MODERNIZM - 1) 19-a.ning 2-yarmi —20 a. ning 50—60-y.larida Yevropa,
AQSH adabiyoti va san’atida rivoj topgan oqim va yo’nalishlarning umumiy nomi.
Dastlab, Frantsiyada tashkil topgan. M. vakillari realizmga karshi kurashdi,
klassitsizm (akademizm)ga xos bo’lgan ijodiy tamoyillarni inkor etishga intildi. 20-a.
boshida rivoj topgan avangardizm yo’nalishlarida 19-a. M. printsiplari o’z rivojini
topdi. 1960—70 y.lar san’atida paydo bo’lgan M.ning asosiy tamoyillariga qarshi
bo’lgan pop-art, op-art, kinetik san’at, giperrealizm kabi yo’nalishlarni ba’zi
tadqiqotchilar M. tizimi nuqtai nazaridan baholashgan.M. O’zbekistonga 20-a.
boshlaridayoq kirib kelgan (A. Volkov, A. Nikolaev, O’. Tansiqboev va b.). SHu
ma’noda (modaga bo’ysunadigan) M. haqiqiy novatorlik, yangilanish jarayoniga
qarama-qarshidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |