3. Inson xulqi omillari tizim!
Kishilar jamoasiní boshqarish uchun inson xulqi nimaga bog'liqligi, o'z hayotida nimaga asosolanishini bilish zarurdir. Kishi xulqi, faoliyati, harakatlari anglangan, biror maqsadga qeratilgan bo'ladi. Biror harakatni rag'batlantiruvchi kuch moddiy va manaviy ehtiyojlardir. Lekin, Insonning barcha harakati ham o'z ehtiyojini qondirishga qaratilmagan. Masalan, inson ma'lum moddiy va ma'naviy boyliklarni faqat o'z iste'moli uchun yaratmaydi.
Inson ehtiyoji bilan uning harakati, xulqi o'rtasida qator bevosita ifodalanuvchi bo'g'inlar mavjud. Bular manfaat, xohish, qiziqishdir. Ma'lum sharoitlarda ular inson xulqini rag'batlantiruvchi kuchga aylanadı. Rag'bat harakat bo'yicha qaror qilishga olib kelsa, qaror harakatga olib keladi. Inson xulqiga ijtimoiy muhit, moddiy ishlab chiqarish ehtiyojlari ham ta'sir ko'rsatadi. Ishlab chiqarish Iste'molchida ehtiyojni vujudga keltiradi va bu bilan Insonning bu ehtlyojlami qondirish vositalarini yaratishga qaratilgan mehnat va ma'naviv faolligini rag'batlantiradi. Inson xulqini belgilovchi omillar tizimini quyidagicha tasavyur qilish mumkin:
. ijtimoiy va tabiiy muhit (ishlab chiqarish, ijtimoly munosabatlar, tarbiya tizimi, madaniyat, tabiiy sharoit va h.k.);
-ehtiyojlar (moddiy va ma'naviy);
- ehtiyojlarni manfaat, istak, intilish, maqsad va h.k. shaklida anglash;
-harakatga rag'batlantirish
-yo'l-yo'riq (lebki mobilizatsiya, amally harakat qilishga tayyorgarlik): - maqsadga erishish va ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan harakat.
Omillarning bu tizimida ham ehtiyoilar shakllanishining asosiy manbasi, ham ulamni qondirish sharti bo'lgan ijtimoly muhit muhim o'rin egallaydi. Bu tizimning barcha bo'g'inlari o'zaro bog'liq va bir-biriga ta'sir qiladi. Muhitga qarati]gan harakat uni o'zgartiradi, lekin bu bilan birga shaxsning o'zi, uning ehtiyo] va manfaatlari ham o'zgaradi. Inson xulqining bu barcha omillarini hisobga olish Jamoa ijtimoly rivojlanishini samarall boshqarish garovidir. Belgilangan maqsadga erishish yo'lida kishilarni Jipslashtirish uchun ular manfaat va ehtiyojlarinl ustalik bilan muvofiqlashtirish, onglilikni shalkllantirish, ular faoliyatini moddiy va manaviy ragbatlantirish zarur. Kishilarda soglan va ongli ehtiyojlami, avvalo, mehnatga bo'lgan, tadbirkorlikka, boshqa kishilar bilan munosabatda bo'lish, ishlab chiqarishda intizom va tartibni mustahkamlashga ehtiyojni tarbiyalash zarur.
Jamoani boshqarish jarayonida har bir xodim ehtiyojini qondirish me'yarini uning mehnat faolligi, sarf qilgan mehnati sifati va miqdori, ltimoly boylikka qo'shayotgan xissasi bilan muvofiqlashtirish lozim. Ishchi yoki xizmatchining mehnat xissasl me'yori va mos holda ular ehtiyojlarini qondirish me'yori butun korxona Jamoas! mehnat mehnat xissasiga bog'liqdir. Demak, shaxsiy moddly manfaatdorlik Jamoa moddiy manfaatdorligi bilan uzviy bog'liqdir.
Moddiy rag'bat - mehnat faoliyatini rag'batlantiruvchi muhim omil bo'lishi bilan birga u yagona kuch bo'lib ham qolmaydi. Ishlovchilar uchun faqat moddiy emas, ma'naviy rag'batlantirish ham muhim.
Davlat boshqaruvi tashkilotlari korxona bilan munosabatlarni shakllantirishda iqtisodiy vositalar - Jamg'arma va ssudalar bo'yicha fondlar, qimmatli qog'ozlar bo'yicha daromadlar, narxlar va soliqlar, soliq imtiyozlari va iqtisodly sanksiyalar, maqsadli dotatsiya va sanksiyalar, valyuta kursi, amortizatsiya ajratmalari me'yorlari ijtimoiy va ekologik me'yorlar kabilardan foydalanadi.
«Korxonalar to'g'risidagi qonunda korxona shartnoma majburiyatlariga rioya qilmaslik, kredit-hisob, soliq intizomini buzganlik, mahsulot sifatiga, talabga va boshqa korxona xo'jalik faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya qilmaslik hamda javobgar bo'lishi ta'kidlangan. Bundan tashqari u qonunga muvofiq mułkly Javobgarlikka ham ega. Bitim shartlariga rioya qilinmaganligi sababli jarima to'langan hollarda korxona iste'molchining roziligisiz mahsulot yetkazib berish, xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiyatlardan ozod qilinmaydi.
Korxona yer va boshqa tabiiy resurslardan noto'g'ri foydalanganlik natijasida keltirilgan zarar, atrof muhitni ifloslashtirish, ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalarining, sanitariya-gigiena me'yorlari va talablari buzilishi natijasida xodimlar sog'lig'iga keltirilgan zarur uchun qonunda ko'rsatilgan miqdorda jarima to'laydi.
Tabiatdan foydalanish qoidalarini buzuvchi korxona faoliyati qonunly yo'l bilan shu buzilish hollari bartaraf qilingunga qadar to'xtatib qo'yilishi mumkin. Xo'jalik ichki faoliyat tartibini belgilash uchun korxonada boshqarishning ma'muriy-farmoyish usullari ishlab chiqilib, qo'llanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |