NAZORAT SAVOLLARI
Nasriy bayonchilik, tabdil haqida ma`lumot bering.
Badiiy asarni nazmdan nasrga o‘tkazish an’anasi tarixi haqida gapiring.
Transliteratsiya va transkripsiya tushunchalari haqida ma`lumot bering.
Adabiyotlar:
Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. – T. : Akademnashr, 2015.
Sirojiddinov Sh. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. Toshkent, 2018.
Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. –Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2017. 216 b
Jo‘raboev O. Matnning matnosti sirlari. –Toshkent: Tamaddun, 2017. 199 b
Madraimov A. Temuriylar va boburiylar davri madaniyati, kitobat va rangtasvir san’ati tarixiga chizgilar. –Toshkent, San’at jurnali nashriyoti, 2015. 407-b
Hakimov M. Sharq manbashunosligi lug‘ati. T.: 2013.
Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik.Toshkent, 2000.
Erkinov A. Matnshunoslikka kirish. T. : O‘qituvchi, 1997.
AMALIY MASHG‘ULOT MAVZULARI:
Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
“Matnshunoslik”ka oid adabiyotlar bilan mustaqil tanishish, ularni matnshunoslik nuqtai nazaridan sinchiklab o‘rganish, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik fani bo‘limlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish; olingan bilimni seminar mashg‘ulotlarida qo‘llash va shu bilan mutaxassislik malakasini hosil qilish.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Matnshunoslik fan sifatida
Yozuv madaniyatining takomili va tarixiy bosqichlari
Arab yozuvi, musulmon kitobatchiligi an’analari, qo‘lyozma matnlar va ularning umumiy belgilari, xat turlari, qog‘oz turlari, yozuv turlari, husnixat, yozuv-bezaklar, sanalashtirish.
Kitob va uning ilk namunalari
Manbalarning janriy o‘ziga xosliklari, gloss, interpolyasiyalar, abjad, ta’rix, muammo.
Litografik manbalar, fihristlar, kotib va noshirlar, yig‘ma-qiyosiy matnlar.
Matn tarixi, tadqiq usullari.
Matn shakllari, prinsiplari
Tabdil qoidalari, transliteratsiya va transkripsiya.
Abjad hisobi.
Hijriy va milodiy yillarni hisoblash.
Ta’rix moddasini hisoblash.
“Muammo”ni yechish.
Janrlar bo‘yicha qo‘lyozma matnlarni farqlash.
Atributsiya jarayoni..
Manba va matnlarni klassifikatsiya qilish
Kon’ektura va matnni tiklash. Asosiy matnni tuzish.
Nashr turlari (ilmiy-tanqidiy matn, yig‘ma-qiyosiy matn, faksimile nashr, ilmiy-ommaviy nashr).
Translitersiya muammolari.
“Xazoyin ul-maoniy”ning qo‘lyozmasi va matniy xususiyatlari
XVI-XIX asr matnshunosligining o‘ziga xos jihatlari
Lug‘atlar va ulardagi asosiy qisqartmalar
Translitiratsiya, tanskripsiya va matn tabdili.
1-amaliy mashg`ulot. Arab yozuvi, musulmon kitobatchiligi an’analari, qo`lyozma matnlar va ularning umumiy belgilari, xat turlari, qog`oz turlari, yozuv turlari, husnixat, yozuv-bezaklar, sanalashtirish.
Xatti ma’qaliy va kufiy xati asosida arab yozuvining san’atkorona yaratilgan olti xil asosiy xat uslubi shakllandi. Ular:
Do'stlaringiz bilan baham: |