XIV. bob
. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QONUNLARI
VA
UNING TASHKILIY ASOSLARI
XIV.l. Mehnat qilish qonunlari
Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay
darajada bo'lishidan qat'i nazar, o'zining huquqiy manfaatlaridan kelib
chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya'ni
Konstitusiyasi bo'lishi zarur. Bu Konstitusiya awalo inson huquqlarini
himoya qilishi, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham
himoyalanishi kerak.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrida o'zining
birinchi demokratik Konstitusiyasini e'lon qildi.
Bu Konstitusiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni
256
himoyalashga qaratilgan. 36-moddada «hap bir shaxs qonunda ko'rsatilgan
tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona sharoitlarda mehnat
qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deyilgan, matn
davomida «Sud hukmi bilan tayinlangan ja-zoni o'tash tartibidan yoki
qonunda ko'rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog'ida,
favqulodda holat sharoitida va h.k.) tash-qari majburiy mehnat
taqiqlanadi» deb qo'yilgan. Bu Konstitusiyadagi tarqoq umumiy jumlalar
asosida berilgan va ishyoqmas, dangasa shaxslar uchun asosiy istehkom
bazasi bo'lib xizmat qiladigan «barcha fuqarolar ish bilan ta'minlanadi»
degan jumladan tubdan farq qilishi ko'rinib turibdi.
Shu bobning 37-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar
dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to'lanadigan mehnat
ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi», deyilgan jumla ham
birmuncha ijobiy xususiyatlaiga ega. Dam olish huquqini ta'-minlash mana
shu huquqning amalga oshirilishini ta'minlaydigan ijtimoiy bazaga
asoslanishi kerak. Bu bandda ana shu bazani ta'minlash imkoniyatini
beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan.
38-moddada «har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda,
shuningdek, boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda
tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining
miqdori rasman belgilab qo'yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam
miqdordan oz bo'lishi mumkin emas» deyilgan.
Oldingi Konstitusiyalarda ijtimoiy ta'minlanish masalasi hal
qilingani bilan uning miqdori hech kimni qiziqtirmas edi. Bu
Konstitusiyada qo'shimcha ravishda tirikchilik uchun yetarli miqdorda
belgilanishi, albatta, keyingin nafaqa haqidagi qonunlarda uning miqdorini
oshirish imkoniyatini beradi.
39-moddada «har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish
huquqiga ega» deb belgilangan.
Ilgari qabul qilingan Konstitusiyalarda bepul tibbiyot xizmati-dan
foydalaniladi, deyilgan edi. Ammo amalda tibbiyot xizmatidan, bepul
foydalanish imkoniyatlari yaratilmagani sababli bu qonun tibbiyot
sohasining inqiroziy tanglikka olib keldi. Hozir belgilangan moddada
tibbiyot xizmati bo'yicha hech bir cheklanishlar yo'q, bunda turli-tuman
tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi va jumladan, malakali tibbiyot
xodimlari o'z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo'lishi, bu bilan esa
davolash sohasida raqobat vujudga keladi, aholi malakali tibbiyot
xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
257
Mamlakatimizda ayollarning erkaklar bilan teng huquqlari
ta'minlangan. Bu huquq mehnat qilish haqidagi qonunda to'g'ri
ta'kidlangan. Mehnat qilish jarayonida erkaklar bilan ayollarning teng
huquqligi, ularning erkaklar singari og'ir va zararli ishlarda ham ishlashlari
mumkin ekanligini bildirmaydi. Ayollar a'zolarining ba'zi xususiyatlarini
va ayollaming oiladagi mavqeini hisobga olib, qonunda ular uchun ma'lum
yengilliklar va maxsus qoidalar belgilangan. Ayollar sog'ligiga zarar
keltirishini hisobga olib, ba'zi bir ishlarda ayollar mehnatidan foydalanish
ta'qiqlanadi. Masalan, ayollarning zaharli moddalar ajraladigan kimyo
sanoatining ba'zi tarmoqlarida, yer osti ishlarida va boshqa bir qancha
sohalarda ishlashlariga yo'l qo'yilmaydi.
Hoziigi
vaqtda
sanoat
koixonalaridagi
ishlar
mexanizatsiyalashtirilgan bo'lishiga qaramay, ba'zi bir hollarda yuklarni
qol bilan ko'tarib ko'chirish holatlari uchrab turadi. Shuning uchun balog'at
yoshidagi ayollar uchun yuk ko'tarish qoidalari belgilab qo'yilgan.
Ular qo'lda 20 kg gacha bo'lgan yukni va zambilkaltak bilan 50 kg
dan oshmagan yukni tashishlari mumkin.
Farzand ko'rishi kerak bo'lgan va emizuvchi ayollarga maxsus
yengilliklar tug'diriladi. Bunday ayollarni va 8 yoshgacha bolalari
ayollarni tungi ishdan (soat 22 dan soat 6 gacha), ishdan tashqari, dam
olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va xizmat sa-fariga yuborish
taqiqlanadi. Ma'muriyat ba'zi hollarda, ayollarni shifokor xulosasiga
asosan, o'rtacha ish haqini saqlagan holda, yen-gil ishlarga o'tkazishi
lozim. Ayollarga tug'ish oldidan va tuqqan-dan keyin belgilangan kalendar
kundan haq to'lanadigan dam olish kunlari beriladi. Bundan tashqari,
farzand kutayotgan va emizikli ayollar uchun yana bir qancha yengilliklar
beriladi.
Sanoat korxonalarida ishlovchi ayollar uchun bola emizish xonalari,
dush xonalari va shaxsiy gigiena xonalari tashkil qilinadi.
Respublika mehnat qonunlarida o'smirlar mehnatini muhofaza
qilishga alohida e'tibor beriladi. Mehnat qonunlariga asosan 16 yoshga
to'lmagan o'smirlar ishga qabul qilinmaydi. Ayrim sharoitlarda 15 yoshga
to'lgan o'smirlar FZKU (fabrika, zavod kasaba uyushmasi) ruxsati bilan
ishga qabul qilinishi mumkin. Bunday o'smirlar uchun 16 yoshgacha 24
soatlik ish haftasi tashkil qilinadi. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan
o'smirlar uchun esa ish soati haftasiga 36 soatdan oshmasligi kerak.
Ammo bunda o'smirlar uchun to'lanadigan ish ham xuddi shu darajadagi
ishlarda ishlaydigan balog'at yoshidagi ishchilarning o'rtacha ish haqidan
kam bo'lmasligi kerak.
258
O'smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida yilning eng yaxshi
davrlarida yoki o'zi xohlagan vaqtda dam olish kunlari berilishi kerak.
Tungi ishlarda, ishdan keyin qolib ishlanadigan ishlarda, dam olish
kunlarida o'smirlar mehnatidan foydalanish butunlay taqiqlanadi.
O'smirlar sog'lig'i uchun zararli moddalar ajralib chiqaradigan ishlarda
ularni ishlatish mumkin emas. Mashinasozlik sanoatida galvanik sexlarda,
liar xil shamollatish tizimlarini ta'mirlash va tozalashda, shuningdek,
simob va simob birikmalari bilan ishlanadigan ba'zi bir ishlarda o'smirlar
mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.
18 yoshga to'lmagan o'smir bolalarga 16 kg gacha, qizlarga esa 10
kg gacha bo'lgan og'irlikdagi yuklarni ko'tarish ruxsat etiladi. O'smirlar
ishga qabul qilinayotgan vaqtda tibbiyot ko'rigidan o'tkaziladi,
shuningdek, 18 yoshga to'lguncha tibbiyot ko'rigidan o'tkazib turiladi.
Agar tibbiyot ko'rigi o'smir bajarayotgan ish uning sog'lig'iga salbiy ta'sir
ko'rsatayotgani sezilsa, o'smir darhol xavfsiz va yengilroq ishga
o'tkaziladi. Mehnat qonunlariga asosan zararli ish sharoitida ishlovchilar
uchun ustama haq to'lanadi yoki ish soati qisqartiriladi. Ish soatining
qisqartirilishi natijasida ishchi zararli moddalar bo'lgan zonada kamroq
bo'ladi va bu bilan u kamroq zaharlanadi.
Ko'pgina kimyo sanoati korxonalarida va mashinasozlik sanoatining
kuyish, eritish sexlarida ish soati kuniga olti soatga qisqartirilgan. Bundan
tashqari zararli zonalarda ishlagan ish-chilarga qo'shimcha dam olish
kunlari beriladi va ishlagan ishchi o'z sog'ligini tiklash imkoniyati
tug'iladi. Mashinasozlik sanoatining bir qancha sexlarida ishlagan
ishchilar oladigan oyligiga 13 foiz atrofida va ba'zi uchastkalarda esa 30-
33 foiz ustama haq to'lanadi.
Zararli moddalar ajralishi mumkin sexlarda ishlovchilarga kuniga
yarim litr miqdorda sut yoki shunga yarasha boshqa ehtiyot chora sifatida
ayrim mahsulotlarni oladilar. Sut olishi zarur bo'lgan kasblarni FZKU
bilan kelishilgan holda korxonaning rahbar xodimlari belgilaydi. Bunga
O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan ilmiy
xulosalar asos qilib olinishi kerak.
Tananing ba'zi bir qismlari yoki hammasi ifloslanishi mumkin
bo'lgan ishlarda mehnat qiluvchi ishchilar bepul sovun bilan
ta'minlanadilar.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ishlab chiqarish
korxonalari
ma'muriyati
mehnatkashlarga
ishlab
chiqarish
bilan
bog'langan har qanday shikastlanish yoki zararlanishni, shuning-dek,
moddiy yo'qotishni qoplash majburiyatini olishi alohida ko'rsatilgan.
259
Xavfsiz ish sharoitini yaratish borasida yo'l qo'yilgan har qanday
kamchilik yoki xavfsiz ishlash sharoitini tashkil qilmaslik nati-jasida
ishchining baxtsiz hodisaga uchrashi—sanoat korxonasining yoki rahbar
xodimlarning aybi hisoblanadi. Moddiy yuqotishni qoplash miqdori va
tartibi maxsus qoidalar asosida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |