6. Nazorat usullari
Namunalarni olish – GOST 26313 bo‗yicha amalga oshiriladi.
Namunalarni tayyorlash – GOST 26671 bo‗yicha amalga oshiriladi.
Eruvchan qurq moddalarning umumiy ulushini aniqlash GF XI, chiq. 2, s 160 bo‗yicha
amalga oshiriladi.
Organik kislotalarning umumiy ulushini aniqlash (olma kislotasiga hisoblaganda) –
GOST 25555.0 bo‗yicha amalga oshiriladi.
Zichlikni aniqlash GF XI, chiq. 1, s 24 bo‗yicha amalga oshiriladi.
Haqiqiyligi.
Preparatning 0,5 g miqdori 5 sm
3
miqdordagi suvda eritiladi, sig‗imi 100 sm
3
taqsimlovchi voronkaga o‗tkaziladi, 10 sm
3
etilatsetat qo‗shiladi va 2-3 daqiqa davomida
chayqatiladi. Qavatlangandan so‗ng etilatsetatning yuqori qavati bug‗lash idishiga qo‗yiladi
va suv hammomida quruq bo‗lganga qadar bug‗lantiriladi. Qoldig‗ini 2 sm
3
etil spirtida
eritiladi, 1 sm
3
quyuq xlorid kislotasi va 0,5 g magniy qirindisi qo‗shiladi, asta-sekin pushti
rang (flavonoidlar) paydo bo‗ladi.
0,1 g preparat bug‗lash dishiga solinadi, 1 sm
3
suv qo‗shiladi, aralashtiriladi, 1 sm
3
miqdorida quyuq xlorid kislotasida 2% vanilin eritmasi qo‗shiladi. Qizil malinali rang
(katexinlar) paydo bo‗ladi.
Katexinlarning umumiy ulushini aniqlash.
Suyuq na‘matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot)ning 2,5 g miqdori (aniq tortilgan)
sig‗imi 100 ml bo‗lgan o‗lchov kolbasiga solinadi, suv bilan ko‗rsatkichgacha etkaziladi va
aralashtiriladi. Olingan 10 ml suyuqlik sig‗imi 250 ml konussimon klbaga solinadi,
qo‗shimcha 50 ml suv va 5 ml indigosulfokislota eritmasi quyiladi va 0,1 M kaliy
permanganat eritmasi bilan tilla-sariq rangga aylanganiga qadar titrlang.
0,1 M kaliy permanganat eritmasining 1 ml miqdoriga taninga hisoblangan quyuq
oshlovchi moddalar (katexinlar)ning 0,00582 g to‗g‗ri keladi. SHu bilan bir vaqtda 60 ml
suvda indigosulfokislotaning 5 ml miqdori titrlagan holda nazorat tajribasi o‗tkaziladi.
Taninda hisoblangan katexinlarning umumiy ulushi (X), foizlarda, quyidagi formula
orqali hisoblanadi:
Bu erda,
V – sinalayotgan eritmani titrlash uchun ishlatilgan kaliy permanganat 0,1 M
eritmasining hajmi, ml;
302
V
1
– nazorat tajribasini titrlash uchun ishlatilgan kaliy permanganat 0,1 M eritmasining
hajmi, ml;
0,00582 – taninga hisoblaganda koeffitsienti;
m – namunaning vazni, grammda;
taninga hisoblanganda katexinlarning umumiy ulushi 4,3% dan kam bo‗lmasligi lozim.
Izoh. Indigosulfokislota eritmasini tayyorlash.
1 g indigokarmin 25 ml quyultirilgan xlorid kislotada eritiladi, so‗ngra yana 25 ml
quyultirilgan xlorid kislotasi qo‗shiladi, 1 l gacha miqdordagi distillangan suvda
aralashtiriladi (eritma suvga ehtiyotkorlik bilan quyiladi).
Mikrobiologik ko‗rsatkichlarni aniqlash – GOST 26668, GOST 26669, GOST R 50474,
GOST R 50480, GOST 10444.12, GOST 1044.15 bo‗yicha.
Zaharli elementlar, pestitsidlar va radionuklidlarni aniqlash GOST 26927, GOST R
30178, GOST R 51301, GOST 26929, GOST 26933, GOST 26930, GOST 26932, GOST
30349, MUK 2.6.1.717-98 bo‗yicha.
Ko‗rsatkichlarning hattoki bittasi bo‗yicha qoniqarsiz tahlil natijalari olingan taqdirda,
huddi shu partiyadan olingan ikki baravar namunaning takroriy tahlili o‗tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |