Matnshunoslik



Download 1,9 Mb.
bet29/101
Sana13.06.2022
Hajmi1,9 Mb.
#665765
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
Bog'liq
УМК МАТНШУНОСЛИК2020-2021

Faksimil nashr
Muallifning yagona dastxat qo‘lyozmasi bo‘lgan taqdirda, uning faksimil nashri ko‘plab yangi tadqiqotlar uchun bebaho manbaga aylanishi mumkin. Xususan, S. G‘anieva tomonidan tayyorlangan Alisher Navoiyning “Navodir un-nihoya” devoni faksimilisi shunday manbalardan biridir106.
Faksimil nashr qo‘lyozma yozuvi, imlosi, bezaklari, strukturasi kabi asar matni tarixini oydinlashtiruvchi jihatlarni aniqlash ishlarini osonlashtiradi. Faksimil nashr, odatda, qo‘lyozma ustidagi tadqiqotlarni davom ettirishda qo‘lyozma nusxa o‘rnini bosadigan kitob yaratish uchun chop etiladi107. 1968 yili H.Sulaymonov Alisher Navoiy “Ilk devon”ining 870/1465–1466 yili mashhur xattot Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmasining faksimilini nashr ettirdi. “Ilk devon”ning faksimilida qo‘lyozmaning xati yirik nasta’liq uslubida, Xurosonning oliy navli ipak qog‘oziga qora siyohda yozilganligi aniq ko‘rinib turadi. Xattotning xati asar matnini aniq ifodalagan, deyarli barcha harflarni o‘qisa bo‘ladi. “Navodir un-nihoya” fotokopiyasida esa, biroz xiralik bo‘lib, qo‘lyozmani o‘qishda qiyinchilik kelib chiqadi. Bu xususda S. G‘anieva quyidagi mulohazani bildiradi: “Xatning yozilish uslubi haqida aytish kerakki, u professional kotib xatiga o‘xshamaydi. Masalan, “alif”, “kof”, “lom” harflari o‘ng tomonga moyil qilib yozilgan. Misralarning notekisligi esa xatning mistarsiz yozilganidan belgi beradi. Lekin, shubhasiz, xat kitobat san’atidan puxta xabardor odamning qo‘li bilan yozilgan. Harflarning muayyan mutanosibligining saqlanishi, har bir harfning aniq ifodalanishi, xususan, harflarning nuqtalari alohida-alohida qo‘yilishi fikrimiz dalili bo‘la oladi. Ayni chog‘da, harflarning ust va ostki nuqtalarining aniq va dona-dona qo‘yilish holini qadimgi o‘zbek tilidan xabardor bo‘lmagan forsiyzabon kotiblarga engillik tug‘dirish maqsadida qilinganligidan dalolat beruvchi omil deb qarash mumkin”108.
Bugungi kunda yangi topilgan asarlarni yoki yangi ma’lum bo‘lgan o‘tmish ijodkorlarning birinchi marta e’lon qilinayotgan devonlarini nashrga tayyorlashda “Muxtasar” matnida qo‘llangan prinsiplardan foydalanish eng ma’qul yo‘ldir.
Tazkira so‘zining ma’nosi – esga olish, tilga olish. Tazkira sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan adabiy-tanqidiy janr. Tazkiralarda shoirlarning hayoti va ijodi haqidagi muxtasar ma’lumotlar zikr etilib, ularning asarlaridan namunalar, odatda bir necha bayt hajmida keltiriladi va ijodiga umumiy tarzda baho beriladi. Tazkiralarda ijodkorlar haqidagi ma’lumotlar berish bilangina cheklanib qolmasdan, she’riyat va uning nazariy masalalari bilan bog‘liq e’tiborga loyiq fikr-mulohazalar, ma’lum davr adabiy hayoti haqidagi muhim ma’lumotlar ham o‘rin oladi. Adabiyot tarixida shoirlargina emas, balki olimlar, avliyolar haqida ham tazkiralar yozilgan. Masalan, Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat”, Sidqiyning “Tazkirai Imom A’zam” tazkiralari kabi.
Tazkira yozish an’anasi dastlab arab va fors adabiyotida shakllangan bo‘lib, keyinroq turkiy adabiyotda ham keng ommalashgan. Tazkiraning eng qadimgi namunasi Abu Mansur Saolibiyning “يتيم الدهر فى محاصل اهل العصر” – “Zamona ahlining fazilatlari haqida yakto durdona” (XI asr) asari e’tirof etiladi. Mazkur tazkiradan o‘sha davr Arab, Movarounnahr, Xorazm, Xuroson adabiyoti va san’ati haqidagi qimmatli ma’lumotlar o‘rin olgan. Turkiy tildagi ilk tazkira Navoiyning – “Majolisun nafois” asaridir.
Tazkiralar mumtoz adabiyot tarixi, alohida ijodkorlar asarlarini, ular bilan bog‘liq nazariy masalalarni o‘rganishda muhim manba sanaladi.
Tazkiranavislik tarixini shunday xronologik tartibda berishimiz mumkin: Muhammad Afviy Buxoriyning “Lubobul albob” (“Bilimlar mag‘zi”, XIII asr), Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratush shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”, XV asr), Navoiyning “Majolisun nafois” (“Nafis majlislar, XV asr ”), Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkirul ahbob” (“Do‘stlar yodnomasi”, XVI asr), Maleho Samarqandiyning “Muzakkirul as’hob” (“Do‘stlarga eslatma”, XIX asr), Rahmatulloh Vozihning “Tuhfatul ahbob” (“Suyukli do‘stlarga tuhfa”, XIX asr ), Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron” (“Shoirlar majmuasi”, XIX asr), Tabibiyning “Majmuatush shuaroi Feruzshohiy” (“Feruzshohning shoirlar majmuasi”, XX asr), Laffasiyning “Xiva shoirlari tarjimai holi” (XX asr), Po‘latxon Qayyumiyning “Tazkirai Qayyumiy” (XX asr), Mo‘minjon Toshqinning “Toshkent shoirlari” (XX asr).
Badiiy adabiyotning taraqqiy etishi o‘z navbatida tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid asarlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Adabiy yodgorliklarni to‘plash, ularni kitobat qilish, sharhlar bitish va lug‘atlar tuzish, so‘z san’ati tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish ilmiy ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lbigina qolmay, balki adabiyotning amaliyoti uchun ham, adabiyot ahllari va kitobxonlar uchun ham katta ahamiyatga ega edi.
«Devonu lug‘atit-turk»ni turkiyda ilmi adabga oid bunday asarlarning dastlabkilaridan biri deyish mumkin. Turkiy tillar izohli lug‘ati bo‘lgan bu asar arab tilida yozilgan bo‘lib, adabiy manba sifatida 300ga yaqin turkiy she’riy parcha va juda ko‘p maqol hamda hikmatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan. Asar undagi so‘zlarning tilimizda qaysi paytlardan boshlab qo‘llanilib kelishini ko‘rsatuvchi manba bo‘lib ham hisoblanadi. Mahmud Koshg‘ariy «Alp Erto‘nga» (Afrosiyob), Iskandar va boshqalar haqida xalq orasida mavjud bo‘lgan ayrim afsona va rivoyatlarni ham bayon qiladi. Shu bilan birga, muallif yo‘l-yo‘lakay bo‘lsa ham, ba’zi adabiy janrlar haqida, vazn, istiora, o‘xshatish va boshqa nazariy tushunchalar haqida ma’lumot beradi. Bu birmuncha sodda tarzda bo‘lsa ham, o‘sha davrlarda adabiyot nazariyasiga doir ayrim masalalarning ilmiy asosda o‘rganilgani va ma’lum qoidalar yaratilganini ko‘rsatadi.
Bu asarda ayrim parchalarning tili va uslubiga qarab ular olingan asarlarning yaratilish davrlarini faraz qilish ham mumkin. Ko‘pgina adabiy parchalarda qabilalarning juda qadimgi patriarxal hayoti, ibtidoiy jamoa qoldiqlari, tabiat hodisalariga nisbatan sodda qarash ifodalangan hamda ularda islom dini aqidalarining izi ko‘rinmaydi, arabcha so‘zlar ishlatilmaydi.
IX asrda vujudga kela boshlagan tazkirachilik ham o‘ziga xos taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi. Qo‘lyozma kitoblarning ko‘paytirish imkoni cheklanganligi tufayli adabiyot ixlosmandlari turli she’rlarni, asarlarni daftarlarga ko‘chirib olib kichik-kichik to‘plamlar tuzar edilar. Mashhur yozuvchilarning asarlaridan namuna sifatida tuzilgan bunday ilk to‘plamlarda biografik ma’lumot u yoqda tursin, ko‘pincha, shoirning nomi ham qayd etilmas edi. Lekin vaqt o‘tishi bilan to‘plamlarga yozuvchilar va adabiy namunalar ko‘proq kirib boradi va natijada mualliflar hayoti va faoliyati hamda asarlari haqida ma’lumotlar berish zarurati yuzaga keladi. Shu taxlit vujudga kelgan to‘plamlar ilk tazkiralar edi.
Yaqin va O‘rta Sharq adabiyotshunosligida tazkiranavislikni Saolibiy (vft. 1037) boshlab bergan (bu haqida 1-mavzuga qarang).
Bu davrda badiiy adabiyotda erishilgan katta muvaffaqiyatlar zamirida adabiyotshunoslik ham ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Buyuk yozuvchilarning asarlarini to‘plash, qayta kitobat qilish ishlari kuchaydi. Jumladan, Boysunqur davrida (XV asr) Shohnomaning chog‘ishtirma matni tuzilib, Xusrav Dehlaviyning lirik asarlari devon shaklini oldi. Navoiy asarlari asosida «Badoyi ul-lug‘at» kitobi vujudga keldi. Aruz vazni, qofiya, muammo janri, badiiy san’atlar va boshqalar haqida bir qancha adabiy risolalar paydo bo‘ldi. Saybakning aruzga doir ikki risolasi, Sayfi Buxoriyning «Aruz», «Radoyif ul-ash’or» risolalari, Kamoliddin Husaynning muammo haqidagi risolasi, Jomiyning muammo va qofiya yuzasidan yaratgan risolalari, Navoiyning «Mezon ul-avzon», «Majolis un-nafois» va «Risolai muammo» asarlari, Boburning vazn va qofiyaga doir «Mufassal» asari, Hiloliyning «Risolai qofiya»si va boshqalar shular jumlasidandir. Ular orasida hatto turli asarlarga yozilgan muqaddima yoki debochalarda ham kutilmaganda manbashunos uchun qimmatli ma’lumotlar chiqib qolishi mumkin. Bevosita adabiyotshunoslikka oid asarlardan tashqari, adabiyot tarixi va nazariyasiga doir ma’lumot va fikr mulohazalar badiiy asarlarda (ayniqsa, Navoiy va Jomiy asarlarida) tarix kitoblari va memularda (Vosifiyning «Badoyi ul-vaqoye», Boburning «Boburnoma»si va boshqalarda) ham o‘z ifodasini topadi. Bularning barchasi, shubhasiz, adabiyotshunoslikning ravnaq topishiga katta hissa qo‘shgan va o‘z davri adabiyoti hamda keyingi bosqichlar adabiyoti taraqqiyoti uchun ma’lum dasturulamal bo‘lib xizmat qilgan edi. Biroq bu davrning adabiyotshunosligi adabiy jarayonining ayrim masalalaridangina bahs qilardi. Ammo bu nuqsonlariga qaramay, adabiyot tarixi va so‘z san’atining ayrim nazariy masalalarini o‘rganishda o‘zining ma’lum qimmatini hamon saqlab kelmoqda. Ayniqsa ularning bizni qiziqtirgan manbalar haqida ma’lumotlar berishi mumkinligi nihoyatda muhim.
Devon so‘zining lug‘aviy ma’nosi – yozish, ro‘yxatga olish, to‘plam. Devon sharq mumtoz adabiyotidagi she’riy to‘plamlarning asosiy turi. Devonga shoirlarning o‘zlari yoki boshqa shaxslar, masalan, kotiblar, shogirdlar, muxlislar tomonidan tartib berilgan. Sharq adabiyotida devon tartib berish an’anasining o‘ziga xos qonuniyatlari bor. Devonga kiritilgan she’rlar, bir tomondan, janriga ko‘ra, ikkinchi tomondan esa g‘azallarni alifbo tartibiga ko‘ra joylashtiriladi. Devonlar, asosan, g‘azal janri bilan, ba’zan esa qasida bilan boshlanadi. Navoiyning “Xazoinul maoniy” kulliyoti tarkibiga kiruvchi “G‘aroyib sig‘ar” devoniga g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, masnaviy, qit’a, ruboiy tarzida tartib berilgan bo‘lsa, “Badoiul vasat” devoni g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, qasida, qit’a, chiston, tuyuq tarzida tartiblangan.
Alisher Navoiy merosini to‘liq va mukammal o‘rganishimizda shoir asarlarining qo‘lyozma nusxalarini topish hamda ommalashtirish muhim. H. Sulaymonov Istanbuldagi To‘pqopi saroy kutubxonasida saqlanayotgan Darvesh Muhammad Toqiy tomonidan ko‘chirilgan Navoiy kulliyotining tartibini shoir o‘zi tuzib chiqqan degan so‘zlarni qayd etadi.109 Mazkur kulliyotda shoirning 27 asari jamlangan.110
Har bir asar yangi sahifada alohida-alohida juda chiroyli naqshlar bilan bezatilgan maxsus ramkalarda “Kitobi Lison ut-tayr”, “Kitobi Layli va Majnun”, “Kitobi chor devon” kabi nomlangan. Navoiy kulliyotining ikkinchi sahifasida “Kitobi munojotnoma” alohida sahifadan boshlanib, hamd va na’t, munojotlar qizil rangda matn ichida berilgan.
Ogahiyning “Ta’vizul oshiqin” devoni va qo‘lyozmalari. Ogahiy devonining o‘ziga xos xususiyatlari. Sohibi devon shoirlar. Debocha. Uning o‘ziga xosligi, ijodkor biografiyasi va adabiyot tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. Devonning manba sifatidagi ahamiyati. Kulliyotning manba sifatida o‘ziga xosligi. Tuzilishi. Talablari. Sharq adabiyotida sanoqli ijodkorlargina kulliyot tuzganlar. Navoiy kulliyotlari. Ularning xorijda va mamlakatimizda saqlanayotgan qo‘lyozmalari.
Tarjima – bu yuksak badiiy ijoddir. Ijod bo‘lganda ham ba’zan asliyat muallifiga nisbatan ko‘proq izlanish va mashaqqat chekishni taqozo etadi. Tarjima lisoniy, adabiy-estetik hodisa, so‘z san’atidir. Tarjimon esa ijodkordir. Millatlar o‘rtasida o‘zaro aloqa qilishga ehtiyoj kuchaygani sari tarjimachilik faoliyati ham kengayib boraveradi. «Tillardan tillarga tarjima qilish mumkinligini asoslaydigan narsa shuki, jahon хalqlari garchi turli-tuman tillarda so‘zlashsalar ham, ammo ularning taffakur qonunlari bir хildir», deb yozadi tarjimashunos olim G‘.Salomov. Tarjima ko‘p sohali, sertarmoq va murakkab hodisa. Tarjimaning bosh xossasi uni boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat. Ijodiy jarayon so‘z san’ati ekanligi hammaga ayon. Ma’lumki, tarjima bevosita yoki bilvosita amalga oshiriladi. Hozirgi paytgacha qilingan tarjimalar, masalan, rus adabiyoti namoyondalarining asarlari bevosita, ingliz, nemis, fransuz yozuvchilarining asarlari esa bilvosita (vosita til) rus tili orqali tarjima qilindi. Keyingi qator yillarda bevosita chet tillardan qilingan tarjimalar ham paydo bo‘ldi. Hattoki ayrim adiblarimiz asliyatdan tarjima qilish maqsadida chet tillarini o‘rganishga kirishishdi. Tarjima badiiy ijodning eng mashaqqatli sohasi bo‘lib, u kishidan bag‘oyat katta bilim egasi bo‘lishni taqozo etadi. Tarjima teng ma’nolilik (muqobillik) ni taqozo etadi, amalga oshirilgan tarjima asliyatga mazmun jihatdan muvofiq bo‘lishi kerak. Bu hodisa hamisha tarjima nazariyasi va amaliyotining asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelganligi aniq. Tarjimon faoliyatining asosiy mahsuli va sifati ham zotan shunga bog‘liqdir. Tarjima qilinayotgan matn yoki nutqning qandayligidan qat’iy nazar bir tildan boshqa bir tilga tarjima qilish uchun umumiy bo‘lgan ikkita holat mavjud:
1. Dastavval tarjima qilish uchun mo‘ljallangan asarni tushunish, uning janrini aniqlash va tahlil qilish lozim. Bu jarayon ona tilida amalga oshiriladi.
2. Asar o‘girilayotgan tilda muvofiq ifoda vositalarini topish zarur. Bularga badiiy so‘z, so‘z birikmalari, grammatik shakllar kiradi.
Tarjima tushunchasining ma’nosi juda keng. Bir tildan ikkinchi tilga badiiy adabiyot, dramatik va nasriy asarlar, fanning turli-tuman sohalariga doir ilmiy va ilmiy–ommaviy kitoblar, diplomatiya hujjatlari, rasmiy qog‘ozlar, siyosiy arboblarning maqolalari va notiqlarning nutqlari, gazeta materiallari, boshqa-boshqa tillarda so‘zlashuvchi, tarjimonning xizmatiga muxtoj bo‘lgan kishilarning suhbatlari tarjima qilinadi, kinofilmlar o‘giriladi. Asl nusxada ifodalangan fikr bo‘lak tilda ham xuddi asliyatdagiday to‘la, aniq va ta’sirchan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, tarjima o‘sha asar o‘girilgan tilning andozasiga mos, muvofiq bo‘lishi darkor.
Tarjimon asarning ma’no-mazmunini kuchaytirishi, ba’zan susaytirishi mumkin. Tarjimonning interpretatsion pozitsiyasi ikki holatga bog‘liq: tarjimaning tabiatan, tillar orasidagi, adabiyotlar orasidagi farqlar oqibati hamda kitobxon didi, ehtiyojidan kelib chiqadigan zaruriy interpretatsiya; tarjimon maqsadi, qarashlarini ifodalaydigan atayin qilingan interpretatsiya. Tarjima jarayonida ko‘p ma’noli so‘zlar ifoda – obrazlarning bir qirrasini aks ettirish, sinonimlar juftidan foydalanish, ayrim baytlarni qo‘shimchalar bilan izohlashga zarurat bor. Bu zaruriy sharh (interpretatsiya) tarjima ijodi qonuniyatidir. Tarjima san’ati ijodiy jarayon ekan, unda interpretatsiya unsuri bo‘lishi tabiiy.
Tarjimashunos olim G‘aybulla Salomov tarjima jarayoni uch bosqichdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Bular – quyidagilar:
1) Asl nusxani idrok etish;
2) Asl nusxa interpretatsiyasi;
3) Asl nusxani qayta ifodalash.
1. Asl nusxani idrok etishda matn so‘zma-so‘z idrok etiladi. Mazkur bosqichda tarjimon oldida ba’zi bir qiyinchiliklar turadi: Bulardan: matnni noto‘g‘ri o‘zlashtirish, yaqin tillarda soxta ekvivalentlar domiga tushib qolish, matnda ishlatilgan ayrim xos so‘zlarning ma’nosiga tushunmaslik kabilar kiradi.
2. Ikkinchi bosqichda tarjimon muallif tomonidan ishlatilgan uslubiy omillarga e’tibor qilishi nazarda tutiladi.
3. Uchinchi bosqichda tarjimon muallif tomonidan yaratilgan badiiy voqelikni to‘laligicha idrok etishi kerak. Agar tarjimon haqiqiy san’atkor bo‘lsa, asarda ishtirok etuvchilarning o‘ziga xos xarakter xususiyatlarini, tilini, to‘laligicha idrok etib, keng mushohada yuritadi.
4. Tarjimon voqelikni asarda ko‘rsatilgani darajasida bilsagina badiiy, haqqoniy tarjima yarata oladi.
Demak, tarjima hamma vaqt muayyan darajada interpretatsiyadir. Tarjima interpretatsiyasi to‘g‘ri bo‘lishi uchun uning ibtido nuqtasiga asarning bosh xususiyatlarini asos qilib olmoq kerak, uning obyektiv qimmatini saqlash esa tarjimonning maqsadi bo‘lishi lozim 2. Yuqorida aytilgan fikrlarnig isboti sifatida quyidagi misollarga
Tarjima va sharh istilohlari mazmunan o‘zaro yaqin, kelib chiqish jihatidan o‘xshash va vazifadosh so‘zlardir. Arab izohli lug‘atlarida o‘zbek tiliga “tarjimon” shaklida o‘zlashgan so‘zning o‘zagi (تَرْجَمَ – tarjama) bo‘lib, uning bosh ma’nosi – tushuntirmoq, izohlamoq, sharhlamoqdir. Najmiddin Komilovning aytishicha, tarjima – forscha «tarzabon» so‘zidan arabiylashib o‘zgargan. «Tarzabon»-chiroyli so‘zlovchi, notiq, tili burro kishi degan ma’noni anglatadi. «Tarzabon» so‘zi arabcha talaffuzda «tarjumon»na aylanadi. Keyin fleksiya qoidasiga muvofiq bu so‘zdan yangi masdar (o‘zak), fe’l va otlar hosil qilingan. Demak, olimning fikricha, tarjimon – tarzabonning arabcha tarjimasi, tarjima esa undan hosil bo‘lgan yangi istilohdir. Bu so‘zlar bora-bora arabiy shaklida forsigo‘y va turkigo‘y xalqlar tillariga kirib kelgan. Ammo tarzabon arabiylashib, tarjumon bo‘lgandan keyin ham nutqni bir tildan ikkinchi tilga o‘tkazuvchi shaxsni bildirishdan tashqari, o‘tkir tilli, fikrni ravon bayon etuvchi, notiq kishilarga nisbatan ham qo‘llangan. Shu zaylda, tarjima sharh bilan ma’nodoshlikda tushunilib kelingan va ular bir-birining o‘rnida qo‘llanavergan.
Tarjimada bir-biriga zid qonunlar asosan 4 tani tashkil qiladi:
1. Tarjima nazariyasi qanday bo‘lmog‘i kerak. Adabiyotshunoslik asosiga qurilishi kerakmi yoki tilshunoslik zamirida rivojlanishi kerakmi?
2. Tarjimaning хususiyati qanday bo‘lmog‘i lozim: asar hijjalab, so‘zma-so‘z tarjima qilinishi kerakmi yoki erkin ijodiy tarjima bo‘lmog‘i kerakmi?
3. Asl nusxada aks etgan milliy o‘ziga xoslikni qanday berish lozim. Tarjimada uning o‘zga tilga xos milliy xususiyatlarini berish kerakmi yoki uni o‘z milliy andozasiga xos berish kerakmi?
4. Hamma narsani bilib bo‘ladi, hamma narsani tarjima qilish mumkin yoki aksincha, til fikrning qolipi emas, balki dunyoni takrorlanmas bir tarzda o‘ziga xos idrok qilishdan iboratdirki, shuning uchun bir tildan boshqa tilga tarjima qilish mumkin emas.
1970 yilda Leypsigda bo‘lib o‘tgan lingvistik tarjima nazariyasiga bag‘ishlangan simpoziumda tarjima masalalari A.D.Shveytser qo‘ygan tarzda emas, balki boshqacharoq yo‘nalishda muhokama qilindi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Ikki yoki bir nechta tilda lisoniy va uslubiy unsurlarning ekvivalentlik (muqobil) munosabatlarini o‘rganish.
2. Tarjima jarayonining qonuniyatlari tamoyillarini ishlab chiqish.
3. Tarjimalar matnini tahlil qilish sxemalarini (andozalarini) yaratish. Tarjimashunoslik fani umumfilologik aspektda o‘rganiladi. U tilshunoslik, adabiyotshunoslik, stilistika fanlari bilan uzviy bog‘liq. Tarjimashunoslik fani – tarjima qonuniyatlari, tarjima qilish tamoyillarini o‘rganadigan filologik fan hisoblanadi. Tarjima o‘zining estetik mohiyati bilan ijodiy jarayon hisoblanar ekan, uni tushunish uchun adabiyotshunoslik nazariyasiga ehtiyoj sezamiz. Bu adabiyotshunoslik ham tilshunoslik ham bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, biri ikkinchisini to‘ldirib keladi demakdir. Shuning uchun tarjimashunoslik fani adabiyotshunoslik va tilshunoslik fanlari bilan uzviy bog‘liq.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish