Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XV. 2. Mashinasozlik sanoati korxonasini qurish



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

XV. 2. Mashinasozlik sanoati korxonasini qurish 

uchun maydon tanlash 

 

QMQ  3.  01.  02  -  00  sanitar  me'yorlari  bo'yicha  mashinasozlik 

sanoati  korxonalari  xavflilik  darajasi  bo'yicha  besh  sinfga  bo'linadi.  Bu 

sinflarni  asosan  ana  shu  sanoat  korxonasi  tomonidan  atrof-muhitga 

chiqarib yuborilayotgan zararli moddalar miqdori belgilaydi. 

I sinfga cho'yan quyuvchi domna pechlarining umumiy hajmi 1500 

m3  dan  ortiq  bo'lgan  va  rangli  metallarni  bir  yilda  3000  tonnadan  ortiq 

miqdoriga ishlov beradigan yoki marten va konventor pechlari yordamida 

bir  yilda  1000  000  tonnadan  ortiq  po'lat  eritish  quwatiga  ega  bo'lgan 

sanoat korxonalari kiradi. 

II  sinfga  xuddi  shunday  sanoat  korxonasi,  ammo  kamroq  quwatga 

ega  bo'lgan,  ya'ni  po'lat  eritish  yiliga  1000  000  tonnagacha,  umumiy 

domna  pechlarining  hajmi  500  dan  1500  m3  gacha  bo'lgan,  shuningdek, 

rangli metallarga ishlov berish quvvati 1000 dan 3000 tonnagacha bo'lgan 

yoki 20 000 tonnagacha  miqdorda cho'yan quymalari ishlab chiqaradigan 

sanoat korxonalari kiradi. 

III sinfga cho'yan erituvchi domna pechlarining umumiy hajmi 500 

m3 gacha bo'lgan 10 000 tonnadan 20 000 tonnagacha cho'yan quymalari 

ishlab  chiqarish  quwatiga  ega  bo'lgan,  shuningdek,  1000  tonnagacha 

rangli  metallarga  ishlov  berish  imkoniyatiga      |ga  bo'lgan  yoki  simob 

ishlatish  yo'li  bilan  har  xil  asboblar  ishlab  chiqaradigan  (simobli  elektr 

tokini to'g'rilagichlar, lampalar va h.k.) sanoat korxonalari kiradi. 

IV sinfga uncha katta bo'lmagan quyuv va metallarga qizdirib ishlov 

beradigan  sexlaiga  ega  bo'lgan,  shuningdek,  metall  elektrodlar  ishlab 

chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat korxonalari kiradi. 

V  sinfga  quyuv  sexlariga  ega  bo'lmagan,  ammo  qizdirilgan  va 

cho'g'lantirilgan  holatdagi  metallarga  ishlov  berishga  moslashtirilgan, 

shuningdek, metallarga sovuq holda ishlov beriladigan sanoat korxonalari 

kiradi. 

Sanoat  korxonalarini  aholi  yashash  punktlarida  maxsus  belgilangan 

maydonga  joylashtiriladi.  Bunda  sanoat  korxonasi  joylashgan  maydon 



 

 

277 



aholi yashaydigan punktga nisbatan shamolning bosh yo'nalishiga qarama-

qarshi  tomonda  bo'lishiga  e'tibor  beriladi.  Agar  iloji  bo'lsa,  sanoat 

korxonasi  quriladigan  maydon  aholi  yashaydigan  punktdan  birmuncha 

olisroqda joylashtirilgani  ma'qul. Bu holda ham, albatta shamolning bosh 

yo'nalishi hisobga olinishi va sanoat korxonasi aholi yashaydigan punktga 

nisbatan shamol yo'nalishida bo'lishi maqsadga muvofiqdir. 

Sanoat korxonasi bilan aholi yashaydigan punkt oralig'idagi masofa 

sanitar-muhofaza  oralig'i  deb  ataladi.  Bu  sanitar-muhofaza  oralig'i  sanoat 

korxonalari  sinflariga  qarab  belgilanadi:  50,  100,  300,  500,  1000  m. 

Sanitar-muhofaza  oralig'i  ko'kalamzor-lashtirilgan  va  sog'lomlashtirish 

chora-tadbirlari  belgilangan  bo'lishi  kerak.  Sanitar-muhofaza  oralig'iga 

doimiy  yashash  joylari,  dam  olish  joylari  tashkil  qilish,  shuningdek, 

issiqlik  hosil  qilish  va  boshqa  sanoat  inshootlarini  qurishga  yo’l 

qo'yilmaydi.  Bu  oraliqlarga  yong'inga  qarshi  depo,  avtotransport  turish 

joylarini  qurishga  ruxsat  etiladi.  Ammo  bu  qurilishlar  oraliq 

ko'kalamzorlariga zarar keltirmasligi shart. 

Sanoat korxonasini aholi yashaydigan punktga nisbatan joylashtirish 

va  sanitar-muhofaza  oraliqlarini  belgilashdan  tashqari  uning  maydonini 

tekislash, rejalashtirish ishlarini amalga oshirish kerak. Bunda yomg'ir, qor 

suvlarini  to'xtamay  oqib  ketish  yo'llari,  korxonada  ishlatib  ifloslangan 

suvlarni  yig'ish  va  tozalashni  yo'lga  qo'yish,  yer  osti  suvlarini  darajasini 

belgilash,  toshqin  va  boshqa  holatlarda  sanoat  korxonasini  suv  bosib 

ketmasligini  ta'minlash  zarur.  Bundan  tashqari  quyosh  nurlarining  sanoat 

korxonasi binolarini iloji boricha ko'proq yoritishini ta'minlovchi vositalar 

hamda  sanoat  korxonalari  xonalarini  iloji  boricha  yaxshiroq  tabiiy 

shamollatish vositalari bilan ta'minlashga e'tibor berilishi kerak.  

 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish