M. A1imardonov Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va soliqlar kafedrasi professori, I f. d B. Hamdamov



Download 5,54 Mb.
bet16/81
Sana04.04.2022
Hajmi5,54 Mb.
#528035
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t (1)

«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun hujjatlariga tegishli o’zgartish va qo'shimcha1ar kiritildi.
O'zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi tarkibiy tuzilishi 6-rasmda ko'rsatilganidek, 2 qism, 9 ta bo’lim, 28 ta bob va 192 ta moddadan iborat.
O'zbekiston Respublikasining Budjet kodeksining umumiy qismi 5 ta bo’lim(I-V bo’limlar), 15 ta bob (1-15 boblar), 82 ta modda (1-82 moddalar)dan iborat bo'lsa, Budjet kodeksining maxsus qismi esa 4 ta bo'lim (IV-IX bo’limlar), 13 bob (16-28 boblar), 110 modda(83-192 moddalar)dan iborat.
O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining ahamiyati va afzalliklari borasida kengroq to’xtaladigan bo'lsak, unda aks etgan quyidagi asosiy yo’nalishlarni alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir:
H O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida budjet tizimini boshqarish asoslarini tartibga solish, uning tushunchalari va tuzilish tamoyillari, budjet tasnifi tuzilmasi, tarkibi va qo'llash tamoyillari belgilangan. Ta'kidlash joizki, ilgari
«Budjet tlZlmi to’g’rlslda»gi Qonunda 22 ta asosiy tushunchaga ta'rif berilgan bo'lsa, kodeksda budjet tizimi bilan bog'liq tushunchalar ro'yxati kengaytirilib, budjet tizimi bilan bog'liq 39 ta tushunchaga ta'rif berilgan.
Shuningdek, kodeksda budjet tizimida qo'llaniladigan ba'zi iqtisodiy atama va tushunchalar bugungi kungacha amalda bo’lgan qonunlar va qonunosti
hujjatlarida ifodalanganidan farqli ravishda, yangi talqinda ta'riflangan va tasnif- langan.
H Budjet Kodeksida «Budjet tlZimi to ’g’risida»gi Qonunda ko'rsatilgan Budjet tizimining 7 ta :
H budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
H budjet tuzilishining O'zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
H turli darajadagi budjetlarning o'zaro bog'liqligi; davlat budjeti ba- lansliligi;
H davlat daromadlarini aniq manbalar bo’yicha va xarajatlarini yo'nalishlari (moddalari) bo'yicha rejalashtirish;
H davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag'lar doirasida va xarajatlar smetalarida ko'rsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;
H barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi) asosiy tamoyillari qatoriga budjet mab1ag'larining manzilli va maqsadli sarflanishi, budjet mablag'lari sarflanishining natijaviyligi va samaradorligi, g'aznaning yagonaligi, javobgarlik, ochiq-oydinlik (oshkoralik) kabi budjet tizimining qo’shimcha tamoyillari kiritilgan.
H Shunisi ahamiyatliki, ilgari «Budjet tizimi to’g’risida»gi Qonunda faqat 3 ta organ - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari berilgan bo'lsa, Kodeksda mazkur organlarning vakolatlarini muvofıqlashtirish bilan birgalikda budjet jarayonida ishtirok etuvchi boshqa sub’ektlar, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi; Qoraqa1pog'iston Respublikasi Jo’qorg'i Kengesi; xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tu- manlar va shaharlar kengashlari; hududiy moliya organlari; budjet mab1ag'larini taqsimlovchilar; budjet tashkilotlari va budjet mablag'lari oluvchilar, hamda davlat
maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlarning vakolatlari ham aniq belgilab qo'yi1gan.
H Yana bir e'tiborli tomoni shundaki, «Bîldjet tlZimi to’g’rlsida»gi Qonunda davlat maqsadli jamg'arma1arining faqat 4 tasi aks ettirilgan bo'lsa, Kodeksda 7 ta davlat maqsadli jamg'armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armalarining maqsad va vazifalari batafsil ko’rsatib o'tilgan.
S Shu o’rinda ta'kidlash joizki, ilgari qonunchilikda jamlanma budjeti deyilganda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining budjetlari tushunilsa, endilikda jamlanma budjet - davlat budjeti, davlat maqsadli jamg'armalarining budjetlari va O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari yig'indisi sifatida talqin qilinmoqda.
H 2014 yilga qadar «Budjet tizimi to’g’risida»gi Qonunda Respublika budjeti daromad va xarajatlari, hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari ko’rsatilgan bo'lsa, budjet kodeksida yuqoridagilar bilan birgalikda tumanlar va shaharlar budjetlarining daromad va xarajatlari ham aks ettirilgan.
Qolaversa, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlarining qo'shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanish taomillari belgilanib, budjet ijrosi qismida davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlarining tasdiqlangan parametrlariga o'zgartirish kiritish tartibi soddalashtirilgan.
H Kodeksda budjet jarayonining barcha bosqichlari ochib berilgan. Jumladan, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlarini tuzish, ko'rib chiqish va qabul qilish tartiblari va muddatlari aniq belgilab berilgan.
H Alohida bobda budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi nazarda tutilgan.
S G'azna ijrosi va davlat xaridlarini amalga oshirish tartiblari ham keng qamrovda belgilangan.
H Kodeksda budjetlararo munosabatlar tizimi takomillashtirilgan, hamda qonuniy mustahkamlangan bo’lib, unda budjetlararo munosabatlarning asoslari, budjetlararo transfertlarning shakllari va ularni o'tkazish, budjet tashkilotlariga budjet ssudalarini ajratish, xo’jalik yurituvchi sub'ektlarga, chet el davlatlariga ajratiladigan kredit liniyalari va kreditlarni bajarish va budjet tizimining turli darajadagi budjetlari o'rtasidagi o’zaro munosabatlar tartiblari ham o'z aksini topgan.
S Kodeksdagi yana bir yangilik, budjet hisobi va hisoboti tamoyillari, budjet hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish uchun dastlabki shartlar, budjet hisoboti shakllari, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’ oluvchilarning moliyaviy hisobotlari, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlari ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuzilmasi, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlarining ijrosi to’g'risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o’tkazish, uni ko'rib chiqish va tasdiqlash muddatlari va tartiblari belgilab berilgan.
S Shu o'rinda ta'kidlab o’tish joizki, kodeksni ishlab chiqishda xalqaro tajribaga tayanilgan bo’lib, yangi norma orqali budjetni uch yillik davrga shakllantirish uchun poydevor qo'yilgan. Ma'1umki, iqtisodiyoti rivojlangan aksariyat mamlakatlarda budjetni shakllantirish va tuzish uch yillik istiqbol uchun amalga oshiriladi.
Mazkur tajribadan kelib chiqqan holda, kodeksda budjetdan mablag’ oluvchilar faoliyati natijalari bilan budjet xarajatlarini rejalashtirishning bog'liqligini ta'minlaydigan o’rta muddatli budjetni rejalashtirish va dasturli budjetlashtirish printsiplarini joriy etish uchun asos yaratilgan. Buning uchun kodeksda bir qator yangi normalar kiritilgan. Ushbu yangiliklar budjet xarajatlarini budjetdan mablag’ oluvchilarning faoliyati natijalari bilan bog'lashni ta'minlaydi. Bu esa, budjetni o'rta muddatga rejalashtirish printsiplarini joriy etish uchun asos yaratib, bir yildan ziyod davrga budjet tuzish imkoniyatini tug'diradi.
H Kodeksning yana bir muhim jihati shundaki, unda favqulodda holat sharoitlarida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Qaroriga ko’ra O'zbekiston
Respublikasining Favqulodda Davlat Budjeti qabul qilinishi, hamda Favqulodda Davlat Budjetining amal qilishi davrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining O'zbekiston Respublikasi Davlat Budjeti to’g’risidagi qarorlarining, shuningdek Qoraqa1pog'iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Qoraqalpog'iston Respublikasining budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xara- jatlari hajmi haqidagi qarorlarining amal qilishi to'xtatib turilishi belgilab qo'yi1gan.
H Kodeks orqali kiritilgan yana bir yangi norma - davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari ijrosi to’g'risidagi ma'lumotlar Oliy Majlis tomonidan qabul qilingandan keyin, hisobot yili uchun davlat budjetining va davlat maqsadli jamg'armalari Bbudjetlarining ijrosi to’g'risidagi axborotni O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish talabidir.
H Kodeksning yana bir muhim ahamiyati unda davlat moliyaviy nazorati masalalari ham alohida tartibga solingan, davlat moliyaviy nazorati asoslari, uslublari va turlari, davlat moliyaviy nazorati organlari, davlat moliyaviy nazorati- ni tashkil qilish tartibi, davriyligi va muddatlari, moliyaviy nazorat ob’ektlarining huquq va majburiyatlari aniq ko’rsatib o'tilgan.
H Kodeksda amaldagi me'yor1arni kengaytirish bilan bir qatorda, budjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlari, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish, budjet ijrosi ustidan nazorat va budjet qonunchiligini buzganlik uchun javob- garlikni aks ettiruvchi yangi moddalar qo’shilgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, O'zbekiston Respublikasi budjet kodeksida turli darajadagi budjetlarning vakolatlari chegaralanib, budjetlararo munosabatlar tizimi takomillashtirilgan.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining “Budjetlararo munosabatlar” nomli 20-bobida budjetlararo munosabatlar tushunchasi, budjetlarning darajalari o’rtasida daromadlar va xarajatlarni o'tkazish, budjetlararo transfertlarning shakllari, subventsiyalar, o'tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiya, budjetlararo o'zaro hisob-kitoblar, budjetlararo transfertlarni o’tkazish
tartibi, budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert, aylanma kassa mablag'1ari, Qoraqa1pog'iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qo'llaniladigan cheklovlarga to'xtalib o'tilgan.

Alohida qayd etish lozimki, respublikamizda Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qo’llaniladigan cheklovlar huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan.


Jumladan, Budjet kodekslnlng 142-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi lozim. Qoraqalpog’lston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahollfy budjetlari taqchilligiga yo’1 qo’yilmaydl.
Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini qabul qilish va ijro etishda:

  • mablag'1ar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno;

  • tasdiqlangan budjetdan ajratilgan mablag'lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirishga;

  • tegishli budjetlar mablag'lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafılliklar berishga;

  • yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yo'l qo'yilmaydi.

Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari, tadbirkorlar va ishbilarmonlarga yaratilayotgan qulaylik va imtiyozlar hamda soliq qonunchiligini takomillashtirish borasidagi islohotlar yangi Soliq kodeksini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi va u 2008-yilning 1-yanvaridan amalga kiritildi.
2007-yilgacha amalda bo’lgan Soliq kodeksi 135 moddadan iborat bo'lib, soliq munosabatlarini tartibga solishda u bilan birga yo'riqnoma, nizom va tartiblar ham qo’llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o'zgartishlar kiritilishi va soliq normalarining boshqa me'yoriy huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi noaniqlik, tushunmovchilik va soliq normalarining har xi1 talqin qilinishiga olib kelib, bu aksariyat hollarda soliq to'lovchilarning haqli e'tirozlariga sabab bo'lardi.
Yangi Soliq kodeksi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O'zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg'armalariga to'lash bilan bog'liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi. Kodeks 64 bob, 392 moddadan iborat bo’lib, u soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me'yor va qoidalarni mujassamlashtirgan va to’g’ridan-to’g'ri amal qiluvchi hujjatga aylandi. Jumladan, yangi kodeksda Prezidentimizning iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan Farmon va qarorlarida bayon etilgan normalar to’liq ifoda topgan.
Yangi Soliq kodeksi haqida gap ketganda, uning tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish va manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyatiga alohida to'xtalish lozim. Ya'ni yangi qonun hujjatiga muvofıq bahsli holatlarda masala soliq to'lovchi foydasiga hal etiladi. Qonun tili bilan aytadigan bo'lsak, yangi Soliq kodeksiga avvalgisida mavjud bo'lmagan soliq to'lovchining haqligi prezumptsiyasi printsipi kiritildi. Unga ko'ra, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo'lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to'lovchi foydasiga talqin etiladi.
Bundan tashqari, Soliq kodeksining soliq ma'murchi1igi masalalariga bag'ishlangan Umumiy qismi avvalgisiga nisbatan tubdan o’zgartirildi va kengaytirildi. Mazkur qismda fuqarolarga sodda va tushunarli bo'1ishi uchun soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tushunchalariga, shuningdek, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor kabi tushunchalarga alohida ta'riflar berildi. Endilikda barcha soliq to'lovchi1ar soliqlarni qaysi maqsadda to'1ayotganliklari to’g’risida to'1iq va kengroq tasavvurga ega bo’ladilar, bu esa, o'z navbatida, soliq madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yana shuni alohida ta'kidlash lozimki, yangi soliqlar va boshqa majburiy to'1ovlar belgilanishini, imtiyozlar to'liq yoki qisman bekor qilinishini, soliq solinadigan baza oshirilishini nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, ular rasmiy ravishda e'lon qilingan paytdan e'tiboran kamida 3 oy o'tgach, amalga kiritilishi qayd etildi.
Ayni chog'da soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning stavkalari o’zgartirilishini ko’zda tutuvchi soliq to’g'risidagi qonun hujjatlari hisobot davri boshlanishidan kamida 1 oy oldin e'lon qilinishi kerakligi va ular rasmiy ravishda e'lon qilingan oydan keyingi hisobot davrining birinchi kunidan e'tiboran amalga kiritilishi belgilab qo'yildi.
Bundan tashqari, Soliq kodeksida soliq nazoratining shakllari ham belgilanib, ularning mazmun-mohiyati alohida moddalarda aniq-ravshan tarzda yoritildi.
Chunonchi, unda soliq tekshiruvlari tushunchasi va ularning shakllari, soliq tekshiruvlarining turlari, ishtirokchilari, tekshiruvni o'tkazish uchun asos, muddatlar, uning davriyligi hamda soliq tekshiruvlarini o’tkazish tartibi to’g'risida tushunchalar ochib berildi.
Soliq nazorati bobida, jumladan, kameral nazorat, xronometraj masalalari yoritilgan. Ularni o’tkazish tartibi, muddatlari, davriyligi hamda ularni o’tkazish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ko'rsatib o’tilgan.
Yuqorida yangi Soliq kodeksi soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me'yor va qoidalarni mujassamlashtirgan, to’g’ridan-to’g'ri amal qiluvchi hujjatga aylandi, deya ta'kid1adik.
Shuning uchun ham uning amalga kiritilishi munosabati bilan o'z ahamiyatini yo’qotgan bir qator qonun hujjatlari butunlay bekor qilindi.
"Muddatida to’lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to'1ovlarni undirib olish to’g’risida"gi, "Davlat boji to’g’risida"gi, "Patta to'1ovi to’g’risida"gi qonunlar shular jumlasidan.
Yangi Soliq kodeksi, uning avvalgisidan farqli jihatlari haqida shu kabi yana ko'plab e'tiroflarni bildirish mumkin. Bir so'z bilan aytganda, qonunchilik taraqqiyoti xalq va jamiyat manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshiriladi. Yangi kodeks ham bu borada ezgu maqsadlar ro'yobiga xizmat qilishiga shubha yo'q.
2012-yil yanvar oyida Kongress Budjet Boshqarmasi o’zining budjet istiqbollarini qayta ko'rib chiqib nashr qildi, bu 2001 yil yanvar oyidan beri moliyaviy ahvol qanchalik yomonlashganini ko’rsatdi. Bu prognozda KBB federal budjetda 2013-2022 moliya yillari davomida $3.1 trillion miqdorida umumiy defıtsit bo’lishi mumkinligini baholadi. Bu baho ostida YaIM foizi sifatidagi xalq qo'lidagi qarzlar aslida 2013 yilda 75% ga, 2022 yilda 62% ga pasaytirilardi. Bu baho etarlicha optimistik edi, chunki KBB budjet prognozlari “joriy qonunni” ko'zda tutishi kerak, va joriy qonun siyosatda yuz berishi ehtimoli bo’lgan: defitsitni yomonlashtiradigan soliq ushlanmalar muddatini cho'zish kabi
o’zgarishlarni o'z ichiga olmaydi. Aslida, KBB prognoziga ko’ra, soliq ushlanmalari muddatini cho'zish va shunga o’xshash boshqa siyosiy o’zgarishlarni o'z ichiga olgan xalqning qarzi 2022 yilgacha YaIMning 100% iga yaqinlashib qolardi.
Nazorat uchun savollar.


  1. Download 5,54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish