trubkali monitor o’rnida suyuq kristall displeylar ishlatish hisoblanadi.
tozalikka katta talablar qo’yiladigan honalarda ishlatish qulaydir, chunkn
484
suyuq kristall monitorlari o’z funktsional parametrlari bilan elektron-nurli
trubkali monitorlardan qolishmaydilar (ekran diagonali - 21 dyuym,
ko’rish burchagi gorizontal bo’yicha - 140 °g vertikal bo’yicha - 110 °g
yo’l qo’yilgan qobiliyati 1280x1024 gacha. Ranglar soni 18,7
milliongachadir). Lekin bunday modellar xozircha oddiy monitorlardan 10
barobar qimmat turadi, shuning uchun ular eng avvalo yuqori talabli
soxalarda: aeronavtikada tibbiy tizimlarda, moliyada ishlatiladi.
Bundan tashqari suyuq kristall monitorli kompyuterlardan ishlash
uchun moslashmagan sharoitda, yo’lda, konferentsiyalarda, yig’ilishlarda
mutaxassislar, jurnalistlar, biznesmenlar foydalanishadi.
Ko’tarib yuradigan kompyuterda ishlash vaqtinchalik bo’lganligi
sababli, EMM professional ta`siri xaqida juda xam xaqli bo’lmasada,
suyuq kristall monitorlarni elektr manbai qurilmasi bilan birga test
qilinganda, past xamda 50 Gs sanoat chastotalarda MPR II me`yoridan
10%, TCO 95 dan esa ikki barobar ortiqligi qayd qilingan. Bu
chastotalarda magnit maydoni kantserogen ko’rsatkichlari bilan eng zararli
hisoblanadi, buning ustiga Notebook ish paytida foydalanuvchining
tizzasida, ta`sir qiluvchi organlariga juda yaqin masofada bo’ladi. Shuning
uchun ish jarayonida elektr manbai qurilmasi foydalanuvchidan 1m
masofada bo’lishi ma`quldir, foydalanuvchi uchun esa albatta akkumlyator
ishlatish eng xavfsiz hisoblanadi. Bundan tanshari ko’pgina
foydalanishdagi Notebook turdagi kompyuterlar tajriba markazlarida
tekshirilganida, ko’rish parametrlari talablariga javob bermasligi
aniqlandi. Xususan, eski modeldagi Notebook displeylarining ko’rish
burchagi gorizontal yo’nalishda xam, vertikal yo’nalishda xam kichik
bo’lganligi sababli, ishlash paytida noqulayliklar yuzaga keladi.
Ko’pincha ish jarayonida ekrandagi shakllar qoniqarli sifatga ega xolatni
topishga ko’p vaqt sarflanadi. Buning ustiga ekrandagi shaklning sifati
yorug’lik manbaining quvvatiga va qanday joylashganiga juda xam
bog’liqdir. Notebook bilan ishlaganda ko’rish toliqishini pasaytirish yoki
yo’qotish maxalliy yoki umumiy yorug’lik manbaini, ish materiallarini,
ekrandagi shaklni aks etish tartibini to’g’ri tanlash bilan erishish mumkin.
Notebook kompyuterlarining suyuq kristall ekranini tanlaganda yorug’lik
turi muxim ahamiyatga egadir, ya`ni lyuminestsent yoritilganlikda passiv
ekranlar maqsadga muvofiq bo’lsa, nakal lampalardan foydalanilganda
aktiv matritsali ekranlar ishlatilgani ma`qul.
Do'stlaringiz bilan baham: