hududidan chetda yuz bergan bo'lishidan qat'i nazar tekshirilishi lozim.
O'tkir zaharlanish, issiq urishi va tananing ba'zi qismlarining muzlashi
161
aktda ko'rsatilgan mehnatni muhofaza qilish masalalarini amalga oshirishi
kerak, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qo'mitasiga, uchinchisi tegishli
kasaba uyushmasining texnik nazoratchisiga va to'rtinchisi mehnatni
muhofaza qilish bo'limiga nazorat o'rnatish uchun yuboriladi. Ma'muriyat
baxtsiz hodisaga uchragan kishiga aktning tasdiqlangan nusxasini berishi
shart. Baxtsiz hodisaning asoratlari keyinchalik ham kelib chiqishini hi-
sobga olib, aktlar 45 yilgacha saqlanishi kerak.
Baxtsiz hodisa tekshirilgandan keyin sanoat korxonasi ma'muriyati
yo'l qo'yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta'minlashga qaratilgan buyruq
e'lon qiladi. Bu buyraqda korxonada yuz bergan baxtsiz hodisaning kelib
chiqishiga aybdor bo'lgan kishilarning javobgarligi aniqdanib, ta'kidlanadi.
Baxtsiz hodisa o'lim bilan tugasa, gruppa bilan baxtsiz hodisaga
uchrasa va og'ir jarohatlangan hollarda, tekshirish maxsus belgilangan
tartib bilan o'tkaziladi. Bunday baxtsiz hodisalarni maxsus komissiyalar
tomonidan tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik
nazoratchisi, yuqori xo'jalik tashkilotining xodimi, davlat nazorat organlari
xodimlari va umumiy baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etadigan
xodimlar qatnashadi.
Bunday holatlarda tekshirish tezda o'tkazilishi kerak, ya'ni tekshirish
materiallari 7 kun ichida tayyor bo'lishi shart. Aktga baxtsiz hodisani
ko'rgan guvohlarning ko'rsatmalari, tibbiy ekspert xu-losasi, baxtsiz hodisa
yuz bergan joyning hamda agar baxtsiz hodisa vaqtida biron bir obyekt
zararlangan bo'lsa, ularning fotosurat va komissiya chiqargan xulosalarni
tasdiqlaydigan boshqa materiallar qo'shib yuboriladi. Aktga, shuningdek,
baxtsiz hodisaga javobgar bo'lgan shaxsning familiyasi va lavozimi yozib
qo'yiladi.
Og'ir, gruppa bilan jarohatlanganlar va o'lim bilan tugagan baxtsiz
hodisalar albatta fabrika, zavod kasaba uyushmasi qo'mitasida va yuqori
xo'jalik tashkilotlari kasaba uyushmalari qo'mitalarida tahlil qilish va
ko'rib chiqilishi kerak. So'ngra bildirilgan fikr-mulohazalar asosida keyin
ham shunday baxtsiz hodisa ro'y bermasligi uchun umumiy chora-tadbirlar
mundarijasi ishlab chiqilishi va qaror bilan tasdiqlanishi zarur.
O'zbekiston Respublikasida kasbiy zaharlanish va kasb kasalliklari
oldini olish uchun kerakli qonun va tavsiyanomalarni ishlab chiqish va
tasdiqdash, shuningdek, kasb kasalliklari vujudga kel-ganda ularni hisobga
olish va tekshirish ishlari O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
vazirligi tashkilotlariga topshirilgan. Kasbiy zaharlanish va kasb kasalligi
haqidagi akt korxona rahbariga yuboriladi. Aktda bunday kasalliklarning
qaytarilmasligini ta'minlovchi chora-tadbirlar majmuasi tavsiya etiladi va
162
uning bitta nusxasi Respublika Sog'liqni saqlash vazirligining yuqori
tashkilotlariga yuboriladi.
Baxtsiz hodisaga uchragan kishi hisobga olinib, unga ma'lum
davolanish kursi belgilanadi. Agar zarur bo'lsa, kasb kasalligiga uchragan
kishini mehnat ekspert tibbiyot xodimlari komissiyasi (VTEK) ga
yuboriladi va unda uning kasb kasalligining oqibati natijasida nogironlik
guruhi aniqlanadi va shunga yarasha ma'lum moddiy ta'minlanish miqdori
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: