109
Ma‘ruza №14.
Тaqdimot tayyorlash va namoyish etish dasturlari
Reja :
1.
Тaqdimot yaratishda va namoyish etishda ishlatiladigan texnik va dasturiy vositalar.
2.
Power Point dasturiy tizimi haqida.
3.
Yangi prezentatsiya yaratish
4.
Prezentatsiya dizaynini tanlash
5. PowerPoint da slaydlarni ko’rish rejimlari
6. Prezentatsiyaga yangi slayd qo’shish
Тayanch so‘zlar va tushunchalar:
taqdimot (prezentatsiya), slayd,
dizayn shablonlari,
avtomundarija ustasi (master avtosoderjaniya), animatsiya, animatsiyani sozlash,
prezentatsiyani sozlash.
1.
Тaqdimot yaratishda va namoyish etishda ishlatiladigan texnik va dasturiy vositalar
Тaqdimot
-
Prezent siya
(lotincha
praesentatio
) — jamoat uchun qandaydir yangi,
yaqinda yaratilgan ob‘ekt, loyiha, ma‘lumotni taqdim etishdir..
Zamonaviy taqdimot o‘zida kompyuter animatsiyasini,
grafikasini, video, musiqa va tovush
elementlarini yagona bir muhitga birlashtirgan holda mujassamlashtiradi. Odatda taqdimot
ma‘lum bir syujet, ssenariy va strukturaga asoslangan holda yaratiladi.
Katta zal va auditoriyalarda ma‘lum bir mavzudagi ma‘lumotlarni samarali va ko‘rgazmali
yetkazish tinglovchilarning yaxshi o‘zlashtirishlariga sabab bo‘ladi. Prezentatsiya ko‘rinishidagi
taqdimotlarni
namoyish
etishda
foydalaniladigan
texnik
vositalar
hattoki
iqtidorli
ma‘ruzachining axborotini ekranli soha orqali yetkazish imkonini oshiradi.
Bunday
vositalarning yuqori samaradorligini kompaniyalardagi biznes-prezentatsiyalar namoyishida,
o‘qitishning yangi faol usullarida qo‘llanilishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Тaqdimotlarda yaqqol tasvirlanadigan obrazlar, ob‘ektlar
auditoriya tomonidan
tushuntiriladigan ma‘lumotlarni o‘zlashtirilishi osonlashtiradi. Тaqdimotlarni yaratishda
auditoriyaning xususiyatlari inobatga olinishi kerak.
Тaqdimotlarni namoyish etishda quyidagi texnik vositalar ishlatiladi : slayd-proyektor,
grafoproyektor,
videoproyektor, suyuq kristalli displey
S
ayd-proyektor
o‘lchami 24x36 mm bo‘lgan standart slaydlarni ekranga kattalashtirib
namoyish etishda ishlatiladi. Slayd-proyektorlarning ikki xil turi mavjud :
Sig‘imi 50-100 slaydli to‘g‘ri to‘rtburchakli magazinlardan
iborat turi;
Charxpalaksimon magazinli, sig‘imi 80-140 slaydli turi.
Slayd-proyektorning narxi uning markasi, dizayni va qo‘shimcha
imkoniyatlari bilan
bog‘liq. Masalan, xorijda ishlab chiqarilgan slayd-proyektor narxi 300$ dan qimmat.
Do'stlaringiz bilan baham: