TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Ta’rifdan bevosita kelib chiqib quriladigan tatbiq va ilgarigi bosqichlarda bajarilgan
natijani izlash va tanish asosida shakllantirilgan algoritmik harakatlar. Masalan, ta’rifga ko‘ra
berilgan nuqtada funksiya hosilasi qiymatini topish, aniq bir funksiya uchun hosilani
hisoblash formulasini keltirib chiqarish; ta’rifning mazmuniy tomoniga, ya’ni tushunchani
shakllantirilgan obraziga, uning geometrik yoki fizik ma’nosiga qarab quriladigan tatbiq.
Masalan, funksiya grafik shaklda berilgan, u ko‘rsatilgan nuqtalarda hosilaga ega yoki ega
emasligini aniqlashtirish. Bevosita tatbiq. Ko‘pincha bunday tatbiq quyidagicha amalga
oshiriladi: ta’rifdan kelib chiqib, tushuncha xossasi isbotlanadi (hisoblash qoidasi, amallari),
uning asosida tatbiq etilish algoritmi (formulalar va hosilani hisoblash qoidalari,
trigonometrik formulalar va sh.k.) quriladi. Yangi tushunchani umumiy tushunchalar tizimiga
kiritish — tushunchalarni shakllantirish jarayonidagi keyingi bosqich bo‘lib, unda asosiy
e’tibor yangi tushunchani tushunchalar tizimida tutgan o‘rniga va ahamiyatiga, fanlararo
bog‘liqlikni o‘rnatishga qaratiladi. Ushbu bosqich o‘qituvchidan alohida tayyorgarlikni,
olingan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish mumkin bo‘lgan mos mazmunni
izlashdan iborat integratsiyalashgan darslarni (matematika-fizika, matematika-kimyo va
sh.k.), ta’lim jarayonining nostandart shakllarini tashkil va tatbiq etishni talab etadi.
Tushunchani shakllantirishning oxirgi bosqichi – o‘quvchilarning refleksiyasi hisoblanadi.
Uning natijasida o‘quvchi uchun tushunchaning shaxsiy ahamiyati aniqlanadi, shaxsiy
mazmun shakllantiriladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilarning o‘rganiladigan tushunchaga
nisbatan obyekt nimani namoyon etishi, ya’ni yangi tushunchani kiritilishi bilan nazariyada
qanday imkoniyatlar, qanday tipdagi masalalarni yechish uchun mos vosita paydo bo‘lganligi
haqida fikr yuritishi, tahlil qilishi muhimdir. Bunday ishni ijodiy topshiriqlardan bevosita
foydalanib, ta’lim jarayonini nostandart shaklda tashkil etib olib borish mumkin. Qayd
etilgan bosqichlarni ishlab chiqishda matematik tushunchalarni shakllantirishni tashkil etish
jarayonida algebra va analiz tushunchalarining o‘ziga xosligi maksimal darajada hisobga
olinganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu esa o‘quvchilar tomonidan o‘rganiladigan materialni
ongli o‘zlashtirilish sifatini oshirishga imkon beradi.
Shunday qilib, ta’lim jarayonida tushunchalarni shakllantirishda faollashtiruvchi
yondashuvni amalga oshirish zarurati nazariy jihatdan asoslandi, shu sababli algebra va
boshlang‘ich tahlilga mos metodik ta’limni ishlab chiqish muhimdir.
Undan maqsad, o‘quvchilar tomonidan o‘rganiladigan materialni va tushuncha
mazmun-mohiyatini ongli o‘zlashtirilish sifatini oshirishdir. Eng asosiy g‘oya esa – tushuncha
ta’rifini kiritishda o‘quvchining hayotiy tajribasidan (assotsiatsiya, tasavvur, intuitiv
xulosalar) foydalanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |