Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga ta'sir etuvchi omillar Reja: Kırısh


Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlaridan foydalanishning ahamiyati, ular tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari



Download 84,28 Kb.
bet3/7
Sana19.11.2022
Hajmi84,28 Kb.
#868309
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mahsulot ishlab chiqarish 111111111111111111



Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlaridan foydalanishning ahamiyati, ular tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari

Bozor munosabatlari sharoitida har qanday korxona ishlab chiqarish faoliyatini mo’’tadil yuritishi va uning samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqarish zahiralari bilan etarli darajada ta’minlangan va ulardan samarali foydalangan bo’lishi kerak. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz davom etib turishida ishlab chiqarish zahiralarining o’rni juda kattadir. Ishlab chiqarish zahiralari asosiy vositalardan farq qilib, bir ishlab chiqarish jarayonida o’zining qiymatini to’la ravishda mahsulot tannarxiga o’tkazadi. Shunday ekan aylanma mablag’lar xarakatchanligi bevosita ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishga bog’liq. Aylanma mablag’larning korxona uchun umumiy miqdori yuqori tashkilotlar, ya’ni tegishli vazirlik tomonidan belgilanadi. Materiallarning har bir turi bo’yicha me’yoriy miqdori korxona tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish to’xtovsiz davom etib turishida belgilangan me’yorga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Xo’jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlar ulushini kamaytirib borish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Jumladan, ishlab chiqarish zahiralari tarkibidagi ishlab chiqarish zahiralarini to’g’ri, tejamli sarflash xalq xo’jaligini yanada rivojlantirishda, aholining moddiy farovonligini oshirishda muhim omildir.


Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining oshishi o’z navbatida ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish ko’lamining ham kengayishiga olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish zahiralarini iqtisod qilish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishni soddalashtirish va ularning har biridan samarali foydalanish hamda ular ustidan nazorat o’rnatish bir muncha osonlashishini hisobga oladigan bo’lsak ishlab chiqarish zahiralarini turkumlash maqsadga muvofiqdir.
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Birinchi xil materiallar ishlab chiqarish jarayonida to’liq iste’mol qilinadi, masalan xom-ashyo yoki materiallar, ikkinchi xili o’z shaklini o’zgartiradi, masalan moylash materiallari, bo’yoq, uchinchi xili buyumga hech qanday tashqi o’zgarishlarsiz kiritiladi, masalan ehtiyot qismlar va xokazo.
Xalqaro amaliyotda, ya’ni «Zahiralar» nomli 2-son buxgalteriya hisobining xalqaro standartida inventar va xo’jalik anjomlari, ishlab chiqarish zahiralariga tegishli bo’lgan va sotish uchun mo’ljallanmagan, o’zining tarkibiga zahira qismlari va detallarini olgan hamda korxonaning ishlab chiqarish vositalariga va remontiga xizmat qiladi deb ko’rsatib o’tilgan. Bu standartning maqsadi bunday ishlab chiqarish zahiralarini, ya’ni sotish uchun mo’ljallanmagan, ular qiymati va xizmat muddatidan kelib chiqib yo tovar moddiy-zahiralar tarkibida yo uzoq muddatli aktivlar tarkibida hisobga olishdir. Agar inventar va xo’jalik buyumlari bahosi muhim bo’lmasdan, xizmat muddati bir yildan oshmaydigan bo’lsa bunday buyumlar ishlab chiqarish zahiralaritarkibida hisobga olinadi va ularning qiymati xarajatlarga foydalanishga berilgan paytda hisobdan chiqariladi. Xo’jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida moddiy boyliklardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, xo’jasizlikka qarshi kurashish, mahsulot Ishlab chiqarish zahiralariiga bo’lgan talab mustaqil ravishda korxona tomonidan rejalashtiriladi. O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi Qonunining 22-moddasi birinchi bandida bu xususda shunday deyiladi: “Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o’rganish, narx-navoning o’zgarishi to’g’risidagi axborot asosida o’z ishlab chiqarishining ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o’z ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi”.
Ishlab chiqarish zahiralariidan samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o’rtacha xarajatlari yoki tannarxlari pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydasi ortadi. Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarish zahiralariidan o’rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaring sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko’payadi. Shu nuqtai-nazardan xo’jalikning ishlab chiqarish zahiralari bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish darajasini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish va ularasosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, tannarxning pasayishi, foyda va rentabellikning oshishi, korxonani moddiy resurslar bilan belgilangan assortimenti va sifati bo’yicha ta’minlanishiga bog’liq. Shuning uchun sanoat korxonalari o’z ishlab chiqarishini bir me’yorda samarali rivojlanishini ta’minlash mao’sadida uzoq muddatga mo’ljallangan biznes-rejalariga asoslangan holda ishlab chiqarish zahiralarii bilan ta’minlashga alohida e’tibor beradilar. Chunki hozirgi paytda ishlab chiqarish zahiralariini yo’qligi yoki o’z vaqtida olib kelinmaganligi sababli sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati turib qolmoqda.
Korxonalarning moddiy resurslar bilan o’z vaqtida, zaruriy miqdorlarda, belgilangan sifatda hamda bir maromda ta’minlanishi shu bilan birgalikda ulardan ratsional foydalanish pirovardida uning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har tamonlama ta’sir etadi. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining oshishi o’z navbatida moddiy resurslardan foydalanish ko’lamining ham kengayishiga olib keladi. Shuning uchun moddiy resurslardan tejab tergab foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Mehnat predmetlaridan to’liq va samarali foydalanishni ta’minlash uchun hozirgi davrda zamonaviy yangi texnikalardan to’g’ri foydalanish, shuningdek, samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezkorlik bilan tatbiq etishni taqozo etadi. Chunki, ular yordamida ishlab chiqarish zahiralarii ishlab chiqarishga sarf qilinishi, tejalishi ta’minlanadi. Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarishni turlicha shakllarini, asosiy e’tiborni nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarni barpo etish va rivojlantirishga qaratish maqsadga muvofiqdir. Sababi, ularda mulkka egalik qilish hissiyoti doimo yuqori darajada bo’ladi. Darhaqiqat, nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zahiralarii ularning mulki hisoblanadi. Undan imkoniyat doirasida samarali foydalanishga katta e’tibor beriladi. Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati kattadir. Korxonada ishlab chiqarish zahiralaridan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin. Buning uchun esa, ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish tahlilining o’tkazilish ketma-ketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Demak ishlab chiqarish zahiralarini tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlilining eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • korxonalarning zaruriy moddiy resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash;

  • ishlab chiqarish zahiralarini korxonaga etkazib berish hajmini, kompleksliligini, sifatliligini, sortliligini hamda maromiyligining darajasini belgilash;

  • ishlab chiqarish zahiralarini etkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o’z vaqtida tuzilganligini aniqlash;

  • moddiy-texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga mosligini tekshirish;

  • transport-tayyorlov xarajatlarini hisoblash;

  • ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini aniqlash va ularni mahsulot hajmiga hamda uning tannarxiga ta’sirini miqdor jixatdan hisoblash;

  • muhim samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishini omilli tahlil qilish;

  • ishlab chiqarish zahiralari aylanuvchanligini o’rganish;

  • ishlab chiqarish zahiralariga baho berishda foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar.

Har bir korxona ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish zahiralarini tashkil qiladi va uni rejali ravishda to’ldirib boradi. Sanoatda ishlab chiqarish hajmining o’sib borishi bilan ishlab chiqarish zahiralarining saqlanishini ratsional tashkil etish va ulardan unumli foydalanishni to’la ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Bu vazifalarning hal etilishida har bir xo’jalikda zarur nazorat ishlarini omilkorlik bilan tashkil qilish orqali erishish mumkin.
Tahlil uchun zaruriy ma’lumotlar korxona moddiy texnika ta’minoti rejasi, xom ashyo va materiallar bo’yicha tuzilgan shartnoma hamda moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanishning statistik hisobotidan olinadi. Korxonalarda mehnat predmetlaridan foydalanishni tahlil etishda ularni sarflanishi bo’yicha o’rnatilgan me’yoriy ma’lumotlardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlilining ma’lumot manbalari sifatida dastavval, balansning Materiallarni qanday va qaysi ko’rsatkichlari bilan tahlil qilish eng avvalo tahlilchining oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadi. Agar tahlil materiallar bilan qanday ta’minlanganlik va normativlarga rioya qilinayotganligini tahlili qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, u holda tahlilchi korxonaning materiallar tarkibiy tuzilishi, ularning shakllanish manbalarini va ular bilan korxona qanchalik ta’minlanganligini analiz qiladi. Agar materiallar samaradorligini bilmoqchi bo’lsa, u holda material sig’imi, material qaytimi ko’rsatkichlarini, material qiymatliklarning moliyaviy natijalarga ta’sirini o’rganib chiqish lozim bo’ladi. Materiallar bilan ta’minlanganlik va samaradorlik tahlilini o’tkazish uchun tahlilchi materiallarni moliyaviy hisobot moddalari bilan qanday bog’liqligini bilishi kerak.
“Ishlab chiqarish zahiralariidan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini korxonalardagi materiallar qaytimi hamda material(mahsulot)lar sig’imi isbotlaydi. Materiallar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Materiallar qaytimining iqtisodiy moxiyati bo’lib korxonaning har ming so’mlik asosiy fondlariga to’g’ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, materiallardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini material qaytimi va material sig’imi ko’rsatkichlari ifodalaydi. Material qaytimi ko’rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini material xarajatlar qiymatiga taqsimlanadi. Material sig’imi ko’rsatkichi buning aksi bo’lib material xarajatlar qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo’sak ushbu ko’rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har bir so’miga qancha material xarajatlari sarflanganligini ko’rsatadi”.
Korxonaning ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish holatini tahlil qilish davomida ko’plab manbalardan foydalanishga to’g’ri keladi. Tahlilda qo’llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajratishimiz mumkin bo’ladi:

  1. Reja ma’lumotlari manbalari;

  2. Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalari;

  3. Qo’shimcha ma’lumotlar manbalari.

Reja ma’lumotlari manbalari tarkibiga ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha biznes-reja ko’rsatkichlari, belgilangan limitlar, belgilangan norma va normativlar va shartnoma ko’rsatkichlari kiradi. Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalariga ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari kiradi. Tahlilning asosiy ma’lumotlar manbai bu - buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo’lib, ular korxona xo’jalik faoliyatining barcha jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bunda ishlab chiqarish zahiralari harakati, ularning manbalari va ularning xo’jalik muomalalari aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlilini yanada chuqurroq amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga taaluqli bo’lmagan, ya’ni qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlar tarkibiga bank, moliya, soliq inspektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma, inspektorlar taqdim etgan ma’lumotlar, auditorlik xulosalari, radio va televideniya ma’lumotlari, ommaviy axborot vositalari manbalari, ishchi va xizmatchilar bilan bo’lgan muloqot natijalari kiradi.
Odatda ishlab chiqarish zahiralari tahlili ma’lumotlari va ularni natijalari uni kim va nima maqsadda o’tkazilganligiga qarab turli shaklda umumlashtirilishi mumkin. Korxona va tashkilotlarni xo’jalik faoliyati tahlilining natijalari analitik mavzular yoki xo’jalikning yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko’rinishida ifoda etiladi. Ishlab chiqarish zahiralari hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va me’yoriy-huquqiy asoslari

Ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i va boshqalar) ishlab chiqarish omili sifatida mehnat vositalari va ishchi kuchi bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi. Bozor munosabatlari sharoitda, ya’ni ehtiyojlar cheksizligi va doimo o’sib borishi, hamda iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida korxonalar ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanib, maxsulot ishlab chiqarish xajmining optimal miqdorini topa olishlari kerak. Korxonalar, nafaqat kishilik jamiyatining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishlari kerak, balki ishlab chiqarish zahiralarini tejashlari lozim.


Korxonalarda bozor munosabatlari sharoitida xom-ashyolar, materiallar, yoqilg’ilar va elektr-energiyalar xarajatlari salmog’ini kamaytirishga o’xshagan sifat ko’rsatkichlariga alohida e’tibor berishlari kerak. Bunga esa, ilg’or konstruktsion materiallardan, metall upalari (poroshoklari) va plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o’rniga mahsulot sifatiga u qadar ta’sir ko’rsatmaydigan, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytiradigan o’rinbosar materiallardan foydalanish orqali erishish mumkin bo’ladi. Bunga erishishni osonlashtirish uchun tabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur bo’ladi. Turli xil yo’qotishlar va noratsional sarflarga barham berish kerak. Korxonalar oborotiga ikkilamchi resurslarni, shuningdek yo’l-yo’lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak. Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz davom etib turishida belgilangan normativlarga rioya etish maqsadga muvofiqdir.
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, xarajat normalarini kamaytirish, materiallarin oqilona saqlash va ular butligini ta’minlash yo’li bilan maxsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular ishlab chiqarish zahiralari yoki materiallar deb ataladi.
Bu borada ishlab chiqarish zahiralari hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarish zahiralarini hisob tamoyillariga muvofiq baholanishi va hisobga olinishini tashkil etish;

  • ishlab chiqarish zahiralarini joylarda saqlash va ulardan barcha bosqichlarda foydalanish ustidan nazorat qilish;

  • ishlab chiqarish zahiralari harakati bo’yicha barcha muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida hujjatlashtirish;

  • ishlab chiqarish zahiralarini tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni aniqlash va aks ettirish;

  • saqlash joylari va balans moddalari bo’yicha sarflangan materiallar va ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash;

  • belgilangan zahira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha foydalanilmaydigan ishlab chiqarish zahiralarini aniqlash, ularni sotish;

  • material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish, yo’ldagi va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish.

Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalarini o’z vaqtida bajarish va buning natijasida boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun sharoit yaratish zarur, chunki aynan ishlab chiqarish zahiralari to’g’risidagi aniq ma’lumotlar ularning me’yoriy hajm darajasida ushlab turishga imkon beradi va bu o’z navbatida saqlash xarajatlari, yaroqsizlikdan zararlarni kamaytiradi. O’z navbatida shuni ham aytib o’tishimiz lozimki ishlab chiqarish zahiralari hisobi vazifalarini bajarish uchun ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning asosiy tamoyillarini bilish lozim.
Moddiy ishlab chiqarish zahiralari buxgalteriya hisobiga o’zining haqiqatdagi tannarxi bo’yicha qabul qilinadi. Ishlab chiqarish zahiralarining tannarxi xarid qilish va ularni olib kelish va tegishli holatga keltirish bilan bog’liq transport-tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi. Xarid qilish chog’ida qiymati chet el valyutasida belgilangan materiallarni buxgalteriyaga qabul qilish sanasiga bo’lgan O’z.Res. Markaziy bankining kursi bo’yicha so’mda amalga oshiriladi.
Materiallarni ishlab chiqarishga berishda ularning baholanishi FIFO yoki AVECO usullarining biridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olish schyotlarida ikkita baholashdan eng pasti - haqiqatdagi tannarxi ishlab chiqarish tannarxi yoki bozor bahosi sof sotish qiymati bo’yicha hisobga olinadi.
Yil davomida narxi tushirilgan yoki ma’naviy eskirgan yoki o’zining boshlang’ich sifatini qisman yo’qotgan qimmatliklar balansda hisobot yilining oxirida sotilishi mumkin bo’lgan baho bo’yicha, agar u sotib olishning boshlang’ich qiymatidan past bo’lsa, narxlardagi farqni korxonaning moliyaviy natijalariga kiritish bilan aks ettiriladi. 6
Ishlab chiqarish zahiralarini sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish texnologiyasi muhim ahamiyatga egadir. O’z vaqtida sotib olishning muhimligi shundaki, agar korxonada ishlab chiqarish zahiralari tamom bo’lib qolsa, unda ishlab chiqarishlar ham to’xtab qolishi mumkin. Buning natijasida esa mahsulot ishlab chiqarilmaydi va shartnomalar bajarilmaydi. Oqibatda korxona katta miqdorda moliyaviy zarar ko’rishi mumkin. Aksincha, ishlab chiqarish zahiralarining haddan tashqari ko’p sotib olinishi ularni saqlash bo’yicha katta harajatlarga olib kelishi mumkin. Buning uchun esa korxonada doimiy ishlovchi ombor xo’jaligi faoliyat yuritishi kerak. Ombor xo’jaligida ma’lum guruxga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish zahiralar o’zining guruxiga tegishli ishlab chiqarish zahiralari omborlarida saqlanadi. Ishlab chiqarish zahiralari ombor ichida sektsiyalar bo’yicha, keyin tip, razmerlari bo’yicha taxlanib, tokcha va polkalarda shunday saqlanishi kerakki, ularni qabul qilib olish, jo’natish va tekshirish tez va oson bo’lsin. Shu maqsadda materiallarni saqlash joylariga yorliqlar yopishtirilib qo’yiladi. Bulardan tashqari omborlar to’g’ri torozio’lchovlar va o’lchov idishlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Material qiymatliklarini qabul qilish va jo’natish, bu muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek material qiymatliklarini butligini ta’minlaydigan lavozimli va mas’uliyatli shaxslar (ombor mudiri, omborchi, ekspeditor va boshqalar) ro’yxatini belgilashi kerak. Bu shaxslar bilan moddiy javobgarligi to’g’risida shartnoma tuziladi. Ombordan ishlab chiqarish zahiralarini olish va jo’natish hujjatlariga imzo qo’yadigan, shuningdek ishlab chiqarish zahiralarini korxonadan olib chiqishga ruxsat beradigan lavozimli shaxslar ro’yxatini korxonada barcha bilishi kerak.
Ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun quyidagilarga qat’iy amal qilish talab etiladi:

  • narx-nomenklaturaga ega bo’lish;

  • aniq hujjatlashtirish va hujjat aylanish tizimini belgilab olish;

  • belgilangan tartibda ishlab chiqarish zahiralari qoldiqlarini inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini buxgalteriyada o’z vaqtida aks ettirish;

  • hisobni avtomatlashtirishning hozirgi zamon vositalarini keng qo’llash;

  • ishlab chiqarish zahiralari butligini amaliy nazorat qilishni ta’minlashda korxonada marketing(ta’minot)ni tashkil etish.

Mahsulot ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi oshgan sari materiallarni xalq xo’jaligidagi roli oshib borishiga mos holda, ularni tejab-tergab sarflash ustidan nazorat qilishning ahamiyati ham ortib boradi. Ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va me’yorida amalga oshirish uchun ishlab chiqarish zahiralarining zarur turlari bilan o’z vaqtida kerakli miqdorda ta’minlab turish kerak. Shuning uchun korxona moddiy texnika rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilib borish va xodimlarni moddiy-texnika ta’minotida ro’y berayotgan kamchiliklar to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilib turish materiallar hisobining eng asosiy vazifalardan biridir.
Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati kattadir. Korxonada moddiy resurslardan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin. Buning uchun esa ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish tahlilining o’tkazilish ketma- ketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Biz quyida «Diyor» korxonasining ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish tahlili ketma-ketligi chizmasini taklif sifatida keltirib o’tamiz. Demak quyidagi 4–chizmadan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish zahiralari tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi.



Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish zaxiralari bilan bog’liq bo’lgan omillarni aniqlash
Yakuniy xulosalarga kelib, korxona ishlab chiqarish zaxiralari holati va ulardan samarali foydalanish tahlili bo’yicha takliflar berish



  1. Download 84,28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish