KONSERVATIZM — ijtimoiy va madaniy hayotda an’ana va vorislik g’oyasiga
tayanuvchi xilma-xil g’oyaviy-siyosiy va madaniy oqimlar majmui. Tarixda K. turli
shakllarda namoyon bo’lgan, lekin, umuman olganda, mavjud va barqaror ijtimoiy
tizimlar hamda me’yorlarga moyillik, inqilob va keskin islohotlarni qabul qilmaslik —
K.ga xos asosiy xususiyat hisoblangan. Ijtimoiy o’zgarishlar yuz berayotgan sharoitda
K. eski tartiblarni qayta tiklash,boy berilgan mavqelarni asl holiga qaytarish va
o’tmishni ideallashtirishda ko’rinadi. «K» termini birinchi bor frantsuz adibi F.
SHatobrian tomonidan qo’llanilgan hamda 18-a. oxirida Buyuk frantsuz inqilobi
davrida aristokratiya mafko’rasini ifodalovchi qarashlar yig’indisini bildirgan.
Kapitalizm qaror topayotgan davrda K. g’arbda liberalizm va sotsializma qarshi
turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |