Javob: 99,6 kkal Mustaqil yechish uchun masalalar Agar 1 soat davomida issiqlikni tashqi muhitga ajralib chiqishini to‘xtatilsa, shu vaqt davomida 70 kg odamning tana harorati necha gradusga ko‘tarirlgan bo‘lardi ?
Odam tanasi 0.5 1 ter ajratishi uchun qancha issiqlik ener- giyasi sarf etadi?
Og‘ir jismoniy mehnat qiladigan odam 3 1 ter ajratgan bo‘lsa, litr ter ajralishi uchun 4.86 kkal sarf qilgan. Sarf bo‘lgan kislorod miqdorini aniqlang. Hisoblashni ter ajralishi uchun sarf bo‘ladigan energiya bo‘yicha amalga oshiring. 50 km masofani 3 soatda bosib o‘tgan marofonchining 1 minutda kislorodga bo‘lgan talabini hisoblang. Agar bir soatda 1.7 1 ter ajratadigan bo‘lsa. Marofonchining kislorodga bo‘lgan minutlik ehtiyojini aniqlang. Kislorodning ekvivalent koefitsientining miqdori KKE 4,86 kkal/1 teng, - kislorodga bo‘lgan ehtiyoji 181, asosiy moddalar almashinuvi uchun minutiga 0,32 1 02 sarf bo‘lishini hisobga olib masalani yechimini toping. Hisoblashni faqat ter ajralishi uchun sarf bo‘ladigan energiya hisobi asosida oling.
Jismoniy mashq bajarish vaqtida 2000 ml ter ajralgan bo‘lsa, uning tarkibidagi azot qoldig‘i(a) va osh tuzi (b) ning miqdorini aniqlang?
Jismoniy mashq bajarish vaqtida 1160 kkal energiya sarflan- ganligi ma’lum bo‘Isa, sportchi qancha ter ajraratligini aniqlang?
Jismoniy mashq bajarish vaqtida 8000 ml ter ajralgan bo‘lsa, uning tarkibidagi azot qoldig‘i(a) va osh tuzi (b) ning miqdorini aniqlang?
Agar 1 soat davomida issiqlikni tashqi muhitga ajralib chiqishini to‘xtatilsa, shu vaqt davomida 90 kg odamning tana harorati necha gradusga ko‘tarirlgan bo‘lardi
Odam tanasi 1.5 1 ter ajratishi uchun qancha issiqlik ener- giyasi sarf etadi?
Nerv sistemasi bo‘yicha masala va mashqlar Agar bosh miya og‘irligini 1970 gr deb olsak. Bosh miyaning 40 % izini katta yarim sharlar tashkil etadigan bo‘Isa, yarim sharlar og‘irligi qanchaga teng?
Aksonning uzunligi 10 sm, dendrid uzunligi aksondan 15 marta kalta ekanligi ma’lum bo‘Isa, unda dendritning uzunligi necha mm bo‘ladi?
Bosh miyaning massasi 1970 gr ni tashkil etadi, miyachaniki esa 150 gr atrofida bo‘ladi. Miyacha bosh miyaning umumiy massasini necha foizini tashkil etadi?
Retseptorlar terming 1mm2 sathida 200-400 ta atrofida bo‘ladi. Terming 10 sm2 yuzasida nechta retseptor bo‘ladi?
Odam bosh miyasining og‘irligi 1970 gr, orqa miyaniki esa 30-40 gr atrofida boiadi. Bosh miyaga nisbatan orqa miya necha barobar yengil?
Bosh miya katta yarim sharlar po‘stlog‘ida 16mlrd atrofida nerv hujayrasi bor. Orqa miyada nechtagacha nerv hujayrasi bo‘ladi? U bosh miya nerv hujaryalaridan necha barobar kam?
Reflektor yoyi quyidagi qismlardan l)sezuvehi neyron 2) harakatlantiruvchi neyron 3)ishchi organ. 4)retseptor 5)markaziy nerv sistemasi tarzida berilgan bo‘lsa, siz reflektor yoyini tartib bilan joylashtiring.
Nerv sistemasiga oid quyidagi maTumotlami izohlangchi: bosh miyaning 100 g massasidan bir minutda oqib o‘tadigan qonning miqdori 136 sm3 ni tashkil etadi, oshqozondan bir minutda oqib o‘tadigan qon miqdori 2Ism3, skelet muskullarida esa bir minutda 12-17 sm3 ni tashkil etadi. 2.Suv bosh miyaning 84 % ini tana massasisini 65 foizini tashkil etadi. 3.Miya muskullarga nisbatan 15-20 marta ko‘p kislorodga ehtiyoj sezadi. Nima uchun bosh miya kislorodga bo‘lgan ehtiyoji va undagi suvning miqdori boshqa organlarga nisbatan yuqori ekanligini tushuntirib bering. Rasmga qarab bosh miya qismlarini aniqlang va jadvalga mos raqamlami yozing.