149
Hamma vaqt qo'llaniladigan shaxsiy muhofaza aslahalariga xalatlar,
kombinezonlar, kostyumlar, maxsus oyoq kiyimlari va ba'zi bir changga
qarshi ishlatiladigan respiratorlar kiradi. Qisqa muddatli shaxsiy muhofaza
aslahalariga izolatsiya qilingan kostyumlar kiradi. Bu kostyumlarning
shlang bilan havo beriladigan qilib ishlanadigan yoki avtonom ravishda
ishlatiladigan turlari bo'ladi.
Shaxsiy
muhofaza
aslahalarining
tuzilishi
va
ishlatish
xususiyatlarini hisobga olib quyidagilaiga izolatsiyalovchi kostyumlar,
nafas olish organlarini muhofazalash vositasi, maxsus kiyimlar, maxsus
oyoq kiyimlari, qo'shimcha muhofaza vositalariga bo'lish mumkin.
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, muhofazalovchi kostyumlar
ishchini radioaktiv nurlanishlardan ishonchli himoya qilishi kerak. Bunday
kostyumlar
avariya
holatlarida
va
remont
ishlarini
bajarishda
foydalaniladi. Ularga qo'yiladigan asosiy talab ishlash davrida ishchiga
qo'shimcha og'irlik tushmasligini ta'minlashdir.
Uning tuzilishi tashqi muhit bilan izolatsiya qilingan holda, kostyum
ichida ish sharoitini yaxshilovchi mikroiqlim ta'minlanishi kerak. Mavjud
zamonaviy izolatsiya kostyumlari ishchilarni yaxshi muhofaza qiladi.
Nafas olish organlarini muhofaza qilishda respiratorlardan va
shlangali protivogazlardan foydalaniladi.
Maxsus kiyim-bosh va maxsus oyoq kiyimi. Radioaktiv moddalar
bilan
ishlayotgan
ishchilar
xalatlardan,
qalpoqlardan,
rezina
qo'lqoplardan, aktivligi 10 m dan ortiq bo'lgan ba'zi bir izotoplar bilan
ishlaganda - kombinizonlar, maxsus ichki kiyimlar, xlorvinil fartuklari va
yenglari, plyonka xalatlar, botinkalardan foydalaniladilar.
Binolarni tozalayotgan ishchilarga qo'shimcha rezina qo'lqoplar,
fartuklar, yenglar, kalishlar va rezina etiklar beriladi.
Qo'shimcha muhofaza vositalari. Qo'lni muhofaza qilish uchun
neyron lentasidan tayyorlangan va oson dezaktivatsiya qilinadigan uzun
(600 mm) va qisqa (290 mm) qo'lqoplar beriladi. Matodan va charmdan
tayyorlangan qo'lqoplardan foydalaniladi, chunki ular suyuqliklarni
shimishi va chang yutishi mumkin. Katta tig'izlikka ega bo'lgan
nurlanishlarda qorg'oshinlashtirilgan rezinadan qilingan va egiluvchan
yenglarga ega bo'lgan qo'lqoplardan foydalaniladi.
Ko'zni va nurlaridan saqlash uchun oddiy shisha ko’zoynaklar
kifoya qiladi. Ba'zi bir kuchliroq — nurlariga qarshi silikat va pleksiglaz
ishlatiladi.
Nurlariga qarshi ko'zoynaklarda qo'rg'oshinli oyna yoki volfram
fosfati qo'shilgah oyna qo’yiladi.
150
Agar havo muhitida radioaktiv changlar mavjud bo'lsa, unda
ko'zoynaklar rezina maskalar bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
va
nurlari bilan ishlayotganlar yuz va ko'zlarini organik shishadan yasalgan
shit bilan berkitishlari kerak.
IX bob
Do'stlaringiz bilan baham: