2. Daromadli aktivlar darajasi koeffitsienti –
qisqa muddatli aktivlarni jami
aktiv-nettoga nisbati bilan hisoblaniladi.
3. Shubxali qarzni to’lanishi koeffitsienti –
muddati o’tgan qarzni bank bergan
ssudaga nisbati bilan hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich bank ssuda portfelini sifati va
o’tkaziladigan operatsiyalarning risk darajasini xarakterlaydi. Muddati o’tgan qarzlarning
ulushini ortib borishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, bank muddatli
to’lovlarni qoplashda qiyinchiliklarga uchraydi va natijada bankda foyda kamayib ketadi.
Bank bergan ssudaga qisqa, uzoq, banklararo ssudalar va muddati o’tgan qarz summasi
kiradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ko’rsatkichni 5% past bo’lishi joiz holat,
15% bo’lishi esa, kritik chegara hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |