KLERIKALIZM (lot. clericalis - cherkovga oid) — jamiyatning siyosiy va
ma’naviy hayotida cherkov va dinning yetakchilik rolini ta’minlashga intilish. K.
tarafdorlari o’z ta’sirini ommaga yoyish, ularni diniy dunyoqarashga ergashtirishga,
turli milliy va xalqaro uyushmalar tuzishga harakat qiladilar. Klerikallar ayrim
mamlakatlar (mas,GFR, Italiya)da yirik siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, xotin-
qizlar, yoshlar va b. jamoat tashkilotlari, o’quv, davolash, xayriya muassasalari tashkil
etgan, o’z ommaviy axborot vositalariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |