markali filtrlari bo’lib, ular yaxshi optik xossalarga (shaklni kontrastligini
482
Bundan tashqari, polyarlashgan filtrlarning qoplamalari poliefir qatronidan
tayyorlangan bo’lib, ular yetarli darajada pishiq va chidamli emasligi
tufayli ularni fizik eskirishiga va buzulishiga olib keladi.
Shisha filtrlar (Defender, Megastar, Sepoms kabi osiyo davlatlari
maxsulotlari) EMMdan muhofazalar funktsiyalariga ega emasdirlar.
Ekranlashtirish sifatini yaxshilash maqsadida shisha material ustidan
yushqa metall plyonka yuritiladi. Bunday filtrni yerga ulaganda tuliq;
elektrostatik ekranlashtirish, xususan yuqori chastota diapazonlarda
elektromagnit nurlanish keskin darajada pasayishi ta`minlanadi. Bundan
tashqari, metall plyonkali shisha filtrlar yumshoq rentgen nurlanishini
o’tkazmaydi, spektrning ultrabinafsha va infraqizil chegaralaridagi
nurlanishni aytarli darajada pasaytiradi. Filtrlarning sifati qoplamaning
qanday materialdan tayyorlanganligiga, uni qanday texnologiyada, necha
qavat qoplanganligiga qarab, turli ishlab chiqaruvchi firmalarning
filtrlarini xarakteristikalarida o’z aksini topadi.
Keng tarqalgan muhofaza filtrlar guruxiga to’rsimon filtrlar kiradi,
ular ko’pincha mis sim asosli xira rangli qoplamada tayyorlanadi. Bu
filtrlarning samarasi to’rning chastotasiga bog’liqdir. Juda xam zich
tayyorlangan tur, EMM muhofazani yaxshilasada, shaklni aniqligi va
kontrastligi pasayib, ko’rish xususiyatini yomonlashtiradi shuning uchun,
yorug’lik oqimini kamayishini o’rnini qoplash uchun, displeyning shakl
yorug’ligini oshirishga to’g’ri keladi, bu esa elektron-nurli trubkani ish
muddatini qisqaripshga olib keladi. Deyarli barcha modellari muar
effektini, ya`ni shaklni ekran bo’ylab go’yoki suzib yurishini, yuzaga
keltiradi. EMM ta`siridan va qulay optik xarakteristikalarni birgalikda
muhofazalashning eng optimali aralash turli filtrlar hisoblanadi. Ular
shishaning metallarning og’ir atomlari bilan legirovka qilingan maxsus
sortidan tayyorlangan bo’ladi. Murakkab ko’pqavat tarkibli bu filtrlar
monitorning deyarli barcha zararli ta`sirlaridan ximoya qiladi va Total
Shield ("To’la ximoya") sinfiga kiradi. Ular eng past aks etish
koeffitsientiga (1%dan kam) xarakterlanadi, shuning uchun deyarli
yaltillashlar bo’lmaydi, tasvirning kontrastligi 1.5-2 marta ortadi
elektrostatik (99,5 %) va elektromagnit (95-99 %) maydonlarning eng
yuqori ekranlashtirish koeffitsientlariga ega bo’ladi, shu jumladan, past
chastota maydonida ( 1000 Gs gacha), xamda ultrabinafsha (98-99 %) va
yumsho!q rentgen nurlanishini (95 %) samarali yutadi. Xususan,
avstriyalik Ergostar firmasining yuqori effektli filtrlari ikki taraflama aks
beruvchi yemirilishga qarshi doplamali to’rt davat kristalli shishadan
tayyorlangan. Ular monitor ekranining tarqaluvchan aks etishini,
483
yaltillashini, lipillashini qaytaradi, 99 %gacha monitor nurlanishini yutadi.
Shu bilan birga quyidagi filtrlar xam ishlatiladi: Polaroid CD -
Workstation (AQSH), Xenjum (Italiya), Unus (Tayvan) va boshqalar.
Lekin ularning narxlari juda baland bo’lganligi sababli kam foydalaniladi.
Ko’pgina Total Shield sinfiga mansub filtrlarni solishtirish shuni
ko’rsatadiki, ularning xammasi statik maydonning xam nurlanishidan
ishonchli himoya bo’lib, katta darajadagi shaffoflikka ega bo’lganlarini
(yorug’likni va nurlanish intensivligini oshirmaslik uchun ) va yaltillashni
maksimal yo’qotadiganini tanlash kerak.
Ekranda induktsiya qilingan axborotni "begona ko’zlardan
berkitishga" mo’ljallangan yangi modeldagi muhofaza filtrlar qiziqish
uyg’otmoqda. Amerikaning ZM firmasining kichik korhonasi
hisoblanmish angliyalik ZM UKPIc firmasi axborotni faqatgina agar ekran
qarshisida o’tirgan tazdiringizdagina o’qish imkoniyatiga ega muhofaza
filtr modellarni ishlab chiqdi. Bu filtrlar - PF 50 turdagisi (massasi 450 g)
kichik qo’l kompyuterlari uchun, va PF 450 turdagisi stolga qo’yiladigan
uchundir. Ular 99 % gacha monitor nurlanishini yutishga qodir bo’lib,
yaltillashni kamaytirishi mumkin.
Aloxida changlatirilgan Ergostar TOP Secret maxsus modeli
monitor ekranidagi axbortni faqat operator ko’ra oladigan qiladi. Bunday
filtrlar odatda banklarning operatsion tizimlarida, turli muassasalarning sir
tutuvchi bo’linmalarida va boshqa shunga ‘xshash strukturalarida
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: