Nazorat uchun savollar:
O‘zbek matnshunoslari qo‘llagan tadqiq usullarini sanab bering.
Tekstologik belgilarni aniqlash usuli.
Matnni tiklash (rekonstruksiya) usuli.
Matnni sanalashtirish usuli.
Adabiyotlar:
Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. – T. : Akademnashr, 2015.
Sirojiddinov Sh. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. Toshkent, 2018.
Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. –Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2017. 216 b
Jo‘raboev O. Matnning matnosti sirlari. –Toshkent: Tamaddun, 2017. 199 b
Madraimov A. Temuriylar va boburiylar davri madaniyati, kitobat va rangtasvir san’ati tarixiga chizgilar. –Toshkent, San’at jurnali nashriyoti, 2015. 407-b
Hakimov M. Sharq manbashunosligi lug‘ati. T.: 2013.
Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik.Toshkent, 2000.
Erkinov A. Matnshunoslikka kirish. T. : O‘qituvchi, 1997.
8-mavzu. Matn shakllari va ularni tuzish prinsiplari. Badiiy va ilmiy asarlarning matniy o‘ziga xosliklari
Reja:
Matn tuzishning shakllari.
Ilmiy tanqidiy matn tuzish prinsiplari.
Ilmiy-ommaviy matn
Yig‘ma-qiyosiy matn.
Faksimil nashr
Devon. Devonning manba sifatidagi o‘ziga xosligi va tuzilishi. Kulliyot.
Bayoz. Bayozlarning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati.
Tazkira. Tazkiraning tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari. Tazkiranavislik tarixi. Tarixiy asarlar. Tarixiy asarlarning tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari
Matnshunoslik prinsiplari haqida so‘z ketar ekan, shuni alohida ta’kidlash zarurki, ular haligacha tasniflanmagan. Matnshunoslikning tadqiq usullari va prinsiplari o‘rtasidagi farqlar nazariy jihatdan ko‘rib chiqilmagan. Biz bu holni o‘zbek matnshunoslik ishlarida ham kuzatdik. Masalan, P. Shamsiev prinsip deganda tadqiq usullarini ko‘zda tutadi88, Eshonxo‘jaev esa prinsipga tamoyil sifatida qaraydi89. D. Lixachev matnshunoslikning tadqiq usullari haqida gapirar ekan, ularni “matn tuzishning metodik prinsiplari...” deb ataydi.
O‘zbek matnshunosligi tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zbek matnshunosligining yangi davrida (1920 yillardan keyingi davr nazarda tutilmoqda – mualliflar) yuzaga kelgan ko‘plab nashrlarda matnshunoslikning bir qancha prinsiplari aks etgan. Ular tuzilayotgan matn shakllariga qarab farqlanadilar. Ma’lumki, matnshunoslikda matn tuzishning bir necha shakllari qabul qilingan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1.Ilmiy-tanqidiy matn shakli.
2.Yig‘ma-qiyosiy matn shakli.
3.Ilmiy-ommaviy matn shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |