Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tuzilmasida mulklar sinfining o’rni reja: Kirish


Fuqarolik jamiyati - insoniy taraqqiyot uchun zaruriyat sifatida



Download 261,5 Kb.
bet5/11
Sana12.08.2021
Hajmi261,5 Kb.
#145838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fuarolik zhamiyatining izhtimoij tuzi (Lotincha)

3. Fuqarolik jamiyati - insoniy taraqqiyot uchun zaruriyat sifatida. “Fuqarolik jamiyati” tushunchasining ildizi (civil society) qadimgi grek faylasuflari va boshlabssitseron yozgan asarlarda kuzatiladi. Lekin, grek faylasuflari fuqarolik jamiyati haqida fikrlaganida asosan davlatni ko‘zda tutgan edilar. Fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar XVIII asr oxirida bir vaqtning o‘zida shotland va kontinental Ma’rifatparvarligi tomonidan tug‘ildi. Tomas Peyn va Georg Gegelь kabi nazariyotchilar fuqarolik jamiyatini davlatga yaqin, lekin, shu bilan birga undan ajralgan soha, qaysiki, bu kabi jamiyatda fuqarolar o‘z xohishlari va manfaatlariga bog‘liq holda birlashadilar, deb talqin etdilar. Bu yangi talqinlarda iqtisodiy voqeliklarni o‘zgarishlari ifodalangan edi: xususiy mulk, bozor raqobati va burjuaziyaning paydo bo‘lishi. U tobora o‘sib borayotgan erkinlik sari da’vat etish chaqiriqlaridan paydo bo‘lgan edi.

XIX asrning o‘rtasida jamiyatshunoslar va faylasuflar sanoat inqilobining ijtimoiy va siyosiy oqibatlariga o‘z e’tiborlarini qaratganlarida esa fuqarolik jamiyati tushunchasi iste’moldan tushib qoldi. Faqat ikkinchi jahon urushida keyingi davrda Antonio Gramshi fuqarolik jamiyatiga tiraniya bilan kurashishning muhim sohasi va mustaqil siyosiy faoliyatning o‘ziga xos otlanish nuqtasi sifatida qarab, uniqaytadan tikladi va bu jamiyat yana rusumga kirdi. Gramshi o‘ng oqim diktaturani tadqiq etganligi uchun uning g‘oyalari SHarqiy Evropa, shuningdek, Lotin Amerikasidagi dissidentlar va huquq himoyachilariga kuchli ta’sir qildi. CHex, vengr, polyak faollari doimo fuqarolik jamiyati tushunchasiga murojaat etishar edi. Ayniqsa, 1989 yilda Berlin devori qulagan paytlarda u jasurlik tushunchasining sinonimi sifatida ishlatila boshlandi.

XX asrning 90-yillarida fuqarolik jamiyati jozibador formulaning so‘nggi natijasiga aylandi. Ulkan demokratlashtirishning dunyoviy tamoyillari uning oldida yangi ufqlarni ochdi. AQSH va G‘arbiy Evropada uning jamiyatni yangilashning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi o‘rniga nisbatan qiziqishlar kuchaydi, shuningdek, davlat va hukumatta’sirlari kamayib borayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar ichida ham u keng tarqala boshladi.

Tarixiy taraqqiyot tajribasidan ma’lumki, inson jamiyat tomonidan oliy ijtimoiy qadriyat manbalari sifatida namoyon bo‘lishi eng echimini topish eng qiyin muammolardan biridir. CHunki, bu kabi sharoitlarda insonni mansabdorlar va ularning apparatini irodasi asosida faoliyat yuritishdan boshqa chorasi qolmaydi, inson davlat mashinasining bir murvatiga aylana boshlaydi. SHaxs o‘zining turmushini o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lmasdan, u xalqaro munosabatlarda “inson huquqlari manbasi” deb ataladigan o‘z insoniy qadr-qimmatini e’zozlaydigan erkinlik me’yorlaridan bahra ololmaydi.

SHuning uchun ham fuqarolik jamiyatini xalqaro tajribalar va milliy an’analar asosida shakllantirish inson erkinligi va huquqlarini ta’minlashning asosiy kafolati sifatida shakllantirish inson taraqqiyoti uchun eng zaruriy omildir. Hozirgi davrda jamiyatga doir zamonaviy nazariyalarda fuqarolik jamiyatining quyidagi asosiy uchta tarkibiy qismlari quyidagicha ta’riflanadi:


  • ijtimoiy ahamiyatga molik funksiyalarni sezilarli qismini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarini rivojlanganligi; “shaffof” hukumat va parlamentning mavjudligi; uning “shaffof”ligi jamiyat nazorati ostida va fuqarolarning baholashlari bilan bog‘liq ekanligi bilan ifodalanadi;

  • hukumat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida “de-yure” talablari doirasidagi muloqotlarning mavjudligi, yoki, boshqacha aytganda, ijroiya hokimiyati tizilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir eta olishning legitim usullarini shakllanganligi.

SHu bilan birga, jamiyatni qonunlar asosida boshqarilishi ham ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Lekin, boshqaruv tizimida ba’zi mansabdorlarning byudjetni ijro etishi va turli resurslarni taqsimlash va boshqaruv faoliyatida qonunlar bilan belgilanmagan turli ruhsatnomalar berish, tadbirkorlikni nazorat qilish kabi turli byurokratik vositalar paydo bo‘ladiki, ular doimo jamiyatni rivojlanishiga to‘siq bo‘lib kelgan. SHuningdek, bu kabi holatlar ob’ektiv zarurat hisoblanmaydi. Ularning barchasi boshqaruv an’analaridan chiqarib tashlanishi zarur.

Umuman, fuqarolik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun davlat organlari quyidagilarga amal qilishiga zarurat tug‘iladi:

-qarorlar qabul qilishva ularni ijrosini amalga oshirishda u yoki bu ijtimoiy tizilmalar bilan kelishib faoliyat ko‘rsatishi shart ekanligi;

-davlat organlari vakolatlarini bir qismini nodavlat tashkilotlarga o‘tkazish.

SHuningdek, davlat apparati funksiyalarini nodavlat tashkilotlarga o‘tkazib borish bilan boshqaruv tizimi ham demokratiyalashib boradi. Masalan, Buyuk Britaniyada davlat organlari faqat nodavlat tashkilotlari bajara olmaydigan yoki bajarishni istamaydigan funksiyalarni bajaradi (ya’ni qoldiq prinsipiga amal qiladi).

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: vertikal ierarxiya asosida boshqarish manbai insonlardan iborat bo‘lganzaruriy qadriyatlarni shakllaninishini izdan chiqarib turadi. SHuning uchun ham boshqaruvda davlat va jamiyatning rolini muvozanatlashtirish boshqaruvni modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishi hisoblanmoqda.

SHuning uchun ham davlat boshqaruviga doir (ma’muriy) islohotlarni amalga oshirishningkafolati fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. CHunki, inson taraqqiyotining asosiy komponentlaridan biri, bu – inson taqdirini hal etish, uning huquq va erkinliklarini ta’minlanishiga doir boshqaruv jarayonida uning o‘zi bosh manfaatdor sifatida ishtirok etishi taqozo etiladi.









Download 261,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish