109
2.
Fermentativ reaktsiyani uzluksiz o'tkazish mumkin. Shuningdek
reaktsiya tezligi va
mahsulotning chiqishini boshqarish mumkin.
3.
Ferment molekulasini aniq bir maqsadli o'zgartirish uning qator hossalariga ta'sir
qiladi; substrat bilan spetsifik bog'lanishi, katalitik faollikni pH muhit va ion kuchiga
bog'liqligi, denaturatsiya
18
lovchi faktorlarga chidamlilik va h.k.
4.
Ferment ulangan tashuvchining hossalarini o'zgartirib fermentning katalitik faolligini
idora qilish mumkin. Bunda tashuvchiga yorug'lik, tovush kabi fizik faktorlar ta'sir
etganida fermentning katalitik faolligi o'zgaradi.
Fermentlarni immobilizatsiyalashning har hil yo'llari bor:
fermentni erimaydigan tashuvchiga bog'lash;
ferment molekulasining ichki funktsional guruhlarini bir-biri bilan bog'lab qo'yish;
fermentni eriydigan tashuvchiga bog'lash.
Qon tomirlaridagi tiqilmalarga fermentlarning ta'siri.
Fermentlarni immobilizatsiyalashda ishlatiladigan tashuvchilar klassifikatsiyasi
Fermentlarni immobilizatsiyalashda organik va anorganik tashuvchilar ishlatiladi.
Tashuvchilarga quyidagi talablar qo'yiladi (Dj.Porat, 1974):
kimyoviy va biologik mustahkamlik;
ferment va substrat oson
kira oishi;
g'ovak strukturaga ega bo'lishi;
solishtirma sirt yuzasining kattaligi;
tehnologik jihatdan qulay shaklga ega bo'lishi (granula, membrana va h.k.);
oson faollana olishi;
yuqori gidrofillik;
narhining arzonligi.
18
Denaturatsiya
– turli faktorlar ta'sirida oqsil molekulasining tabiiy hususiyatlarini (gidrofillik, eruvchanlik va
h.k.) yo'qolishi. Denaturatsiya natijasida oqsil molekulasidagi aminokislotalar ketma-ketligi o'zgarmaydi.
110
Fermentlarni immobilizatsiyalashda ishlatiladigan tashuvchilar klassifikatsiyasi.
Organik polimer tashuvchilar sintetik va tabiiy bo'ladi. Tabiiy organik tashuvchilar 3
guruhga bo'linadi:
polisaharidlar;
oqsillar;
lipidlar
Sintetik polimer tashuvchilar ham kimyoviy tuzilishiga ko'ra bir necha guruhga bo'linadi:
polimetilen;
poliamid;
poliefir
Fermentlar immobilizatsiyasida asosan tabiiy polisaharidlar va polimetil tipidagi sintetik
tashuvchilar ishlatiladi. Boshqa tashuvchilar nisbatan kamroq ishlatiladi. Tabiiy polimer
tashuvchilarda reaktsiyaga kirishuvchan funktsional guruhlar ko'p, ularning gidrofilligi yuqori.
Shuning uchun bunday tashuvchilardan boshqalariga nisbatan ko'proq foydalaniladi.
tashqari,
ular qimmatbaho va noyob moddalar emas. Tabiiy polimer tashuvchilarning o'ziga yarasha
kamchiliklari ham bor; ularning narhi qimmat, mikroorganizmlar ta'siriga chidamsiz.
Immobilizatsiyada tabiiy polimer tashuvchilardan sellyuloza, dekstran, agaroza va uning
hosilalari keng qo'llaniladi. Sellyuloza gidrofil modda bo'lib, uning gidroksil guruhlari juda ko'p.
Shu boisdan uning molekulasini modifikatsiyalash oson. Mehanik mustahkamligini oshirish
uchun
uni qisman gidrolizlab, granula shakliga keltiriladi. Granula shakliga keltirilgan
sellyulozani DEAE (dietilaminoetil)-sellyuloza, KMS (karboksimetilsellyuloza) kabi moddalarga
aylantirish mumkin.
Dekstran asosidagi tashuvchilardan ham keng foydalaniladi. Ular «sefadeks» savdo nomi
bilan ishlab chiqariladi. Sefadekslar quruq kukun shaklida ishlab chiqariladi.
Suvli eritmalarda
juda yahshi bo'kish hususiyatiga ega. Sefadeks g'ovaklarining o'lchami uning molekulararo
«tikilganlik» darajasiga bog'liq. Krahmal ham dekstranlar guruhiga kiradi. Krahmal molekulasini
sefadeks kabi funktsional agentlar bilan «tikib» modifikatsiyalash mumkin. «Tikuvchi» agent
sifatida formal'degiddan foydalanish mumkin. «Tikilgan» krahmalning g'ovaklari ko'p bo'ladi.
Bundan tashqari, fermentlar ta'siriga chidamli bo'ladi va
uncha-munchaga parchalanib
ketavermaydi. Dekstran asosidagi suvda eruvchan polimerlar tibbiyotda dori vositalarining
tashuvchilari sifatida ishlatiladi.
Agar ham yahshi tashuvchi hisoblanadi. Diepoksid birikmalar yordamida «tikib» uning
hususiyatlarini yanada yahshilash mumkin. Molekulasi kimyoviy moddalar bilan «tikilgan»
agarning mustahkamligi ortadi. Qizdirilganda parchalanib ketavermaydi (albatta o'ta
yuqori
temperaturalar bundan mustasno).
Tashuvchilar orasida oqsillar ham o'z o'rniga ega. Ularning bir qator afzalliklari bor:
sig'imi katta;
biologik jihatdan utilizatsiyalash (biodegradatsiya) engil, bu esa o'z navbatida
ekologiyani buzmaydi
juda yupqa, masalan, 80mkm
19
qalinlikdagi membrana ko'rinishida ishlatish mumkin.
Fermentlarni oqsillarga immobilizatsiyalaganda, oqsillarni
kimyoviy reagentlar
yordamida «tikib» yoki «tikmasdan» ham ishlatsa bo'ladi. Oqsillardan ko'proq tibbiyotda va
biologik tadqiqotlarda foydalaniladi. Tashuvchi sifatida keratin, fibrin,
kollagen, miozin,
al'bumin kabi oqsillar ko'p ishlatiladi.
Oqsillarning kamchiligi – ularning yuqori immunogenligi
20
. Faqat kollagen va fibrin
oqsillari bunday kamchilikdan holi.
Sintetik polimer tashuvchilar fermentlarni kovalent va sorbtsion immobilizatsiyasida, gel'
va mikrokapsula olishda qo'llaniladi. Stirol asosidagi polimerlar sorbtsion immobilizatsiyada
19
Mikro -
10
−6
20
Do'stlaringiz bilan baham: