480
bu yerda ω - burchak chastota, ω= 2π
f
,
f
- aylanma chastota, Gs;
μ - ekran materialining magnit singdiruvchanligi, Gn/m; u-
ekran materialining elektr singdiruvchanligi, Sm/m.
Yuqori chastotali EMM ichkariga singdiruvchanligi juda kichik,
misol uchun misda u millimetrning o’ndan birini tashkil etadi. Bu formula
yaxlit ekran uchun xaadoniydir. Lekin yaxlit ekrandan foydalanilganda
EMM kamayishi bilan, yorug’lik oqimini yo’li to’sib qo’yiladi. Shuning
uchun monitor ekranidan nurlanish darajasini pasaytirish maqsadida
to’rsimon ekranlardan foydalaniladi, ular yaxlit ekrandan farqli o’laroq,
yomon ekranlashtiruvchi xossaga ega bo’lib, oqim zichligi quvvatini 20-
30 dB (100-1000 marta) kamayishiga olib keladi. Zamonaviy monitorlarda
shunday ekranlashtiruvchi filtrlar kompyuterning konstuktsion elementi
sifatida foydalaniladi.
Xar qanday sharoitda ish joyida monitor sifatidan qat`iy nazar,
maydon insensivligi minimal bo’lgan masofada joylashtirilishi kerak.
Buning uchun ekranni cho’zilgan qo’lchalik masofada, ya`ni 70-80 sm da
joylashtirish kifoya. Bu shu bilan tushuntiriladiki, foydalanuvchi EMM
manbai bo’lmish kompyuterning yaqin zonasida, yoki
R≤λ/2π
ifoda bilan
aniqanadigan induktsiya zonasida joylashgan, bu yerda K - manbadan
bo’lgan masofa, λ- to’lqin uzunligi, bu zonada maydonning magnit tashkil
etuvchisi manbadan bo’lgan masofaning kvadratiga teskari proportsional
ravishda (
H= R
2
), kamayib boradi, (elektr tashkil etuvchisi esa yanada
tezroq kamayadi, ya`ni manbadan bo’lgan masofaning kubiga teskari
proportsional ravishda
E=R
3
) .
Elektr maydon kuchlanganligini va magnit induksiyani 1995 va
undan keyingi yillardagi ekrandan 50 sm. masofadagi o’lchamlari odatda
me`yordadir, yon va orqa yuzalardagi magnit maydon intensivligi
ko’pincha yo’l qo’yilgan qiymatlardan 5-2000 Gs chastota diapazonlarida
ortib ketadi. Bu maydon manbai bo’lib kompyuterning orqa yoki yon
tomoniga joylashgan yuqori voltli chiziqli transformator hisoblanadi,
korpus devorlari (eng yangi modifikatsiyada ko’zda tutilgan bo’lishi
mumkin) nurlanishni ekranlashtirmaydi. Shuning uchun bir necha
kompyuter joylashgan honada bir kompyuter videomonitorining orqa
yuzasi bilan ikkinchinig ekrani orasidagi masofa 2 m dan kam bo’lmasligi
kerak, yon yuzalari orasidagi masofa esa -1.2 m dan kam bo’lishi kerak
emas. Bunday masofa kompyuterlarning bir-biriga ta`sirini xam cheklaydi.
Xavfsizlik nuqtai-nazaridan, kompyuterlarni hona perimetrida bir-birini
orqasidan emas, devor bo’ylab joylashtirish tavsiya etiladi.