2 -§. Bojxona statistikasi
M am lakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini o ‘rganishda tashqi savdo m uhim rol o ‘ynaydi va statistika tashqi savdoni chuqur har tom onlam a tahlil qiladi.
Tashqi savdo statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
— tashqi savdoning hajmi, uning tarkibi va dinamikasini
o‘rganish;
— tashqi savdoning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish;
— turli m am lakatlar tashqi savdosini taqqoslash va
o ‘rganish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tashqi savdoni o'rganishda bojxona statistikasining ma’lumotlari asos qilib olinadi.
Bojxona statistikasi — tashqi iqtisodiy aloqalar statisti kasining bir qismi bo‘lib, u mamlakat chegarasidan o'tuvchi tovarlar bilan birga, ayrim ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarni ham hisobga oladi. Bojxona statistikasining o‘rganish obyekti bo‘lib, mamlakatning tashqi savdo oboroti hisobla nadi. Tovarlar eksporti va importini natural va pul formada hisobga olish va ularning geografik yo'nalishini aniqlash uning kuzatish obyekti hisoblanadi.
Bojxona statistikasining asosi bo'lib, mamlakatning boj xona kodeksi hisoblanadi. Ma’lumot manbai esa birlamchi hujjat — yuk bojxona dekloratsiyasidagi (YuBD) ma’lumotlar hisoblanadi.
YuBDsida mamlakat chegarasidan tashqariga chiqayot- gan va chegaradan kelayotgan tovarlar hisoboti amalga oshiriladi. Dekloratsiyada tovarlarning yo‘nalishi (kirish, chiqish) qiymati, tovarning kodi va nomi, sof og‘irligi, boj xona rejimi va h.k. keltiriladi. Shu m a’lumotlar asosida mamlakatning tashqi savdosi haqida m a’lumotlar tuziladi, shuning uchun YuBDda bir xil hisob birliklari, shu bilan birga xalqaro klassifikatorlar va nomenklaturalar qo‘llaniladi. Shu asosda tashqi savdo geografiyasini aniqlash mumkin va shu ma’lumotlar bojxona statistikasi uchun ma’lumot manbai bo‘lib hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi bojxona statistikasida tovarlar ning quyidagi kategoriyasi hisobga olinadi:
Import:
— erkin muomala uchun olib kiritilgan tovarlar;
— reimport tovarlari;
— bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kiritilgan fovarlar;
— bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchun olib kiritilgan tovarlar;
— reeksport tovarlari;
— shaxslar tomonidan olib kelinib, davlat foydasiga o‘tkazilgan tovarlar;
— poshlinasiz savdo magazinlariga keltirilgan chet el tovarlari;
— bir yil va undan ortiq muddat bilan ijaraga qo'yish uchun kiritilgan tovarlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |