Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XV. 4. Sanoat korxonalarining xonalari



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

XV. 4. Sanoat korxonalarining xonalari 

 

Sanoat  korxonalarining  xonalari  texnologik  jarayon  talablariga  va 



tayyorlanadigan  rnahsulot  katta-kichikligiga  qarab  quriladi.  Korxonaning 

umumiy  sexlarida  liar  bir  ishchi  uchun  kamida  15  m

3

  hajmdagi  maydon 



to'g'ri  kelishi,  bunda  minimal  maydon  4,5  m

2

  dan  kam  bo'lmasligi  va 



binoning  balandligi  kamida  3,2  m  bo'lishi  sanitariya  qoidalarida 


 

 

279 



chegaralab qo'yilgan. 

Har  xil  sanoat  chiqindilari  va  issiqlik  ajralib  chiqadigan  texnologik 

jarayonlar  bo’lganda  (bunda  issiqlik  ajralishi  20  kkal  m

2

  -  1  soatda), 



shuningdek,  titrash  manbalari  mavjud  bo'lsa,  bunday  sanoat  korxonalari 

uchun  bir  qavvatli  bino  qurish  sanitar-gigienik  nuqtayi  nazaridan  qulay 

hisoblanadi. 

Agar  ko'p  qavatli  binolarga  joylashgan  mashinasozlik  sanoati 

korxonalarida  yuqorida  ko'rsatilgan  sexlarni  eng  oxirgi  qavatga 

joylashtirish  maqsadga  muvofiqdir.  Agar  bunday  sexlar  qavatlar  o'rtasiga 

joylashtirilsa,  zararli  chiqindilr  va  issiqlik  boshqa  qavatlarga  ham  o'tib 

ketib,  ularning  zararlash  maydonlarini  oshirib  yuboradi.  Zararli  moddalar 

ajratadigan  yoki  ko'plab  issiqlik  chiqaradigan  jihozlarni  ayrim  xonalarda 

iloji  boricha  xonaning  chekka  tomonlariga  devorlar  yaqiniga  o'rnatiladi. 

Mashinasozlik sanoatida bunday xonalarga temirchilik sexlari, lak-bo'yoq 

ishlarini  bajaradigan  uchastkalar  va  detallarga  galvanik  ishlov  berish 

sexlari joylashgan bo'ladi. 

Har  xil  sanitar-gigienik  sharoitga  ega  bo'lgan  ishlarni  bir  xonada 

joylashtirilganda,  ularning  zararlovchi  omili  ta'siri  boshqalarga  ham  ta'sir 

qilmasligini  ta'minlovchi  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  kerak.  Bunda, 

masalan,  havo  dushlari,  zararli  mashinalarni  ajratish,  havo  to'siqlari  va 

boshqalardan  foydalaniladi.  Ishlab  chiqarish  xonalarini  yerto'lalarga 

joylashtirish,  texnologik  jarayon  uchun  zarur  bo'lgan  ayrim  hollardagina 

yo'l qo'yiladi. 

Xonalarga      tabiiy      yorug'lik      tushishi      muhim      rol      o'ynaydi. 

Shuning  uchun  ham  yoruglik  tushiruvchi  deraza  va  tuynuklarning 

joylashishiga  alohida  e'tibor  beriladi  va  bular  albatta  hisoblab  chiqiladi. 

Tepa tomondan yorug'lik tushishini ta'minlovchi fonarlar holatiga alohida 

e'tibor  berish  zarur.  Chunki  sanoat  korxonalarida  zaharli  moddalar 

chiqishini  hisobga  olib,  sanoat  korxonasi  shamollatish  vositalari  bilan 

jihozlanishidan  qat'i  nazar,  uni  shamollatishning  ma'lum  vositalari  bilan 

jihozlash  zarur  hisoblanadi.  Mana  shu  shamollatish  vazifasini  yorug'lik 

tushirishni  ta'minlovchi  fonarlar  amaiga  oshiradi.  Shuning  uchun  ham 

yorug"lik tuynuklarining 20% i ochiladigan vositalar bilan ta'minlanadi va 

shamollatish  vazifasini  bajaradi.  Yon  tomonga  o'rnatilgan  derazalar  ham 

shu vazifani bajaradi. 

Binolarning  devor  va  shiftlariga  ham  alohida  e'tibor  beriladi.  Ular 

ishchilarni  sovuq  va  zax  havodan  saqlashi  bilan  birga  zaharli  modda  va 

gazlarni  shimib  olmasligi  va  bunday  moddalarni  undan  yuvib  yuborish 

oson  bo’lishi  kerak.  Binolarning  tashqi  devorlari  albatta  qiyin  yonadigan 




 

 

280 



yoki  yonmaydigan  qurilish  konstruksiyalaridan  tayyorlanadi  (masalan, 

g'isht, beton, temir-beton va metall konstruksiyalar). Ular bundan tashqari 

issiqlikni saqlash qobiliyatiga ham ega. 

Namlik  ko'p  bo'ladigan  sanoat  korxonalari  binolari  (masalan, 

detallarni  yuvish,  bo'yash,  galvanika  uchastkalari)  devorlari  va  shiftlari 

suv va namlikni o'tkazmaydigan qilib tayyorlanadi. 

Ba'zi  bir  juda  zaharli  va  yemiruvchi  xususiyatga  ega  bo'lgan 

moddalar    bilan      ish      bajaradigan      (masalan,      simob,      qo'rg'oshin, 

mishyak,    benzol,          kislotalar,      oltingugurtli    gazlar  va  boshqalar) 

xonalarda,    bino devorlari,     pollari va shiftlari bu    moddalarni) o'ziga 

jamlab  yoki  shimib  olmasligi,  oson  yuvib  tashlash  murnkin  bo'lgan 

materiallar bilan qoplanadi. 

 

Ma'lumki  ba'zi  bir  moddalarning  bug'lari    (simob,        tetraetilv 



qo'rg'oshin      va      boshqalar)      hattoki,      uncha      katta            bo'lmagan 

miqdorlarda ham   devor va shift yuzalariga o'tirib qolishi va uzoq| muddat  

undan    ajralib    chiqib,      ishlab    chiqarishda    band      bo'lgan  kishilarning 

surunkali zaharlanish hodisalari uchraydi.     Shuning uchun ham bunday 

binolarning   devorlari   nitroemal   yoki boshqa turdagi turg'in bo'yoqlar 

bilan bo'yaladi. 

Masalan,  sanoat  korxonalari.  Binolarida  galvanik    ishlarini 

bajaradigan, 

simob 

bilan 


ishlatiladigan 

asboblarni 

ta'mirlashda 

foydalaniladigan,    shuningdek,  moy  bilan  ishlatiladigan  qurilmalan 

yig'iladigan,  akkumulatorlar  zaryadlanadigan  xonalarning  devorlari  2  m 

gacha balandlikda sopol plitkalar bilan qoplanadi. 

Ba'zi  bir  ko'p  chang  ajralish  bilan  boradigan  ishlar  bajariladigan 

xonalarda (masalan, quymalarni qum oqimi bilan tozalash, shlifovka qilish 

va  boshqalar)  chang  so'rish  vositalarini  o'rnatish,  pol  va  bino  devorlarini 

suv bilan yuvib tozalash imkonini beradigan qilib bajarish kerak. 

Demak,  har  bir  xonani  ish  bajarish  turi,  xili  va  holatiga  qarab 

jihozlanadi va bunda sanitariya qoida va  me'yorlariga  to’la amal qilinadi. 

Sanoat  korxonalari  xonalari  pollariga  ham  alohida  ahamiyat  beriladi. 

Pollar issiq, mustahkam, tarang bo'lib, ba'zi bir zarbalarga chidash berishi 

va  yetarli  miqdorda  yukni  ko'taraolishi  kerak.  Undan  tashqari  sirpanchiq 

bo'lmasligi va tozalashga qulay bo'lishi kerak. 

Mexanika  va  asbobsozlik  sexlarida bino pollari  issiqlikni  saqlovchi 

materiallardan tayyorlanadi. 

Agar  ba'zi  bir  sexlarda  polga  ishqor  yoki  kislota  to'kilishi  xavfi 

bo'lsa,  bunday  sexlarning  pollari  sopol  plitkalar  bilan  qoplanadi. 

Yong'inga  xavfli  sexlarda  pollar  yonmaydigan  yoki  olov  ta'siriga 



 

 

281 



chidaydigan materiallardan tayyorlanadi. Shuningdek, kislota va ishqorlar 

bo'lgan  sexlarda  ularni  yuvib  yuborish  imkoniyatini  beradigan  oqova 

uchastkalari ta'minlanadi. 

Ko'plab  yog'  mahsulotlari  to'kilishi  mumkin  bo'lgan  xonalarning 

poli  ham  sopol  plitkalar  bilan  qoplanadi  yoki  betondan  juda  silliq  qilib 

tayyorlanadi. 

Har  qanday  sanoat  korxonasi  xonalari  yong'in  bo'lgan  taqdirda 

odamlarni  u  yerdan  chiqarib  yuborishning  eng  qisqa  ya  xavfsiz  yo'llari 

bilan ta'minlanadi. Shuning uchun sanoat korxonalari har qanday binosida 

kamida  ikkita  chiqish  yo'li  bo'lishi  va  bular  iloji  boricha  qarama-qarshi 

tomonga chiqishi kerak. Korxonaning hamma eshik va darvozalari albatta 

tashqariga  ochilishi  kerak.  Har  bir  sanoat  korxonasi  uchun  eng  uzoq  ish 

joyidan tashqariga chiqishgacha bo'lgan vaqt muddati belgilanadi. 

Ishchilarni  ish  joylaridan  tashqariga  chiqarib  yuborish  vaqti  3 

minutdan ortiq bo'lmasligi kerak. 

 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish