381
1-Laboratoriya ish
Tayyor dori vositasining biologik samaradorligini
in vitro usulida aniqlash
Vazifa
1. Sulfadimezin tabletkasining biologik samaradorligini aylanadigan kajava asbobida
aniqlang
2. Olingan natijalarni asosida jadvalni to‗ldiring
3. Sulfadimezin tabletkasi tarkibidan asosiy ta‘sir qiluvchi modda miqdorini erituvchi
muhit tarkibiga erib o‗tish tezligini vaqtga bog‗liqlik grafigini chizing.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
1. Aylanadigan kajava asbobi
2. Sulfadimezin tabletkasi
3. 0,1 mol/l li xlorid kislotasi eritmasi
4. Hajmi 100 ml li kolba
5. Spektrofotometr
6. Tozalangan suv
7. Termometr
8. Paxta va doka
Sulfadimezin tabletkasining tarkibi:
Sulfadimezin – 0,05 g
Kartoshka kraxmali – 0,4945 g
Kalsiy stearat – 0,0055 g
O‗rtacha og‗irligi – 0,55 g
Ishni bajarish tartibi:
Muayyan sharoitda, ma‘lum vaqt ichida qattiq dori turidan ta‘sir qiluvchi moddaning
eritmaga o‗tgan miqdori tabletkaning erishi deyiladi. Tabletkalar erishini aniqlash uchun XI
DF da keltirilgan «Aylanadigan kajava» asbobidan foydalaniladi.
Asbobning asosiy ishchi qismi silindr shaklidagi diametri 0,25 mm li to‗r kajava bo‗lib,
unga tekshiriladigan tabletka solinadi, u xajmi 1 l gacha bo‗lgan suyuqlikda, tezligi xar
daqiqada 50-200 marta aylanadi va 37+1
0
S xarorat ta‘minlab turiladi. Bunda asbobning xech
qaysi qismi tebranmasligi shart. Erituvchi muhit sifatida suv yoki xususiy maqolalarda
ko‗rsatilgan boshqa erituvchilar (xlorid kislota, rn ko‗rsatkichi turlicha bo‗lgan bufer eritmalar
va x.k.) olinishi mumkin.
Tekshiriladigan bir dona tabletka kajavaga solinadi va u suyuqlikka tushiriladi. Bunda
kajava idish tubidan 20+2 mm balandroq bo‗lishi kerak. Idish qopqog‗ini yopib, kajava
xususiy maqolada ko‗rsatilgan tezlikda yoki daqiqasiga 100 marta tezlikda aylantiriladi.
Xususiy maqolada ko‗rsatilgan vaqtdan yoki 45 daqiqadan so‗ng, eritma namunasi olinib, filtr
qog‗ozi orqali suziladi va ko‗rsatilgan usul bilan ta‘sir qiluvchi modda miqdori aniqlaniladi.
Qo‗llaniladigan analitik usul aniq bo‗lishi kerak, lekin dori turidagi ta‘sir qiluvchi
moddaning miqdori aniqlanadigan usuldan boshqacha bo‗lishi mumkin.
Dori turining xar bir seriyasi uchun 5 ta tabletkadan eritmaga o‗tgan modda miqdori
aniqlanadi. Bunda tabletka tarkibidagi modda 100 % deb qabul qilinadi. Agar xususiy
maqolalarda boshqacha talab qilinmagan bo‗lsa, 45 daqiqa davomida, suvda aylanish tezligi
daqiqasiga 100 marta bo‗lganda ta‘sir qiluvchi moddaning erigan miqdori dori turidagiga
nisbatan 75 % dan kam bo‗lmasa seriya qoniqali hisoblanadi.
Sulfadimezin tabletkasining bologik samaradorligi instrumental usul bo‗yicha aniqlash
uchun XI DF ning talabiga binoan ―aylanadigan kajava‖ asbobidan foydalanildi.
Asbobning kajavasiga bitta tabletka tortib solinib, 500 ml xlorid kislotasining 0,1 mol/l
li eritmasi solingan idishga tushirildi.
Kajava 45 daqiqa davomida daqiqasiga 100 marta aylanish tezligi bilan aylantirildi.
Idishdan har 5, 10, 20, 30, 40 va 45 daqiqalar davomida 10 ml dan namuna olindi va filtr
382
qog‗ozi orqali filtrlandi. Filtratning boshlang‗ich 5 ml tashlab yuboriladi. Filtratdan 1 ml olib,
hajmi 50 ml bo‗lgan o‗lchov kolbasiga solinadi va belgisigacha xlorid kislotasining 0,1 mol/l
li eritmasi bilan etkaziladi. Eritmaning optik zichligi spektrofotometrda, qalinligi 10 mm
bo‗lgan kyuvetada, 244 nm to‗lqin uzunligida o‗lchanadi.
Bir vaqtning o‗zida sulfadimezinni standart ishchi eritmasi ham tayyorlanib, uning ham
optik zichligi xuddi shu sharoitda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: