Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

F  toifa

—yong'inga  xavfsiz  toifa.  Bunga  yonmaydigan  jismlar  va 

materiallarga  sovuq  ishlov  beradigan  sanoat  korxonalari  kiradi. 

Mashinasozlik  sanoat  korxonalari,    qurilish  sanoat  korxonalari  shular 

sirasiga kiradi.  

Omborlar va ba'zi tashqariga o'rnatilgan hajmli idishlarni yong'inga 

hamda  portlashga  xavflik  toifalari  ularda  saqlanayotgan  moddalar  turiga 

qarab u yoki bu toifaga kiritish mumkin. Odatda, omborlar-ning yong'inga 

va portlashga xavfligi uni loyihalash va ishga qabul qilish vaqtida har bir 

vazirlik tasdiqlagan ro'yxat bo'yicha aniqlanadi. 

Bundan tashqari ba'zi bir sanoat korxonalarini ularda ishlatilayotgan 

gaz,  yengil  alangalanuvchi  suyuqlik  va  changlar  tarkibiga  qarab  ham 

yong'inga xavflilik toifasini aniqlash mumkin. 

Shuningdek,  yonuvchi  gaz  va  suyuqliklar  bilan  bog'liq  bo'lgan 

sanoat  korxonalarining  yong'inga  xavflilik  toifalarini  belgilaganda  xuddi 

shu  moddalar  sanoat  korxonasi  xonasi  hajmining  5  foizdan  ortiq  qismida 

portlashga  xavfli  aralashma  hosil  qila  oladimi-yo'qmi  ekanligini  aniqlash 

kerak. 


Portlashga  xavfli  aralashma  miqdorini  hisoblashda  quyidagi 

mulohazalarga e'tibor beriladi: 

1)  apparatlarning  biridan  avariya  natijasida  bino  xonasiga  xavfli 

moddaning katta miqdori to'kilishi mumkin; 

2)  apparatdagi  hamma  modda  tashqariga  chiqariladi,  bir  qismi  esa 

avariya tizimi orqali boshqa idishga o'tkazib yuboriladi;  

3)  ta'minlovchi  trubalardan  birida  modda  to'kilishi  xavfi  yuzaga 

keldi  va  bu  oqimni  to'xtatib  qo'yish  davrida  ma'lum  miqdorda  to'kilishi 

mumkin,  avtomatik  ravishda  to'xtatganda  2  min,  qo'lda  to'xtatganda  15 

min; 


 

4)  to'kilgan  suyuqlik  yuzasida  bug'lanish  hosil  bo'lishi  mumkin. 

Bunday  hollarda  to'kilgan  suyuqlik  yuzasini  hisoblaganda,  agar 

ma'lumotnomalarda shunga tegishli ma'lumot yo'q bo’lsa, 1 m

2

 yuzaga 1 1 



suyuqlik yoyiladi deb hisoblanadi; 

5)  normal  sharoitda  idishlarning  ochiq  yuzalaridan  va  yangi 

bo'yalgan yuzalardan bug'lanishni e'tiborga olish lozim;  

6)  suyuqliklar  va  suyultirilgan  gazlarning  bug'lanish  davrlari,  shu 

suyuqlik  va  gaz  to'la  bug'lanishgacha  o'tgan  vaqt  hisoblanadi,  ammo  bu 

vaqt 1 soatdan oshmasligi kerak; 

7)  muhitda  portlashga  xavfli  aralashma  hosil  bo'lishi  aralashma  

alangalanishining  quyi  chegarasiga  qarab  belgilanadi.  Bu  zapas 




 

 

350 



koeffitsiyenti 1,5 deb qabul qilinadi;  

8)  hamma  hollarda  sanoat  korxonasi  xonasining  bo'sh  hajmi,  ya'ni 

mashina  va  mexanizmlar  o'rnatilmagan  hajmi  hisobga  olinadi  yoki 

xonaning umumiy geometrik hajmining 80 foizi deb qabul qilinadi. 

Mashina  va  mexanizmlardan  to'kilib,  bug'lanish  natijasida 

portlashga xavf tug'diradigan  miqdor hosil  qiladigan gaz aralashmasining 

alangalanishning  quyi  chegarasidagi  hajmi  quyidagi  formula  ordamida 

aniqlanadi: 

 

                                 V



sm

=1.5G/C


qch

 

 



bunda, 

Cqch—modda 

alangalanishning 

quyi 


konsentratsiya 

chegarasi, g/m

3

; G—binoga tarqalib ketgan modda miqdori, g. 



 

G=G


a

+G

t



 

 

bunda,  Ga—apparatdan  to'kilgan  modda  miqdori,  g;  G



t

—trubopro-

voddan to'kilgan modda miqdori, g; 

Agar xona avariya shamollatish tizimiga ega bo'lsa va sistema puxta 

ishlovchi  avtomat  yurgizish  tizimiga  ega  bo'lsa,  unda  xonaning  bo'sh 

hajmini nt+1 marta ko'paytirib qabul qilinadi 

Bunda,  n  —  avariya  shamollatishi  ta'minlayotgan  havo  almashish 

darajasi; t — avariya rejimining ishlash davri, soat. 

Sanoat  korxonalarining  gaz  va  suyuqlik  bug'lar  bo'yicha  portlashga 

xavflilik toifalarini quyidagi tartibda aniqlanadi. 

1.Apparatdan 

to'kilib 

bug'lanish 

natijasida, 

1,5 

xavfsizlik 



koeffitsiyentini  hisobga  olgan  holda  alangalanishning  quyi  zichlik 

chegarasida portlash uchun xavfli hajmi aniqlanadi. 

2.Sanoat 

korxonasi 

xonasining 

mashina-mexanizmlar 

bilan 

to'ldirilmagan bo'sh hajmi aniqlanadi. 



    

3.Avariya shamollatish rejimi aniqlanadi.  

4.Hisoblab  topilgan  portlovchi  aralashma  hajmini  xonaning  bo'sh 

hajmiga nisbatan to'ldirilish foizi aniqlanadi. 

5.Agar  hisoblab  topilgan  gaz  havo  aralashmasi  xona  hajmining  5 

foizidan ko'p miqdorini egallasa, bunda bu sanoat korxonasi portlashga va 

yong'inga xavfli toifaga kiradi. 

6. Sanoat korxonasi xonasining 5 foizdan ortiq hajmini to'ldiradigan 

portlashga  xavfli  parning  havo  bilan  aralasiimasini  ta'minlaydigan 

suyuqlikning bug'lanish davrini aniqlaymiz;                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                      




 

 

351 



5%* 24VxCqch (k P 

m  F), 

 

bunda,  24—bug'larning  portlashga  xavfli  xona  hajmining  5  foizni 



ta'minlash    darajasini  ko'rsatuvchi  yig'indi  koeflitsiyenti;  Vx—  xonaning 

jihozlardan bo'sh bo'lgan hajmi, m

3

; Cqch—moddaning alangalanish quyi 



konsentratsiya  chegarasi;  g/m

3

;  k—suyuqlik  yuzasidagi  bug'lanishning 



borishiga  ta'sir  ko'rsatadigan  harorat  va  havo  harakatiga  bog'liq  bo'lgan 

koeffitsiyent.  P—to'yingan  bug'lar  bosimi  (suyuqlik  yuzasidagi  issiqlik 

bilan  havo  muhitining  haroratidan  o'rta  arifmetik  miqdor  chiqarib 

tashlanadi),  Pa;  m—moddaning  molekular  og'irligi;  F—  suyuqlikning 

bug'lanish yuzasi m

2



Agar  portlashga  xavfli  havoning  par  bilan  aralashmasining  xona 

hajmiga  nisbatan  5  foiz  miqdori,  shamollatishning  ishlashini  hisobga 

olmasdan hisoblansa yoki shamollatish butunlay ishlamasa, unda suyuqlik 

yuzasining havo harakati yo'q hisoblanib, K=l qabul qilinadi. 

Avariya  shamollatishi  ishlagan  holda,  u  ta'minlagan  havo  harakati 

tezligi hisobga olinadi va k miqdori ma'lumotnomadan olinadi. 

Agar  xonada  bir  necha  moddalardan  tashkil  topgan  suyuqlik 

bug'lanishi mumkin bo'lsa, unda yuqoridagi hisoblar eng tez bug'lanuvchi 

modda asosida amalga oshiriladi. Bir necha suyuqliklardan tashkil topgan 

aralashmaning  parlanish  davrini  aniqlaganda  aralashma  tarkibiga  kirgan 

moddalaming miqdoriy bosimi qo'yiladi, aralashmaning alangalanish quyi 

chegarasi Sm (g/m

3

), Le-Shatele formulas! asosida aniqlanadi. 



 

C

m



 = 100/(q

1

/C



1

 + q


2

/C

2



+ ... +      q

i

/C



i

), 


 

bunda, q


1

, q


2

 qi-aralashma  moddalari har birining miqdori, hajmiga 

nisbatan  foiz  hisobida.  C

1

,  ...  Ci—aralashmadagi  har  bir  moddaning 



alangalanish chegaralari, g/m

3



Agar  xonadagi  portlashga  xavfli  aralashmaga  xona  hajmining  5 

foizini  bir  soatdan  kam  bo'lgan  vaqtda  to'ldirgan  bo'lsa,  bunday  sanoat 

korxonasi yong'inga va portlashga xavfli toifaga kiradi. 

Agar  aralashma  miqdori  portlashga  va  yong'inga  xavfli  bo'lgan 

xonaning  5  foizdan  oitiq  hajmini  qoplashga  yetarli  bo'lgan  miqdorga 

yetmasa yoki bu miqdorga yetish vaqti 1 soatdan ortiq vaqtga to'g'ri kelsa, 

unda bu sanoat korxonasining toifasini aniqlaganda moddaning xossasiga 

asosan,  uning  xonani  qoplashini  hisobga  olgan  holda,  portlash  xavfi  yo'q 

hisoblanadi. 

 



 

 

352 




Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish