587-modda. Lizing shartnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig‘iga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi.
(587-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 756-I-son “Lizing to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Xalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risida UNIDRUA Konvensiyasi, 1988-yil 28-may, Ottava, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 84-II-son qarori.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
588-modda. Lizing obyekti
Iste’mol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan har qanday ashyolar lizing obyekti bo‘lishi mumkin, yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 756-I-son “Lizing to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 27-noyabrdagi 289-son “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi Qarorining 3-bandi.
589-modda. Lizing subyektlari
Kelajakda lizing oluvchiga lizing bo‘yicha topshirish maqsadida mol-mulkni o‘ziga mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb tan olinadi.
Egalik qilish va foydalanish uchun lizing obyektini oladigan shaxs lizing oluvchi deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi deb e’tirof etiladi.
(589-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing beruvchi mol-mulkni bo‘lajak foydalanuvchidan sotib olgan taqdirda yoxud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni sotuvchiga lizing bo‘yicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida uni mablag‘ bilan ta’minlagan taqdirda bir shaxsning o‘zi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
(589-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |