Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XIII. 6. Signal tizimlari



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

XIII. 6. Signal tizimlari 

 

Ba'zi  bir  xavfli  vaziyatlarda  ogohlantirish  vositasi  sifatida  signal 

tizimlaridan  foydalaniladi.  Bajaradigan  vazifasiga  ko'ra  signal  vositalari 

amaliy, ogohlantiruvchi va belgilovchi turlaiga bo'linadi. Bundan tashqari, 

tovushli va ko'rinadigan bo'lishi mumkin. Tovushli signal tizimiga sirena, 

qo'ng'iroq,  gudok  va  boshqalar  kiradi.  Ko'rinadigan  turlariga  har  xil 

yorug'lik  tarqatuvchi  vositalar  yordamida  qizil,  sariq,  ko'k  va  boshqa 

ranglar  yordamida  xavf  darajalarini  belgilash  va  ulaiga  kerakli  bo'lgan 

harakatlar  bilan  javob  berish  tartibi  belgilangan.  Tovush  yordamida 

beriladigan signal sanoat korxonasi muhitida bo'lishi mumkin bo'lgan har 

qanday  tovush  va  shovqinlardan  farqli  iloji  boricha  quyi  chastotadagi 

(2000  Gs  gacha)  tovushdan  tashkil  topgan  bo'lishi  va  sexning  har  bir 

nuqtasida keskin eshitilishni ta'minlashi kerak. Bunday signal vositalarini 

u  yerda  ishlayotgan  kishilarning  holatlari  qanday  bo'lishidan  qat'i  nazar 

eshitadilar. 

Yorug'lik signali keng tarqalgan vositalar qatoriga kirsa ham, uning 

asosiy  kamchiligi  signal  berilayotgan  tomondan  qarama-qarshi  tomonga 



 

 

251 



qarab turgan odam bu vositalarni ko'rmay qolishi mumkin. Shuning uchun 

ham  yorug'lik  signallari  doimiy  kuzatib  turuvchi  operator  bo'lgan  vaqtda 

yaxshi  natija  beradi.  Yorug'lik  signallari  asosan  ikki  yoki  uch  xil  rang 

beruvchi  lampalar  yordamida  bajariladi.  Bunda,  masalan,  qizil  va  yashil 

ranglardan foydalanish mumkin. Qizil rang xavfni, yashil rang xavfsizlikni 

anglatadi, agar mabodo ikkala rangli lampa ham yonmayotgan bo'lsa, unda 

signal tizimi ishlamayotganligini anglatadi. 

Uch  xil  qizil,  yashil  va  sariq  ranglardan  iborat  lampalar  o'rnatilgan 

vositalardan  ham  keng  foydalaniladi.  Masalan,  ko'cha  harakatini  tartibga 

keltiruvchi svetoforlarni misol tariqasida keltirish mumkin. 

Ba'zi  bir  avtomatlashtirilgan  jarayonlarni  boshqarish  uchun 

o'rnatilgan  yorug'lik  signallari  parallel  ravishda  joylashtirilgan  qo'shaloq 

lampalardan tashkil topadi. Unda ularning bittasi ishdan chiqsa, ikkinchisi 

ishlab turishi mumkin. 

Amaliy  signal  vositalaridan  ma'lum  miqdordagi  ish  bajarilganligini 

yoki  texnologik  jarayonning  ma'lum  bosqichi  bajarilganligini  bildiruvchi 

vosita  sifatida  foydalaniladi.  Bunday  vositalardan  bajarilayotgan  ishlarni 

muvofiqlashtiruvchi tizim sifatida ham foydalanish mumkin. 

Ogohlantiruvchi      signal      yositalaii,      biron      bir      xavfli      vaziyat 

vujudga  kelishidan  ogohlantiradi.  Bunday  signallarga  har  xil  plakatlar, 

ogohlantiruvchi yozuvlar, har xil datchiklarga asoslangan signal tizimlari, 

mashina  ishlash  holatini  ko'rsatuvchi  moslamalar  (masalan,  qizib  ketishi, 

moylash tizimlarida moy borligi va boshqalar) kiradi. Bular uchun maxsus 

ranglardagi  moslamalardan  foydalaniladi.  Bu  moslama  ranglari  GOST 

15548-70 bo'yicha chegaralangan. 

Quyidagi  tartibda  signal  ranglari  belgilangan:  qizil—tayin  xavf, 

sariq—xavfli 

vaziyat 


oldidan 

ogohlantirish, 

yashil—xavf 

yo'q. 


Tushuntirish  xatlari  ham  ma'lum  fondagi  materiallarga  yozilishi  kerak. 

Masalan, oq yozuv-qizil va yashil fonga, qora-oq yoki sariq fonga. 

Qizil  rang—umuman  taqiqlovchi  rang  bo'lib,  agar  u  biror  bir 

avtomatlashtirilgan  vositaga  o'rnatilgan  bo'lsa,  qizil  lampa  yonishi  odam 

aralashishi  kerak  bo'lgan  holat  paydo  bo'lganini  ko'rsatadi  yoki  bo'lmasa, 

bajarilayotgan  jarayon  to'xtab  qolganidan  dalolat  beradi.  Qizil  rangdan, 

shuningdek,  mashina  va  mexanizmlarning  boshqarish  organlarini 

belgilashda,  xavfli  zonalarni  to'siq  vositalari  bilan  o'rashda,  yong'inga 

qarshi  chora-tadbirlar  belgilashda,  xavfdan  darak  beradigan  lampalar 

sifatida foydalaniladi. 

Sariq  rang—ogohlantiruvchi  hisoblanadi.  Bunda,  masalan,  mashina 

va  mexanizmlarni  avtomat  rejimiga  o'tishini  yoki  mashina  va 




 

 

252 



mexanizmlardagi  ba'zi  bir  parametrlarni  chegara  nuqtaga  yaqinlashib 

qolganini  kocrsatuvchi  qurilmalarda,  qurilishda  xavfli  zonalarni  to'suvchi 

vositalarda va zararli moddalar solingan idishlarni belgilashda qo'llaniladi. 

Yashil  rang—xabar  beruvchi  hisoblanadi.  Uni  ruxsat  etiladigan, 

masalan, 

mashinalarning 

ishga 

tayyorligini 



bildiradigan, 

xavfli 


vaziyatlardan  chiqish  yo'llarini  belgilovchi  lampalar  sifatidaqo'llash 

mumkin. 


 

 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish