MILITARIZM (lot. militaris — harbiy) — muayyan mamlakat xukmron
doiralarining davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida foydalanadigan
siyosiy, iqtisodiy va g’oyaviy vositalari tizimi. Qurollanish poygasi, harbiy
byudjetlarning o’sishi, chet ellarda harbiy kuchlarni ushlab turishga zo’r berish,
bosqinchilikni ko’zlovchi harbiysiyosiy bloklar tuzish, mamlakat iqtisodiyoti va uning
tashqi hamda ichki siyosatida harbiysanoat majmuining ta’sirini kuchaytirish M.ga
xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |