uslubda o‘qituvchidan mashg‘ulot davomida talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir darajasining bir ko‘rinishidan ikkinchisiga mavzuga bog‘liq holda ustamonlik bilan ravon o‘tishi talab etiladi. Interaktiv uslubdagi ma’ro‘za darslari jarayonini fan bo‘yicha mavzuning maqsad va vazifasi hamda ta’lim oluvchilarning ehtiyojiga bog‘liq holda taxminan quyidagicha taqsimlash mumkin:



1.2 расм. Интерактив услубда машғулотлар нисбати


O‘qitishning interaktiv uslublari deyilganda birinchi navbatda talabaning o‘quv jarayonini faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik uslublar majmui va texnik vositalar tizimi tushuniladi. Interaktiv uslubdagi mashg‘ulotda talaba berilayotgan ma’lumotlarni tinglashi, o‘qishi, ko‘rishi, yozib borishi, mavzu bo‘yicha savollar berishi, o‘z fikrini erkin bayon etishi, amaliy topshiriqlarni bajarishi va o‘zining hayotiy tajribasi bilan bog‘lab, mavzu bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishi lozim.

Qo‘yida fanlarni o‘qitishda maruza, amaliy, labaratoriya, seminar mashg‘ulotlari uchun o‘qitishda qo‘llaniladigan nteraktiv uslublarini ayrimlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiramiz:



Download 80,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish