XVII.7. Sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda yong'inga
qarshi kurash tadbirlari
Agar
sanoat
korxonalarini
loyihalash
va
qurishda,
unda
bajariladigan ishlarning mohiyatidan kelib chiqadigan talablardan, unga
texnik mustahkamlik, sanitariya-gigienia va iqtisodiy talablardan tashqari,
unga yong'in xavfi va yong'inga qarshi tura olish talablari ham qo'yiladi.
KMK 2.01.02-92 ga asosan hamma qurilish konstruksiyalari yonishi
bo'yicha uch gruppaga bo'linadi.
Yonmaydigan konstruksiyalar—bularga katta harorat ta'sirida yoki
alanga ta'sirida yonib, kulga yoki ko'mirga aylanmaydigan qurilish
konstruksiyalari kiradi (masalan, metall konstruksiyalar va mineral
materiallar).
Qiyin yonadigan konstruksiyalar—bunga katta harorat yoki ku-chli
alanga doimiy ta'sir etganda tutab yonadigan, alanga ta'siri yo'qolishi bilan
uchadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (o'tga qarshi vositalar bilan
ishlov berilgan yog'och konstalksiyalar va sanoat chiqindilardan
tayyorlangan—yarim
organik
va
yarim
mineral
mod-dalardan
tayyorlangan konstruksiyalar).
Yonadigan konstruksiyalar—bularga alanga yoki katta harorat
yondiruvchi vosita bo'lib, keyin alanga olib ketilgandan keyin ham
yonishda davom etadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (yog'och
materiallar, qurilishda ishlatiladigan turli-tuman plastmassa materi-allari).
Bino
qurilishida
ishlatiladigan
qurilish
konstruksiyalarining
yong'inga chidamliligini yoki yonishi ularning qanday materialdan
tayyorlanganligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Ammo ba'zi bir
hollardan konstruksiyalarning o'tga chidamligiga uning tarkibiga kiradigan
materiallarning o'tga chidamligiga nisbatan ko'proq bo'lishi mumkin
(Masalan, issiq saqlovchi izolatsiya vositalarini metall tunuka bilan
qoplab, uning o'tga chidamligini oshirish mumkin).
Yong'in sharoitida qurilish konstmksiyalariga katta harorat ta'siridan
tashqari boshqa kuchlar ham ta'sir ko'rsatadi. Masalan, konstruksiyaning
o'z og'irligi, u ko'tarib turgan umumiy og'irlikdan tashqari yana
qo'shimcha statik va dinamik kuchlar ta'sir ko'rsatishi mumkin, bu
sochilayotgan suvning, yig'ilayotgan va bosim tushayot-gan bino
qismlarining og'irligi va hokazo. Shuning uchun ham bun-day kuchlar
ta'sirida konstruksiyalar egilishi, bukilishi va mustah-kamligini yo'qotib,
ko'tarish qobiliyatiga putur etishi mumkin.
Bundan tashqari yong'in vaqtida qurilish konstruksiyalari xavfli
353
darajadagi katta haroratda qizishi, erib yoki kuyib ketishi, shuningdek,
yoriqlar hosil bo'lishi mumkin, bu yoriqlar orqali yong'inning qo'shni
xonalarga tarqalish xavfi kuchayib ketadi. Shuning uchun ham sanoat
konstruksiyalarining ma'lum muddat o'tgach chidash berish holatlari
belgilanadi va bu ishlatish imkoniyati sifatida o'tga chidamlilik deb
yuritiladi.
Material va konstruksiyalarning o'tga chidamliligi o'tga chidamlilik
chegarasi bilan belgilanadi. O'tga chidamlilik chegarasi asosan tajriba yo'li
bilan aniqlanadi. Tajriba usulini qo'llanganda asosan maxsus stendlardan
foydalaniladi. Sinalayotgan konstruksiya sinash qurilmasiga o'rnatilib uni
ma'lum vaqtgacha, yong'in vaqtida hosil bo'lishi mumkin bo'lgan
haroratda qizdiriladi. Qizdirish davomida qurilish konstruksiyasida ba'zi
bir o'zgarishlar ro'y berishi mumkin:
1) konstruksiyada yoriq va teshiklar hosil bo'lishi mumkin. Bu
teshik va yoriqlar orqali yong'in mahsulotlari muhofazalanayotgan
tomonga o'tib ketishi xavfi tug'iladi;
2)
qizdirilayotgan
konstruksiya
yuzasining
qarama-qarshi
tomonidagi yuzaning deyarli hammasi IbO °C gacha qizisa yoki qizdirish
boshlangan haroratga nisbatan ba'zi bir nuqtalarda 190 °C harorat hosil
bo'lsa
va
qizdirish
boshlangandagi
haroratdan
qat'i
nazar 220 °C harorat hosil bo'lsa;
3) konstruksiya o'z ko'tarish qobiliyatini yo'qotib buzilib tushsa,
unda bu konstruksiya o'z o'tga chidamlilik darajasiga yetdi deb
hisoblanadi.
O'tga chidamlilik chegarasi soatlarda belgilanadi. Mana shu o'tga
chidamlilik chegara soatlarning kattaligiga qarab sanoat quri-lishi
konstruksiyalarining o'tga chidamlilik darajasi belgilanadi. Bu darajalar
rim raqamlarida I, II, III, IV, V deb belgilanadi. I darajadagi o'tga
chidamlilikka ega bo'lgan binolarning asosiy devorlari zinapoya
maydonlari va kolonnalarining o'tga chidamlilik chegarasi 2,5 soatdan
kam bo'lmasligi, tashqi devor va oraliq devorlar 0,5 soatdan kam
bo'lmasligi kerak. II darajadagi binolar esa yuqoridagi ko'rsatkichlar 2,1 va
0,25 soatlarni tashkil qilishi kerak.
V darajadagi binolar uchun esa o'tga chidamlilikning minimal
miqdori belgilanmaydi.
Qurilish konstruksiyalarining o'tga chidamlilik darajasini oshirish
imkoniyatlari
mavjud.
Maslan,
metall
konstruksiyalarning
o'tga
chidamlilik darajasi nihoyatda past bo'lib, taxminin 15—20 minut ichida
o'z ko'tarish qobiliyatini yo'qotib, egilib bukilib ketadi. Agar bu
354
konstruksiyani o'tga chidamli bo'yoqlar bilan moylasak uning o'tga
chidamliligi birmuncha ortishi, alebastr yoki sement aralashmalari bilan
suvasak uning o'tga chidamliligini 1 soatga yetkazishimiz mumkin. Agar
metalldan qilingan kolonnalarni gips plitalar bilan qoplasak, plitalar
qalinligini 6 sm dan kam bo'lmasa, unda bu kolonnalarning o'tga
chidamlilik chegarasi 3 soatga yetadi.
Yog'ch konstruksiyalarning o'tga chidamligini oshirish muhim
ahamiyatga ega, chunki yog'och konstruksiyalarni 270—280 °C gacha
qizdirganda ular yonib ketadi. Agar yog'ochdan qilingan konstruksiyalar
yaxshilab suvalsa, ularning o'tga chidamliligi ortadi. Suvoq qilish uchun
asbosement va gips aralashmalaridan foydala-nish mumkin. Suvoqning
qalinligi 20 mm bo'lganda yogoch kons-truksiyasining o'tga chidamliligi
20—25 minutga yetishi mumkin.
Yog'och konstmksiyalarning o'tga chidamliligini oshirishda antipirin
deb ataluvchi moddani yog'och konstmksiya ustiga sepish yoki shimdirish
yaxshi natija beradi. Antipirin kimyoviy birikma bo'lib, yog'och tarkibiga
singib borishi natijasida uning yonishini qiyinlashtiradi. Agar yog'och
materialiga antipirin 75 kg/m miqdorida shimdirilsa, yaxshi natijaga
erishiladi. Bunday shimdirish, chuqur shimdirish deb ataladi va maxsus
moslamalarda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari antipiilnni yuzani ishlov berish yo'li bilan ham
shimdirish mumkin. Bunda antipirin tejaladi, chunki 1 m yuzaga 100 g
antipirin tuzi sarflanadi. Bunday ishlov berishlar yog'och konstruksi-yasini
butunlay yonmaydigan qilolmasa ham yonishini birmuncha qiy-
inlashtirish hisobiga o'tga chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari yog'och
konstruksiyalariga yong'inga qarshi bo'yoqlar bilan ishlov berish ham
birmuncha ijobiy natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |