Eksport:
— bojxona rejimi bo'yicha chetga chiqarilgan tovarlar;
— bojxona hududida qayta ishlashdan so'ng chiqarilgan tovarlar;
— reeksport rejimi bo'yicha chetga chiqarilgan tovarlar;
— poshlinasiz savdo magazinlaridan chetga chiqarilgan O'zbekiston va chet mamlakatlari tovarlari;
— bir yil va undan ortiq muddat bilan ijaraga qo'yish uchun chetga chiqarilgan tovarlar.
Bojxona statistikasida hisobga olinadigan tovarlarga mam lakat moddiy boyliklarini orttiradigan yoki kamaytiradigan tovarlarning barchasi kritiladi (muomaladagi valutalardan tash qari).
Bojxona statistikasi quyidagi tovarlarni hisobga olmaydi:
a) qiym ati va og'irligi kabi ko'rsatkichlari statistik ku zatish talablariga javob bermaydigan tovarlar.
Masalan, 1997-yildan boshlab qiymati 1000 AQSH dollari- dan yuqori yoki og'irligi 50 kg.dan ortiq mollarni hisobga oladi:
b) m uom alada bo'lgan valuta boyliklari (shu jum ladan, m onetar oltin). Bularni banklar o'zaro hisob-kitob ishlari amalga oshirish uchun ishlatadilar.
d) chet el mamlakatlari diplomatik va konsullik vako-
latxonalari tom onidan foydalaniladigan tovarlar, davlat or-
ganlariga xalqaro tashkilotlarga, davlat boshliqlariga berilgan sovg'alar va h.k.
Mamlakatdagi chet el vakolatxonalari, o'z mamlakat- larining bir qismi hisoblanadi, shuning uchun mamlakatlar bilan ularning vakolatxonalari orasidagi tovarlarning harakati ichki harakatdek hisoblanadi.
e) tijorat operatsiyalari predmeti hisoblanmaydigan tovar lar, (masalan, o'z ehtiyojini qondirish uchun chet eldan keltirilgan tovarlar, aloqa belgilari, to‘y-hasham jihozlari va h.k.).
Jism oniy shaxslar tom onidan chet eldan tijorat
maqsadida keltirilgan tovarlam i alohida statistik hisobi olib boriladi. Ular mamlakat im portining 20—25% tashkil etadi.
Bojxona statistikasi chiqarilayotgan va kiritilayotgan tovarlami ham naturada, ham pulda hisobga oladi. Bu esa, o ‘z navbatida, eksport va importning umumiy hajmi va strukturasini aniqlash imkoniyatini beradi.
Tashqi savdo aylanmasining pulda ifodalanishi m am - lakatning iqtisodiy ahvolini va uning xalqaro aloqalarini ifodalovchi muhim ko'rsatkich hisoblanadi. M amlakatning ma’lum davrdagi eksporti va importining nisbati bo'yicha mamlakatning savdo balansi aniqlanadi.Eksport im portdan ko‘p bo'lsa, tashqi savdo balansida aktiv kam bo'lsa, aksin- cha, passiv hisoblanadi.
O'zbekiston statistikasida ekspoit-import operatsiyalari AQSH dollarida va milliy valuta asosida hisoblanadi. Bunda AQSH dollarining kursiga o'tkazish Markaziy bank e’lon qilgan kurs asosida, YuBD tuzilgan kun bahosida amalga oshiriladi.
Tashqi savdo quyidagi ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi:
1. tashqi savdo aylanmasining umumiy va jon boshig to 'g 'ri kelgan hajmi;
www.ziyouz.com kutubxonasi
2. eksportning YalMdagi, ayrim olingan mahsulotlardagi salmog'i;
3. importning mamlakat iste’molidagi salmog'i;
4. mamlakatning xalqaro savdo-sotiqdagi salmog‘i;
5. tashqi savdo aylanmasining elastikligi Kl;
6 . eksport kvotasi;
7. import kvotasi.
Bu ko'rsatkichlar yordamida tashqi savdo dinamikasi, eksport va import tovar bahosining o'zgarishi, tovarlar tarkibidagi siljishlar, tovar aylanishining hududiy taqsimoti, tashqi savdo tashkilotlari faoliyatning samaradorligi, o'rni, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'rni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida xalqaro savdo-sotiqning ahamiyati kabi muhim jihatlari o'rganiladi.
Import — bu tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi bo- zordan mamlakatga keltirilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |