FUQAROLIK JAMIYATINING IJTIMOIY TUZILMASIDA MULKLAR SINFINING O’RNI
Reja:
Kirish
1. Jamiyat sotsial strukturasiga doir dastlabki talqinlar.
2. Fuqarolik jamiyati - insoniy taraqqiyot uchun zaruriyat sifatida
3. Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalari va ularning o‘zigaxos jihatlari.
4. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat sotsial strukturalarining rivojlanishida yangi
tamoyillar.
Xulosa
Foydanalilgan adabiyotlar
KIRISH
Jamiyatning sotsial strukturasi dastlab qadimgi yunon mutafakkirlari Platon (er.av.427-347 yy.) va Aristotelь (er.av. 384-322 yy.) tomonidan tadqiq etilgan. Ular jamiyat va davlatni aynanlashtirgan bo‘lsalarda, jamiyat a’zosi sifatida faqat erkin tug‘ilgan va fuqarolik yoshiga etgan kishilarni e’tirof etgan. Ularning jamiyatga doir qarashlari asosini sotsial struktura va sotsial adolat konsepsiyalari tashkil etgan.
Platonning fikricha, sotsial strukturani faqat erkin tug‘ilgan, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan rolni bajarayotgan kishilar tashkil etadi. Insonning qalbi uchta asosga ega: «idrok» (intellektuallik), «jasurlik» (irodalilik) va «istak» (sezgi, tuyg‘uga ega bo‘lish). Odamlar o‘z qalbidagi asoslardan qay birining ko‘pligi yoki ozligiga qarab jamiyatda uchta ijtimoiy qatlam mavjud bo‘ladi: donishmandlar – «faylasuflar», harbiylar – «qo‘riqchilar», ishlab chiqaruvchilar – «dehqonlar» va «hunarmandlar». Boshqaruvchilar yuksak ma’lumotli, iste’dodli, xususiy mulkka ega bo‘lmagan, zohidlik turmush tarzini kechirayotgan, 50 yoshga etgan faylasuflar ichidan tayinlanishi lozim. Boshqaruvchi bo‘ladigan odamlarni falsafa va san’at vositasida tarbiyalash zarur. Boshqaruvchilar qonunlarni o‘rnatadi, ijtimoiy ishlarni adolatli tarzda boshqaradi. «Qo‘riqchilar» davlatni himoya qiladi va jamiyatda tartibni izga soladi. «Dehqonlar» va «hunarmandlar» o‘z mehnatlari bilan fuqarolarni barcha hayot uchun zarur bo‘lgan narsalar bilan ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, Platon tomonidan ilgari surilgan jamiyatning sotsial strukturasi oliy darjada donishmand-faylasuf turgan qattiq ierarxiyani nazarda tutgan edi.
Yirik yunon mutafakkiri Aristotelь o‘zining «Siyosat» kitobida jamiyatning tabiiy kelib chiqishi, uning sotsial stratifikatsiyasi va sotsial adolat kabilarga doir qarashlari tadqiq etildi. Aristotelning fikricha, inson tug‘ilishdan boshlab instinktiv ravishda boshqalar bilan birgalikda hayot kechirishga intilpdigan mavjudotdir. Odamning boshqa mavjudotlardan farqi, uning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlardagi ezgulik, adolat, «umumiy foydani tushunib etganligi»dir. Aristotel jamiyatda bir-birini izchillik bilan bir-biriga almashib boruvchi insoniy ijtimoiy hayot shakllarini bir-biridan ajratib ko‘rsatib berdi: oila – yashash manzili (qishloq va boshq.) – polis (shahar-davlat). Arisiotel uchun davlat – odamning tabiiy ravishda boshqa odamlar bilan hayot kechirishga intilishi natijasida vujudga keladigan biralikda insoniy hayot kechirishning oliy tabiiy shaklidir. Oila – insoniy birlikning birlamchi shakli sifatida talkin etildi. Bir necha oilalar yashash manzilini tashkil etadi. O‘zaro bir-birlariga yaqin yashash manzillari shahar-davlatga birlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |