Zarar keltiruvchi omil
— zararlovchi omilning namoyon
bo’lishi.
Shunday qilib, «Xavf tushunchasi xavfli holat manbayi mayjud
bo'lganda muhofaza vositalari bo'lmagan holatni ham o'z ichiga oladi.
Muhofaza vositalari va oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilganda
xavf manbayidagi xavflilik darajasini birmuncha oshirish yo'li bilan
bo'lishi mumkin bo'igan xavfning kamayishiga erishilgan bo'lar edi.
Masalan, elektr tokini o'tkazuvchi elektr simlarini izolatsiya Jqilish yoki
mashina-mexanizmlar aylanuvchi qismlarini qopqoqlar bilan ta'minlash
xavfli holat saqlangani bilan umumiy holatni kamaytirish imkoniyatini
yaratadi. Xavf bo'lmagan sanoat korxonasi bo'lmaganidek, xavf
bo'lmagan mashina- mexanizmi ham topib bo'Imaydi. Shuning uchun
xavfni xavfsizlikka qarama-qarshi qo'yish yo'li bilan uni kamaytirish
imkoniyatlari qidiriladi. Shuning uchun ham xavf manbai ma'lum
tavakkallik yo'li bilan xavfsizligi ta'minlangan bo'lsa, uni xavfsiz deb
hisoblash mumkin, Bunda tavakkallik ma'lum quvushqon ichida bo'lishi
talab qilinadi. Tavakkallik baxtsiz hodisaga olib keliahi mumkin bo'igan
holatlar xavfli zona deb yuritiladi.
Hozirgacha biz xavf haqida uni kelib hiqishigacha bo'igan holatlar
haqida so'z yuritdik. Xavf sodir etilgandan keyin xavfsizlik haqida
gapirish noo'rin, endi so'z baxtsiz hodisa sabablari va uning yetkazgan
zarari, shuningdek, xavf manbayi haqida borishi mumkin. Bundan kelib
chiqadiki, xavfli vaziyatni tahlil qilish birinchi navbatda potensial zarar
156
keltiruvchi faktor va potensial favqulodda holat manbayi sifatida qaralishi
kerak. Potensial zararli omil ma'lum bir muddatgacha qorong'i va mavhum
holatda bo'lib lqolishi mumkin. Uni idrok etish va aniqiash oson emas.
Potensial zararli omil ba'zi bir muddatgacha noaniq, nazarimizdan chetda
bo'lishi mumkin. Uni idrok etish yoki aniqiash oson emas. Ammo bir
qancha potensial holatlar orasidan, bular bir-biri bilan bog'langan zanjir
hosil qilgan bo'lishidan qat'i nazar, eng ko'p zarar yetkazishi mumkin
bo'igan potensial xavfli holatni aniqiash va idrok etish mumkin yoki
shunga yaqin keladigans holatni xavfli holatga –yaqinlashtirish
imkoniyatlari bo'ladi. Bunda bu holat hamma xavfli omillar ildizini tashkil
qilisliini va favqulodda hodisaning asosi bo'lishini asoslash mumkin.
Quyidagi jadvalda bunga misol keltirilgan:
17 jadval
Xavfli
omil
manbayi
Xavf (potensial
favqulodda
hodisa)
Zararlovchi
omillar
Bosim ostida
gaz
saqlanuvchi
idish
Elektr
qurilmasi
Yuk ko’tarish
krani
Yadro
qurilmasi
Portlovchi
aralashma
Mexanik portlash
Idishdan gaz
chiqib ketishi
Korpusga tok
o’tib ketishi
Tros uzilishi
Zonasiga tushib
qolish
Kimyoviy
portlash
Idish
parchalari
otilib ketishi
Zaharli gaz
Elektr toki
ta’siriga
Tushib
qolish
Yuk ta’siriga
tushish
Radiatsiya
Portlash
zarbasi
Bu jadvaldan uch turkumga bo'lish albatta shartli bo'lib, bundan
qaysi maqsadda shart qo'yilganiga qarab ajratish mumkin. Masalan, otilib
ketayotgan idish parchalarini xavf manbayiga ham potensial favqulodda
hodisaga ham kiritish mumkin. Bunda bu uchayotgan parcha odamga
tegsa, potensial favqulodda hodisa bo'ladi, aslida esa odamni zararlovchi
omil bu uchuyotgan parcha hosil qilgan kinetik energiyasi hisobiga
bo'layapti.
Favqulodda baxtsiz hodisa shunday holatlar yaratishi mumkinki, uni
157
son ko'rsatkichini aniqlash mushkul. Chunonchi o'lim bilan tugagan,
umrni qisqarishga olib kelish, sog'liqqa zarar yetishi, tashqi muhitga zarar
yetishi, ishlab chiqarishda tartibsizliklar paydo bo'lishi va boshqalar.
Bundan tashqari yetkazilgan zarar miqdorini ham bir xil o'lchash
imkoniyati yo’q. Ya'ni qancha odam jarohatlangan, zararlangan moddiy
boyliklarning ko'p-kamligi va qiymatini ham aniqlash qiyinchilik
tug'diradigan omillar hisoblanadi. Shuning uchun bunday omillar
yetkazilgan zarar tushunchasi bilan almashtiriladi. Shuni ham aytib o'tish
joizki, baxtsiz hodisalarni son va sifat ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Odam hayotini pul bilan o'lchash albatta qabohat hisoblansa ham «Hayot
faoliyati xavfsizligi» nuqtayi nazaridan buni bajarishga to'g'ri keladi,
bunda uni qiymatini asoslovchi ekvivalentlarni topish muhim vazifa
sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |