Millat — til, manaviyat, milliy ózlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, ananalar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan boǵlangan mustaqil subekt sifatida óziga xos moddiy va manaviy boyliklarni yaratuvchi kishilarningetnik birligidir. Millatlararo munosabatlar — birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar órtasida amalga oshadigan turli-tuman shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir. Millatlararo totuvlik ǵoyasi - milliy istiqlol mafkurasining asosiy ǵoyalaridan biri bólib, mamlakatimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha etnik vakillari bilan, avvalambor, ózbek millati va shu bilan birga ózlarining órtasida kóp yillarga móljallangan ezgulik, ishonchlilik, dóstonalik, yakdillik, qarindoshlik, manaviy-axloqiy va mafkuraviy yaqinlik va birdamlik, murosalilik va boshqa insoniylik munosabatlari mavjudligini va kelajakda ham u yanada kamol topishini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |