Dengiz ikki pallali chig‘anoqli mollyuskalari va ahamiyati. Dengiz va okeanlarda yashovchi ikki pallalilarning tuzilishida ortiqcha tafovutlar yo‘q. Bundan hamma avlodalri sohil doirasida, shag‘al, qiyatoshlar, dengiz inshoatlari hatto kema korpuslarida yopishib hayot kechiradi. M: kema qurti tanasi chuvalchangsimon bo‘lib, bosh tomonidagi chig‘onoq qoldig‘i yog‘ochni kovlovchi parma vazifasini bajaradi.
Bundan tashqari ustritsa (oziq sifatida ishlatiladi) mediyalar (kam harakat, koloniya) dengiz tarog‘i, medidlar (baliq ozig‘i) kabi mollyuskalar turlicha hayot kechiradi.
Xulosa
Ikki pallali chig‘anoqli mollyuskalarning ko‘pi dengizda yashaydi. Bulardan ba’zi birlari, masalan sadafdorlar ovlanadi. Ular bezak maqsadida marvarid olish uchun ovlanadi. Ustritsa, midiya, dengiz tarog‘i va boshqa mollyuskalarni odam iste’mol qiladi, ular go‘shtida vitaminlar juda ko‘p. Zarar keltiradiganlar qatoriga “karabl” qurtini kiritish mumkin. Bu mollyuskalarni bo‘yi 10 smgacha chuvalchangsimon bo‘ladi. Karabl qurti yog‘och inshoatlarini yemiradi.
Kurak oyoqli mollyuskalarni hozirgi zamon faunasida 500 ta turi uchraydi. Barcha vakillari tipik dengiz hayvonlari hisoblanadi, qum va balchiqni yorib (dengiz tubida) hayot kechiradi. Chig‘anog‘i uzun trubkasimon bo‘lib sut emizuvchilar tishining tuzilurishiga o‘xshash. Shunung uchun bir paytlar tishsimon mollyuskalar ham deb atalgan. Turlari kattaligi 4 mm dan – 30 sm gacha bo‘ladi.
Mollyuskalarning hozir yashayotgan avlodlarini qiyosiy o‘rganish va qazilma qoldiqlarning tekshirish xulosalaridan ma’lum bo‘lishicha, bularning eng qadimgi avlodlari qorinoyoqlilar va to‘rt jabrali boshoyoqlilar bo‘lgan (qorinoyoqlilar hozirgi zamonda ham mazkur tip turlarining yaqin beshdan to‘rt qismini tashkil etadi). Qorinoyoqlilarning ham ko‘p qadimgi turlari yo‘qolib ketib, ularning o‘rniga yangi – o‘zgargan muhitga muvofiqlashgan formalari paydo bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari chuchuk suv havzalarida, hatto quruqlikda yashashga moslashgan formalar hosil etgan.
Dengiz ikki pallalilari bilan qorinoyoqlilarning embrion rivojlanishini asosan bir tipda, ya’ni dastlab traxofora lichinkai, so‘ngra – veleger lichinkalari shaklida borishi va boshqa qiyosiy faktlar ikki pallalilarning qadimgi avlodlarini qadimgi qorinoyoqlilardan paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Faqat ikki pallalilar suv muhitidan tashqariga tarqalib, qorinoyoqlilar kabi ko‘p turlar hosil eta olmaganlar. Bu hodisaga, aftidan, ularning yon tomonidan “qisuvchi” ikki pallali chig‘anoqlari va boshqa faktlar sabab bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |